mezonefros buyraklardan tashkil topgan bo'lib, havo pufakchasi ustida
umurtqalarining yoni bo'ylab joylashadi. Buyraklarning ichki qirrasidan
bir juft siydik yo'li Volf kanali boshlanadi. Bu kanallar pastroqda o'zaro
qo'shilib, siydik pufagiga qo'shiladigan bitta umumiy kanal hosil qiladi.
Erkagining juft urug'donlari ichida bo'shlig'i bo'ladi. Urug'donlarida
m axsus teshiklar bilan s iy d ik - t a n o s il so'rg'ichi orqali tashqariga
ochiladigan umumiy chiqarish yo'li bo'ladi. Urg'ochisida alohida chiqarish
yo'li yo'q. Shuning uchun ulam ing tuxum doni to'g'ridan —to'g'ri jinsiy
teshikka ochiladi. Shunday qilib, urg'ochilarida akuladagi singari tuxum
yo'li vazifasini bajaruvchi Myuller kanali yo'q, erkaklarida esa urug'donlar
buyrak bilan bog'lanmagan, Volf kanali faqat siydik yo'li vazifasini
bajaradi. Odatda, tashqi urug'lanish bo'ladi. Ikralari mayda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |