Prezident tomonidan ishlab chiqilgan “o‘zbek modeli” tamoyillarining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: - – iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo‘lishi va o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;
- – davlat bosh islohotchi bo’lib, u islohotlaming ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
- – bozor munosabatlariga o‘tishda qonun ustuvorligi, qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga hamma amal qilishi shart;
- – bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
- – bozor iqtisodiyotiga o‘tish hech qanday sakrashlarsiz, evolyutsion yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi, avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi. 2. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. - Sobiq ittifoqning tarqalishi bilan respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzildi, oqibatda Respublikaning aksariyat korxonalari to‘xtab qoldi va mahsulot ishlab chiqarish kamaydi. Shu bois iqtisodning tarkibiy tuzilishini yangidan qurish lozim edi. Jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan va aholining iste'mol talablarini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish zarur bo‘ldi.
Mamlakat ijtimoiy hayotida, jumladan, iqtisodiyot sohasida erkinlashtirish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarning keng amalga oshirilishi taraqqiyot va o‘zgarishlarga yangi kuch baxsh etdi. - Mamlakat ijtimoiy hayotida, jumladan, iqtisodiyot sohasida erkinlashtirish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarning keng amalga oshirilishi taraqqiyot va o‘zgarishlarga yangi kuch baxsh etdi.
- Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida: “Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida tub o'zgarishlarga asos solishdan iborat g‘oyat muhim vazifani hal etish kerak bo‘ladi. Bu Respublika uchun strategik ahamiyatga egadir. Tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir”, deb yozgan edi.
- Bu ko‘rsatmalardan kelib chiqib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar qilishning aniq vazifalari: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek qo‘yish, importga qaramlikni tugatish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va xalq iste’moli mollariga aholining talabini qondirishdan iborat edi. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun respublikada g‘oyat yirik qurilishlar qad rostladi. Mamlakatning yoqilg‘i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan rivojlantirildi. Istiqlolga erishgan O’zbekiston tarixda ilk bor 1995-yilda neft mustaqilligiga erishdi va neft ahsulotlariga bo‘lgan o‘z ichki ehtiyojlarini to‘la qondiribgina qolmay, istiqbolli va ishonchli eksportyor sifatida jahon bozoriga yo‘l oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |