O’zbek filologiyasi fakulteti Oʼzbek adabiyotshunosligi kafedrasi namozova surayyo safar qizi ning


II-BOB. YOZUVCH IJODIDA INSON TAQDIRINING BADIIY TALQINI



Download 302,11 Kb.
bet8/12
Sana31.01.2022
Hajmi302,11 Kb.
#420674
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
БМИ (2)

II-BOB. YOZUVCH IJODIDA INSON TAQDIRINING BADIIY TALQINI
Adib asarlarida inson taqdirining komedik-hajviy tarzda ifodalanishi
Safar Kokilov Shifokorlik kasbiga sodiq bo’lib bemor uchun, uning sog’ayishi uchun, kerak bo’lsa jonini ham beradigan inson. U har kuni, kecha-yu kunduz odamlar orasida , dardu g’amiga sherik, kuzatadi, tinglaydi va davolaydi. Bo’sh vaqtlarida esa ko’rgan- eshitganlarini badiiy shaklga solib, qog’ozga tushiradi. O’zi va o’zining hayoti qandaydir ma’noda joy olgan “Najot farishtalari” , “Yo’ldagi hamroh”, “Tushlarimda yig’lab chiqaman”, “Shifokor”, “Umr o’tmoqdadir” va shu kabi bir qancha qissa va hikoyalarini o’qiganda bunga ishonch hosil qilasiz.
“Insonga hayot bir marta beriladi. Shunday ekan, u ortidan yaxshi nom qoldirib ketmog’i lozim. Har davrning farzandi o’z davri, o’z hayoti va baxti haqidagi o’z tushunchalari bilan yashab o’tadi. Lekin hamma vaqt ham insonlar uchun vijdon pokligi, haqiqat uchun kurashish, halollik , adolatparvarlik , Vatanga , ota-onaga muhabbat, mardlik, to’g’ri so’zlik, samimiylik, kamtarlik kabi insoniy tuyg’ular bosh mezon bo’lib qolaveradi.” Yozuvchi Safar Kokilovning fikri shunday. Shuning uchun ham uning barcha yozganlarida bugungi kunda ham dolzarb bo’lgan ana shunday umrboqiy mavzular o’rin olgan. Ko’pchilik uchun adabiyot olamiga yarq etib paydo bo’lgan Safar Kokilov asosan kitobxonlarga o’zining hajviy hikoyalari bilan tanildi. Ijodining gullagan davri mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlanib shu kungacha nazardan tushmay kelmoqda.
-“Men mustaqillikni yana bir karra shuning uchunham yaxshi ko’ramanki, u ,enga nafaqat ozodlik, erkinlik berdi., balki o’zimdagi imkoniyatlarim eshigini ochishga yo’l ham berdi,-deydi u.
Ustoz yozuvchi Sa’dulla Siyoyev ta’biri bilan aytganda, hajviyotimizni tebratib kelayotgan chinorlar supra o’qlog’ini yig’ishtirib “iste’foga” chiqqan bugungi zamonda yangi bir hajvchi – yozuvchining yuz ko’rsatgani quvonchli hol, albatta… Uning ko’ngli, dardi, nomai amali barcha yozganlarida aks etib turibdi. Safar Kokilov to’g’ri so’zlikni, adolatni qadrlaydi. Yolg’onchilik , loqaydlik va ko’zbo’yamachilikni o’lguday yomon ko’radi. Uning “Konsilium” hajviyasini o’qisangiz buning guvohi bo’lasiz.
“ Sigaret tutunga to‘la katta xonada oq xalat kiygan bir necha o‘ta jiddiy qiyofadagi kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi.
– Yo‘q, yo‘q. Men ololmayman. Bemorning dardi jarroxlik emas. Uni terapevt olsin. – dedi sakkizinchi marta so‘z olgan jarrox Jovliyev.
– Ye, nega endi? Bemor chisto infektsionniy-ku?! Tag‘in izidan hech kimi yo‘q ekan. Uni yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizish kerak. Tamom-vassalom. – e’tiroz bildirdi terapiya bo‘limi boshlig‘i xo‘ppasemiz Qorbosdiyev.
– Hech qachonda. Bemorning barcha dardi o‘pkasida-ku. Uni sil kasallar bo‘limiga yotqizish kerak. – dedi infektsionist pashsha qo‘riyotgandek qo‘l siltab.
– Rentgentda sil belgisi ko‘rmadim. Dardi jigarida. U terapevtniki. – dedi o‘ninchi marta to‘ng‘illab To‘ng‘izboyev.
– Hechamda. Asli hamma gap yurakdan. Uni kardiolog olaqolsin. Palatasi bo‘shab yotibdi. – dedi Qorbosdiyev boshqalarga ko‘z qisib.
– Prichyom bu yerda yurak. Bemorning qorni taranglashgan-ku?! Yasno. U jarroxlarniki. – dedi qoshini suzib kardiolog Kurrayev.
– Ha, aytgancha, yaxshisi bemorni reanimatsiyaga yotqizsak-chi?! – dedi nihoyat jarrox Jovliyev. — Hammamiz navbat bilan borib ko‘rib turardik…
– Bekorlarning beshtasini aytibsiz. Hisobot-chi?! – dedi mudrab o‘tirgan reanimatolog o‘assolov birdan chiyillab. — O‘limning hisoboti yana mening bo‘ynimga tushadimi? Yo‘q, yo‘q, bo‘maydi. Sil bo‘lsa, ftiziatr olsin-da-e…
– Yo‘q. Meniki emas. Infektsionist olsin.
– Bemor terapevtniki.
Bekor aytibsiz, u kardiologniki.
– Yo‘q, u jarroxniki…
Ko’ryapsizmi, bu yerda inson taqdiri, sog’ligi sariq chaqaga ham olinmasan, bolim boshliqlari hujjat to’ldirishdan qochib bemorni bir-birlariga hech bir hijolatsiz sen ol , siz oling qilib ot o’yin kabi qo’lma qo’l qilib o’tirishibdi. Achchiq kulgu ostiga olingan bunday shifokorlarni biz hayotda ham uchratib turamiz. Kelgan bemorga tez yordam ko’rsatmay tortishib o’tirib kunni ham peshin qilib yuborishdi.
Kun peshindan og‘di. Ular esa…
Nihoyat eshik shiddat bilan ochilib qabulxona xamshirasining bo‘g‘riqqan yuzi ko‘rindi.
– Mumkinmi?
– Xo‘sh?! Nima gap?..
Hamma unga tikildi.
– Duxtur, koridorda kechadan beri yotgan bemorning tanasini nima qilaylik?
– A?!..
Konsilium ishtirokchilari xamshiraga bir zum hayrat bilan tikilib qolishdi. So‘ng yuzlaridan xayrat yo‘qolib, o‘rniga mamnunlikka o‘xshagan bir ifoda paydo bo‘ldi.
– O‘ldimi-ey?!
– He, bechora-ey…
– O‘zi juda og‘ir edi-da…
– Ha-a. Nachora, bandachilik…
So‘ng duxturlar bir-biriga qarashganicha bir ovozdan xamshiraga javob qilishdi:
– Qayerga bo‘lardi, o‘likxonagada. Morgga…
Xamshira yugurib ketdi. Xonada o‘tirganlar ham sekin qo‘zg‘olishdi. Uy-uyiga… Safar Kokilov o’z hajviyalarida o’zi eshitgan va ko’rgan voqealarni, insonlarda uchraydigan qusur va illatlarni shunday borligicha, chetdan turib, hikoya qilib beradiki, qahramonning holati, so’zi, qiliqlari sizda beixtiyor kulgu uyg’otadi. Bunday kulguni hajv qiroli Abdulla Qodiriy “Xarakter kulgusi” deb ta’rif bergan.
Ushbu kitobda salomatligimiz jonkuyarlari bo'lgan fidoiy shifokorlar to'g'risida . Aslida, har bir inson hayoti o'ziga xos kitobdir. Uning har bir varag'ida umr tilsimotlari mujassam. Muallif Safar Kokilov ushbu " Oq ko'ngilli odamlar" kitobida hayotning inja sirlarini badiiy tafakkur va qarash bilan aks ettirgan. Bunday kitoblar boshqalar kelajagining yoki bosib o'tgam yo'llarining yutuq va kamchiliklarini ko'rsatadigan ko'zgu bo'lish uchun yoziladi. Taqdirlar ba'zan takrorlanadi. Kimningdir hayoti kim uchundir saboq bo'ladi. Kitobxon ushbu to'plamni mutolaa qilib, ijodkor qarashlari bilan oshno tutinar ekan, hayoti uchun bir qancha ibratlar olmay qolmaydi. Ushbu to'plamga kiritilgan, "Ignaday gapning tuyaday yuki bor" qissasi, " Tushlarimda yig'lab chiqaman" , "So'nggi yozuv", "Qishloq feldsheri" va "Shifokor" hikoyalarini o'qir ekansiz qahramonlar bilan beixtiyor suhbatlashayotgandek, dardlariga o’zingizni sherikdek his qilasiz. Uning qissalari ham o’tkir insoniylik ruhi bilan sug’orilgan, keskin hayotiy ziddiyatlar asosiga qurilgan. Ularga ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy kurash bosh mavzu qilib olingan. “Shirin bu hayot”, “ Ignaday gapning tuyaday yuki bor’ , “ Hayot qvonchlari va tashvishlari” nomli qissalarini o’qiganingizda Umrzoq bobo, Ulug’berdi muallim, doktor Fozilov kabi qahramonlarni yuragingizga yaqin olib qolasiz.
“Ignaday gapning tuyadek yuki bor” nomli qissasidagi bosh qahramon Fozilov orqali qanchalar haqiqatgo’y va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanadigan, xalq manfaati va sog’ligini o’ylaydigan insonlar obrazi ochib berilgan. Achchiq haqiqatni aytgan odam hech kimga yoqmaydi. Xuddi shunday bu qissada ham Fozilov Sadir ismli shifokor haqiqatni aytib bosh shifokorning ko’ziga yomon ko’rinib qolgan. Katta bir kasalxonada tez yordam bo’limida birinchi yordam dorilari, shpritslaning yo’qligi va bu narsalarga bo’lim boshlig’ining bee’tiborligi jamiyat halokatidan dalolat emasmi. Qani, o’z kasbiga ichgan sodiqlik qasamiyu, qani, insonlarning qadr qimmati? Adib jamiyatdgi shunday ko’zga ko’rinmaydigan ammo juda katta muammolarni badiiy bo’yoq berib yuzaga olib chiqqan. Odamlarning ko’z o’nggida uyalmay tomosha qo’ygan bosh shifokorning qanchalik tuban inson ekanligini uning hech bir hijolatsiz aytgan so’zlaridan bilib olish qiyin emas.

  • Ajoyib spektakl bo’ldimi?

Ish joyini teatrxonaga aylantirib yuborgan bu boshliqga nisbatan qattiq nafrat hissi sizni chulg’ab olmasdan qo’ymaydi. Oddiy shifokorning shunchalik kuyib yonib hizmat qilayotgani ammo o’z hizmatlariga yarasha e’tibor va ehtiromga sazovor bo’lmasdan qattiq haqoratlanib bu yorug’ olamdan ko’z yumishi juda ayanchli taqdir. Bunday fidoiylikni biz adibning “Tushlarimda yig’lab chiqaman” yo bo’lmasa “Shifokor hikoyalarida ham uchratishimiz mumkin. “Tushlarimda yig’lab chiqaman” hikoyasida oddiy shifokorning bu dunyodan bevaqt o’tgan yosh bemorning o’limida o’zini butun umr kechirolmay vijdon azobida qiynalib tushlarida yig’lab chiqishi tasvirlangan. Qahramon o’lim yoqasida kelgan bemorni u dunyodan qattiq harakat qilib ollohning himmati ila qaytarib olgan joyida hamshiraning ishyoqmaslik qilib qilgan xatosi tufayli o’lib qoladi. Shifokor navbatchiligi tugab navbatchi hamshiraga qattiq tayinlab topshirib ketadi. Ammo nima ham qilar edik hom sut emgan bandamizda, birovning mehnatini qadriga boshqa birov yetarmidi. Bosh qahramon o’zi bilan o’zi tinimsiz kurashadi. Uni qiynab kelayotgan dardni Saidqul shogirdiga aytib biroz yengil tortgandek bo’ladi. Oradan 20 yil o’tsa hamki vijdon azobida qiynalib yurganligini takidlaydi.
-Mana oradan yigirma yil o’tib, o’sha ayolni yana uchratib qoldim. Sochlariga oq oralabdi. Tanidi ,o’zini tanitdi. Beshta farzandi borliigini va o’sha qizi bosh farzangi bo’lganligini aytdi. “ O’sha qizim qo’lingizda o’lgan edi, olib qololmagansiz”, deb aytdi. Tana qilib aytdi. Yer yorilmadi-ki, kirib ketsam… O’zimni oqlaydigan gaplar ko’p edi. Aytolmadim, o’zimni oqlaganimdan nima o’zgaradi?! Nima?! Baribir men aybdorman. Ahvoli og’irmi , yengilmi, bemor shifokordan najot izlab keladi. Uni o’lim qo’liga bermay olib qolishim kerak edi.Hech narsa demay, o’z o’timda qovrilib qolaverdim. O’zimni ovutaman. Ha, Xudo emasman. Shunchaki ojiz, hamma narsadan shubhalanuvchi bir odamman, ojiz bir bandaman. Endi esa… Tushlarimda yig’lab chiqaman… Men sizga aytsam, yig’lashimni ham bilaman. “Ha, ha. Bu mening vijdonim! Xudoga shukur, vijdonim o’zim bilan. Uni yo’qotmadim. Bu- vijdonim yig’laydi! Men uxlaganimda ham vijdonim uyg’oq. Mening vijdonim –bu men! Tushlarimda yig’lab chiqaman…”2
Yozuvchining bu hikoyasiga atab she’r ham yozilgan.

Download 302,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish