ensefaUt kasalligini qo'zg'atuvchisi viruslar hisoblanadi. Virus tashuvchisi
esa kemiruvchilar va hasharotxo'rlardir. Virus odamga kanalar va
chivinlar orqali o'tadi.
Albatta, ko'pchilik sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga, tabiatga
katta foyda keltiradi. MDH da 350 tur sut emizuvchilardan 150 turi
ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o'rinda turadi. Eng
ko'p ovlanadigan sut emizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur), yirtqichlar
(41 tur), juft tuyoqlilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonlar
(5 — 8 tur) va hasharotxo'rlar (5 tur) turkumlarining vakillari kiradi.
Eng qimmatbaho mo'yna olish uchun tiyin, tulki, oq tulki (peses),
quyon, sassiqqo'zon, ko'k suvsar, latcha, sobol, norka, qunduz, bobr,
sug'ur, ondarta, yenotsimon it, suvchayqar yenotlar ovlanadi va bu
hayvonar mo'ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |