Dengizlarda plankton tarkibida muallaq hayot kechiradigan Nursimon
sarkodalilar (Radiolaria) turkumi vakillari ko'p uchraydi. Ulaming tanasi
sharsimon shaklda bo'lib, soxta oyoqlari tanadan nurga o'xshab taraladi.
Endoplazmasi esa organik moddadan iborat kapsula ichida joylashgan.
Tanasida qum —tuproqdan hosil bo'lgan ninachalardan iborat skeleti
bor. Nursimonlar nobud bo'lgandan keyin ulaming skeleti dengiz tubiga
cho'kib, tog' uni (trepel) deb ataladigan cho'kma hosil qiladi. Trepel
jilvir qog'ozlar tayyorlash va metallarga ishlov berishda ishlatiladi.
Dengizlarda sarkodalilardan
F o r a m in ife r a la r (F o r a m in ife r a )
tu rk u m in in g
vakillari, ayniqsa ko'p uchraydi. Ular dengiz tubida va
planktonda muallaq hayot kechiradi. Foraminiferalaming chig'anog'i
ohak moddadan hosil bo'lgan bir yoki bir necha kamerali spiralsimon
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |