boshqalarni ko’zda tutadi. Juda ilg’or g’oya va tajriba konstruktorlik loyixalari mavjud bo’lsa ham,
zamonaviy taxnologiyasiz jaxon bozori talablariga javob beruvi maxsulot ishlab chiqarib bo’laydi.
Yangi texnologiya sotib olish uchun valyuta ishlab topish kerak. Umumiy xolda bozorni egallash
strategiyasi quidagicha bo’ladi:
1.
Qator tadbirlarni amalga oshirish xisobiga dastlabki jamg’arish (maqsadni
aniqlash,
tashkiliy tarkibni takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab
chiqarish intizomini kuchaytirish, mehnat va moddiy xarajatlarni qisqartirish va x.k.).
2.
Yangi texnologiyalarni, imkoni bo’lsa qo’shma Tashkilot tuzish yo’li bilan sotib olish.
3.
İ
qtidorli menejer va konstruktorlarni jalb etish yo’li bilan yangi, yuqori sifatli maxsulot
ishlab chiqarish.
4.
Xalqaro talabga javob beruvchi maxsulot ishlab chiqarish
va uni jaxon hamda ichki
bozorga olib chiqish.
5.
Tashkilotni ulgurji savdo bilan shug’ullana oluvchi yuqori samarali xo’jalikka aylantirish.
Bozorni egallash strategiyasi asosiy maqsadga erishishni oliy sifatli maxsulot etishtirish,
tashkilotda ishlovchilar turmush farovonligini oshirish, belgilangan ijtimoiy dasturlarni bajarishini
taminlashdan iborat. Belgilangan tadbirlar muvaffaqiyatli bajarilishi mehnat jamoasining har bir
azosi ishning oxirgi natijasidagi manfaatdor bo’lishiga bog’liqdir. Jamoa moddiy manfaatdorligi
ijtimoiy faolligi va javobgarlik xissini oshirishi zarur. Bunga erishish uchun egalariga yiliga 1g’-
15% foyda keltiruvchi aktsiyalar chiqarish kerak.
Bozor imkoniyatlrini aniqlash va baholash odatda ko’plab yangi g’oyalarni vujudga keltiradi.
Asosiy vazifa-ularning eng yaxshi, tashkilot maqsadlariga to’g’ri keluvchilarini ajratishdan iborat.
Masalan, tashkilot bozor imkoniyatlariga baho berish natijasida, eng qiziqarlisi - «bolalar
velosipedi» bozori ekanligini aniqladi. Raxbariyat bolalar velosipedini
ishlab chiqariluvchi
maxsulotlar ro’yxatiga kiritish Tashkilot maqsadiga ham, resurslariga ham to’g’ri keladi deb
xisoblashi mumkin. Bunday turdagi tovar mavjud marketing doirasiga to’g’ri keladi. Lekin tashkilot
bolalar velosipedi bozori vakillari bilan yaxshi ishlay olishi, istemolchilar bilan yaxshi aloqa o’rnata
olish, raqobatchi tashkilotlar ishlab chiqargan velosipeddan xaridorgir velosiped ishlab chiqara
olishiga ishonishi kerak. Bunday imkoniyatning har birini bozor xajmi va xususiti nuqtai nazaridan
o’rganish zarur. Bu jarayon to’rtta bosqichdan iborat: talabni o’lchash va prognoz qilish,
bozorni
segmentlarga ajratish, bozorning maqsadli segmentlarini ajratish, tovarning bozordagi o’rnini
aniqlash. tashkilot bozor ko’lamini baholash maqsadida unda sotiluvchi bolalar velosipedini aniqlab
har bir model sotilish xajmiga baho beradilar. Tashkilot bozorni egallamoqchi bo’lsa bolalar
velosipedi bozorining istiqboldagi xajmini bilish ham muhimdir.
Bozorni segmentlarga ajratish - bu istemolchilarni extiyojlar, xususiyatlari, xulqidagi
farqlariga asosan guruxlarga bo’lishdir. Narxiga qaramay eng yaxshi velosipedlarni stib oluvchi
xaridorlar bir vegmentni tashkil etadi. Birinchi xolda narxga etibor beruvchilar
boshqa segmentni
tashkil etadi. Bozorning har bir segmentini, ularga xos xususiyatlarini o’rganish asosida tasvirlash
ularning har birini marketing imkoniyatlari nuqtai nazaridan tashkilot uchun qiziqarli ekanligini
baholash zarur. tashkilot bir bozorning bir yoki bir necha segmentiga chiqishga qaror qilishi
mumkin. Xaridorlar negabir tovarni xarid qilishini yaxshiroq tushunishi uchun tovarlarning asosiy
xususiyatlarini solishtirishi kerak. Solishtirish natijalarini tovarlarni pozitsiyalash sxemasi tarzida
keltirish mumkin.
Shunday qilib bozor strategiyasini ishlab chiqish tovar ishlab chiqarish uchun muhimdir.
Ko’pchilik AQSh kompaniyalarini tadqiq qilish bo’yicha malumotlar u yoki bu tovarga talab
shakllanishi va uni istemolchiga etkazib berish amsalasi ishlab chiqarsh
va texnologiyasidan
muhimroq ekanligini namoyon qiladi. ularning fikriga ko’ra, yangi tovarni ommaviy ishlab
chiqarish texnologiyasi masalalarini xal etish ularni bozorda sota olish masalalariga nisbatan ancha
oson.
İ
qtisodiy amaliyotda marketing nazaryasidan ijodiy foydalanish tashkilot xo’jalik
muxanizmini am xarajat tizimlar tomoniga og’ishtirish, ishlab chiqarishn boshqarishni
istemolchilar va jamiyat xayotiy manfaatlariga bog’lashni taminlab berish lozim.