sistaga aylanadi. Sista amyobani noqulay sharoitdan himoya qilishi
bilan birga u shamol va chang zarralari orqali tarqalishiga ham imkon
beradi. Qulay sharoit kelishi bilan sista yorilib, undan amyoba chiqadi
va uning hayoti davom etadi.
S a r k o d a lila r n in g x i l m a - x i l l i g i .
Amyobalar orasida odam va
hayvonlar organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor.
Ichburug' amyobasi
(Entomoeba histohtica) juda mayda, 0,04 mm bo'lib,
kalta to'mtoq soxta oyoqlar hosil qiladi. Amyoba odam yo'g'on
ichagining shilimshiq pardasiga kirib oladi va ko'payadi. O'sib yetishgan
amyobalar sistaga aylanib, ichak bo'shlig'iga tushadi. U yerdan axlat
bilan tashqariga chiqib ketadi. Bir kecha — kunduzda kasal odam
ichagidan amyobaning 300 mln ga yaqin sistasi chiqishi mumkin.
Parazit am yobalar qoram ollar, it, ot, ch ch q a va boshq a
Do'stlaringiz bilan baham: |