Bitiruv-malakaviy
ishining
maqsadi.
Asosiy
maqsad
jadidlar
publitsistikasining yuzaga kelishi, rivojlanish tamoyillarini belgilash hamda
mazkur publitsistikaning badiiy adabiyotga, shu qatorda, xalq milliy tafakkurining
shakllanishi, millatning o‘zligini anglashga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish,
publitsistikaning badiiy qurol tarzida ijtimoiy, adabiy-estetik tafakkur taraqqiyotida
tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishdir.
Bitiruv-malakaviy ishining vazifalari.
Ishning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
–
jadidlar publitsistikasining kelib chiqishi va rivojlanishini ko‘rsatib berish;
–
jadidlar matbuotining adabiyotga ta’sirini ifodalash;
–
jadidlar publitsistikasida qo‘llanilgan janrlarning xilma-xilligi, mavzu
ko‘lami va tadrijini tadqiq etish;
–
jadidlar publitsistik maqolalari asosida janrlar taraqqiyotini ochib berish;
–
o`zbek badiiy publisistikasi tarixini o`rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |