darajada yuqoridir. Oybek bu asarga yuksak bahо berib: "Uloqda" hikoyasida
tashviqotchining, voizning o'rnini san'atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar
ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan
ko'rsatadi. Vu hikoyada ham foydasiz odatlarni qoralaydigan ma'lum "axloq",
"ibrat" bor, lekin bu axloq turtib chiqmaydi", - deydi. Nikoyada xalqning
udumlaridan biri - uloq voqeasi tasvirlanadi. Agar Qodiriy "Juvonboz" yoki
"Baxtsiz kuyov" yo'lidan borganida - bu yerda uloq voqeasini foydasiz, zararli,
qoloq bir odat sifatida qoralash, tanqid qilish bilan band bo'lardi. Hikoyada esa
avvalo, yozuvchi uloq voqeasining real manzarasini jonli gavdalantiradi.
Voqealarni beg'ubor o'smir tilidan uning nigоhi orqali hikoya qiladi. Vu hоl asarga
ajib bir samimiyat baxsh etadi. Hikoyachi-qahramon - endigina mustaqil hayotga
Do'stlaringiz bilan baham: |