O'zbek halq maqollari O'zbek halq maqollari
Bajardi: Parpieva Robiya 204B
MAQOL NIMA?
Arabcha bo`lib, «so‘z» degan ma’noni bildiradi.
Uni «otalar so‘zi» ham deydilar.
Maqol ibratli so‘zdir. Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki uni ko‘p ishlatsa, o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar.
Aniq fikr
Tugal hulosa
Londa ifoda
Maqolning 3 xususiyati
Maqollarda aks etadi:
Xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, maqollar xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin.
Masalan, do‘stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo.
Maqollarning ma’nolariga namunalar:
Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, tepadagini endirar.
Maqol birlik, o‘zaro ittifoqlik haqida. Bir kishining olti o‘g‘li bo‘lsa-yu, ular bir-birlari bilan ahil bo‘lmasalar, og‘zilaridagini oldiradilar. Ularni istagan odam xafa qilaverishi mumkin. To‘rt aka-uka bo‘lsa-yu, ahil bo‘lsalar, ular ko‘p ish qila oladilar. Ya’ni: ahillik bo‘lsa, oz odam bilan ham katta ishlar qilish mumkin. Ahillik bo‘lmasa, ko‘p kishi bilan ham hech ish qila olmaysan.
Ma’nosi o`xshash maqollar
«Qazisan, qartasan — axir aslingga tortasan»
«Olma olmadan uzoq tushmaydi»
«Olmaning tagiga olma tushadi»
«Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi»
O`zbek xalq maqollaridan namunalar O`zbek xalq maqollaridan namunalar
Aql - yoshdan, odob - boshdan.
Daraxtni yer ko‘kartiradi,
Odamni el ko‘kartiradi.
Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra.
Do‘st do‘stni kulfatda sinar,
Odam odamni mehnatda sinar.
Arslon izidan qaytmas,
Yigit — so‘zidan.
Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.
O`zingizni sinang
Yer haydasang, ____ hayda, kuz haydamasang _____ hayda.
Oltin ____da bilinar, odam — ____da.
Ilmi borni ____ dema, ilmi yo'qni ____ dema.
Ot bo'lsang, ________, it bo'lsang, ______.
Otasi achchiq ____ yesa, o'g'lining _____ qamashar.
Ko'p egilma, ______, ko'p bo'y cho'zma, _____.
Savol va topshiriqlar
Maqollarning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
Maqollarning tuzilishi haqida so‘zlab bering.
Maqollarning xalq hayoti, turmushi bilan bog‘liq jihatlari haqida gapirib bering.
Xalq og‘zaki ijodining qaysi janrini topishmoq deb ataymiz?
E'tiboringiz E'tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |