kimyoviy, yorug'lik va turli m exanik ta'sim i sezish xususiyatiga ega.
H a r a k a tla n ish i.
Tufelka tanasi sirtida joylashgan kiprikchalam ing
eshkakka o'xshab bir me'yorda tebranishi natijasida suzib yuradi.
Kiprikchalar tana sirtida spiral qator hosil bo'lib joylashganligi sababli
tufelka o'z tanasi o'qi atrofida aylanma harakat qiladi.
K o'payish i.
Tufelka jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinssiz
ko'payishi oziq mo'l bo'lgan qulay o b —havo sharoitida sodir bo'ladi. Bu
ko'payish katta va kichik yadrolaming ikkiga bo'linishidan boshlanadi.
Bo'linganyadrolarva boshqa hujayra organoidlari tufelka tanasining oldingi
va keyingi qismiga teng ajralib ketadi. Shundan keyin tufelka tanasi o'rta
qismidan ingichka tortib, ikkiga ajraladi va ikkita yosh tufelka hosil bo'ladi.
Har qaysi yosh tufelkada yetishmagan organoidlar qaytadan tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |