O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi, o‘z mustaqilligiga erishgach, zamonaviy davlatchilik tizimini barpo etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqilligimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat murakkab, ayni vaqtda sharafli taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga kiritilgan, bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan haqli ravishda tan olinayotgan yutuq va marralarimizga qanday asosda, qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganligi, o‘zbek xalqinig davlatchilik sohasida to‘plagan ko‘p asrlik boy tarixiy tajribasini atroflicha o‘rganish va undan samarali foydalanish masalasi o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan fan dasturi nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Hamda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatib o‘tilgan yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, «O‘zbek davlatchiligi tarixi» fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
O‘zbekiston tarixining qiziqarli va murakkab jarayonlarida davlatchilik tariqqiyotining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lganligi, uning taraqiyotida mavjud bo‘lgan ko‘plab bosqichlar, tamoyillar, yo‘nalishlar, qonuniyatlarning o‘ziga xos ekanligi to‘g‘risida tinglovchilarga chuqur bilimlar berish o‘quv fanining asosiy maqsadidir.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
-turli tarixiy davrlarda o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarning ta’sirini ochib berish;
- davlatchilik taraqqiyoti va xalqaro munosabatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tomonlarini atroflicha taxlil etish;
- O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlatlarning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalarni ko‘rsatib berish;
- o‘zbek xalqining o‘ziga xos madaniyati, mentaliteti, urf-odatlari va an’analarining davlatchilik tariqqiyotiga ta’sirini ko‘rib chiqish;
- o‘quv jarayonida fan ma’ruza, seminar, mustaqil ish kabi o‘qitish turlari va interfaol usullaridan foydalanilgan holda o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |