O‘zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan tanishish.
Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan, har qandayxalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.
Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.
Lexikographie – grek tilidan olingan bo’lib, Lexicon- Worterbuch, grapho-ich schreibe. Ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug'at tuzish tamoyillari va usullaridir.Leksikografiya amaliyoti esa lug'at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o'z ichiga oladi.Leksikografiya nazariyasida lug'at turlari, so'zlik tarkibi va so'z maqolasining tuzilishi asosiy o'rinni egallaydi.
Umumiy lingvistik lug’atlarda hamma qo’llaydigan so’zlarning xarasteristikasi beriladi. Bular bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarning ham umumiy va maxsus tiplari bor. Masalan, izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati, frazeologik lug’at, dialectal lug’at maxsus lug’atlar tipiga kiradi.
Izohlovchi lug'atlarga ko'pincha ikki tilli (aytaylik, ruscha-inglizcha va inglizcha-ruscha), ba'zan esa ko'p tilli tarjima lug'atlari qarshi turadi. Tarjima lug‘atlarida bir tildagi ma’nolarni izohlash o‘rniga, bu ma’nolarning boshqa tilga tarjimalari berilgan, masalan, qizib ketish – qizib ketish, o‘ta og‘ir – og‘ir, mashaqqatli. Lug‘at chet tilidagi matnni o‘qish (tinglash)da qo‘llanma yoki ona tilidan chet tiliga tarjima qilishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishiga qarab, uni turli yo‘llar bilan qurish maqsadga muvofiqdir.
Lug'atlar ikki turli bo'ladi:
- ensiklopedik (qomusiy) lug'atlar;
2) filologik (lingvistik) lug'atlar.
Bu ikki turdagi lug'atlar lug'at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi.
Lug'atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o'z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug'at; ma'lum bir tildagi so'zlarni o'z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug'at hisoblanadi.
ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUG'ATLAR Ensiklopedik (qomusiy) lug'atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o'z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug'atlar ma'lum bir xalqning madaniy-ma'naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o'z izohini topadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ni yaratish to'g'risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000— 2006-yillarda 12 jildli «O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi» yaratilgan.
FILOLOGIK LUG'ATLAR
Filologik lug'atlar ma'lum bir tildagi so'zlarni o'z ichiga oladi. So'zlar muayyan bir tartibda (yo alifbo asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi.Filologik lug'atlarning o'zi, eng avvalo izohli va tarjima lug’atlarga bo'linadi. Tildagi so'zlarni izohlashga qaratilgan lug'atlar izohli lug'at, muayyan tildagi so'zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug'atlar esa tarjima lug'at sanaladi.* 1981-yili Moskvadagi “Pyccкий язык” nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O'zbek tilining izohli lug'ati», 2006—2008-yillarda O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so'z hamda so'z birikmasini o'z ichiga olgan 5 jildli «O'zbek tilining izohli lug'ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati» yoki o'zbekcha— ruscha, inglizcha—ruscha—o'zbekcha lug'atlar bunga misol bo'la oladi.* Izohli lug'atlar so'zlikning tanlanishiga ko'ra umumiy va tarmoq lug'atlarga bo'linadi.
Tilning barcha so'zlarini izohlashga qaratilgan lug'atlar umumiy izohli lug'atlar, ma'lum bir tarmoqqa doir so'zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug'atlar tarmoq izohli lug'at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug'atlar, ma'lum fan sohasi bo'yicha atamalar lug'ati va boshqalar.) Har qanday lug'at shu lug'atning egasi bo'lgan xalqning katta madaniy va ma'naviy boyligi sanaladi.* Atoqli tilshunos olim Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit turk» asari turkiy xalqlarning ilk lug'ati sanaladi. Muallif uni 1072-yilda yoza boshlagan va 1074-yilda yozib tugatgan. Bunga qadar u bir necha o'n yillar davomida Chin (Xitoy)dan tortib to Rum (Vizantiya)ga qadar bo'Igan ulkan hududda yashovchi turkiy qabilalarni birma-bir o'rganib chiqqan.
“Men turklar, turkmanlar, o'g'izlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim. Men bu kitobni maxsus alifbe, tartibidagi hikmatli so'zlar, sa'jlar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim.Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo'llanib kelgan she'rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llaniladigan hikmatli so'zlaridan, maqollaridan keltirdim”. Devon ikki qismdan iborat: «Muqaddima» va «Lug'at». Undan mehnat va marosim qo'shiqlari, o'gitnomalar, munozara shaklidagi to'rtliklar, Alp Er To'ng'a (Afrosiyob) marsiyasi kabi ajoyib adabiy yodgorliklar o'rin olgan. «Devon-u lug'otit turk» bitmas-tuganmas ilm manbayidir.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |