Chig'anoqning balandligi 5 — 10 mm bo'lib, ohakdan tuzilgan, usti
yashil —jigarrang muguzsim on modda bilan qoplangan. Chig'anoq suv
shillig'i tanasini himoya qilib turadi. Tanasi bosh, gavda va oyoqlardan
iborat bo'lib, oyoqlari tanasining butun qorin yuzasini tashkil etadi
(sinfning nomi shundan olingan). Ammo bu organlari o'rtasida yaqqol
chegara bo'lmaydi. Tana yuzasi mantiya teri bilan qoplangan va chig'anoq
burmasiga m os spiralsimon buralgan. C hig'anoqning o g ’zi orqali faqat
bosh, oyoq va gavdaning oldingi qismi tashqariga chiqishi mumkin.
Oyog'i yassi bo'lib, tanasining butun qorin tomonini ishg'ol etadi. Oyoq
m u sk u lla rin in g t o ’lq in sim o n q isq arish i n a tija sid a sh illiq q u rtlar
harakatlanadi. Boshining pastki tomonida og'zi, uning ikki yon tomonida
ikkita sezgi paypaslagichlari joylashgan. Agar bu paypaslagichlarga ta'sir
Do'stlaringiz bilan baham: |