qismi esa o'pkadan havo xaltachalariga boradi. Ko'krak qafasi qisqarganda,
ya'ni nafas chiqarilganda havo xaltachalaridan havo yana o'pkaga kiradi
va o'z kislorodini beradi. Demak, bir marta olingan havodan qushlar ikki
marta nafas oladi. Lekin havo xaltachalarida gaz almashmaydi.
Q on a y la n ish siste m a si.
Qushlarning yuragi to'liq 4 kamerali bo'lib,
arterial va venoz qon aralashmaydi. Shu sababli qushlarning tana harorati
doimiy. Qushlarning yuragi boshqa umurtqali hayvonlarning yuragiga
nisbatan katta bo'ladi. Bu qushlarning modda almashinish jarayonining
jadal kechishi bilan bog'liq. Chap yurak qorinchasidan bitta o'ng aorta
yo y i chiqadi.
M odda va gaz almashinish jarayonlarining juda ham jadval borishi
sababli qushlarning gavda harorati ham yuqori bo'ladi. Q ushlarning
gavda harorati o'rtacha 42 C°ga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |