o'rgimchaklar kuz kirishi bilan pilla ichiga tuxum qo'ya boshlaydi.
Bahorda shu tuxumlardan yosh o'rgimchaklar chiqadi. Bir qancha vaqt
o'tgandan keyin ular o'rgimchak iplarida shamol yordamida tevarak —
atrofga tarqaladi va mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Q oraq u rt (L a tr o d e ctu s tr e d e c im g u tta tu s )
zaharining odam va
hayvonlar uchun xavfliligi jihatdan boshqa o'rgimchaklardan farq qiladi.
U issiq va birmuncha quruq iqlimli cho'l mintaqalarida keng tarqalgan.
K analar (Acari) turkum i.
Kanalar asosan quruqlikda, ayrim vakillari
suvda yashaydi. Ular orasida odam va hayvonlar tanasida parazitlik
qilib hayot kechiradigan turlari ham ko'p bo'ladi. Kanalaming tanasi
yaxlit bo'lib, bo'g'imlarga bo'linmagan. Yurish oyoqlari 4 juft, og'iz
organlari sanchib so'rishga moslashgan bo'ladi. Kanalar to'liq o'zgarish
Do'stlaringiz bilan baham: |