Mahsulot sifati - mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti.
Mahsulot xususiyati – bu ishlab chiqarishda, ekspluatasiyada va iste'molda yuzaga chiqadigan xislatlardir. Xar bir mahsulot bir qancha xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Bu xususiyatlar orqali bir mahsulotni boshqasidan farqlash mumkin. Yengil sanoat maxsulotlari turli xil materiallardan tayyorlanadi. SHuning uchun birinchi navbatda kiyimlar sifati uning qanday materialdan tayyorganligiga bog'liq bo'ladi.
Ishlab chiqarish sifatiga quyidagilar kiradi:
xozirgi rivojlangan texnologiyaga munosib darajada kiyim-bosh galantereya mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyo ma'lum darajada sifatli bo'lishi kerak;
texnologik, ya'ni kiyim-bosh ishlab chiqarganda kamroq material, mehnat, elektr energiyasi, vaqt sarflangan holda sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlash kerak.
Iste'mol sifatiga mahsulotning estetik holati, qulayligi, ekspluatasiyaga chidamliligi, saqlashda ishdan chiqmasligi kabi xususiyatlar majmuasi kiradi.
Mahsulot sifati uni ishlab chiqarish vaqtida vujudga keladi. Buyurtmachi buyurgan mahsulotiga talablar qo'yishi mumkin. Mahsulot sifatining optimal kriteriysi deganda quyidagilarni tushunish kerak: jamoatning foydali ishi, energiyani, mahsulot tayyorlash uchun ketadigan vaqt va hokazolar. Kiyimlar asosan quyidagi talablarga javob berishi kerak: estetik, gigienik, ekspluatasion, texnologik va iqtisodiy.
Estetik talablar deganda kiyimning tashqi qo'rinishi bilan bog'liq bo'lgan talablar majmuasi: rangi, moda yo'nalishiga mosligi va hokazolar tushuniladi.
Gigienik talablarga kiyimning havo o'tqazuvchanligi, issiqqa chidamliligi va boshqalar kiradi.
Ekspluatasion talablarga kiyimni kiyib yurishda turli xil kimyoviy tozalash amallariga chidamliligi tushuniladi.
Texnologik talablar kiyimni ishlab chiqarish bilan bog'liq.
Iqtisodiy talablarga kiyimni sifatli ishlab chiqarish bilan birga xaridorning iqtisodiy sharoitlariga mosligi tushuniladi.
Sifat darajasi – mahsulot sifatining nisbiy xarakteristikasi bo'lib, u sifat ko'rsatkichlar majmuasiga va asosiy ko'rsatkichlarga asoslanadi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi. Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroqliligining asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talablar qo'yiladi, bunda quyidagilar deyarli to'liq ta'minlanadi;
mahsulotning iste'moldagi hamma xossalarini kompleks tahlil va xolisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon bo'lish imkoniyati;
keltirilgan baholanishga asoslanib, iste'molchi tomonidan mahsulotning ishlatilishdagi va ekologikligidan xavfdan hamda mahsulot va uning sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto'g'ri baholanish xavfidan ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish.
mahsulot sifatining darajasini baholanishining asosiy maqsadi;
yangi mahsulot turlarining parametrlarini asoslash;
mahsulotni, standartlarini, texnik effektni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriqlar tayyorlash hamda yangi mahsulot uchun, uning texnikaviy darajasi kartalarini tuzish;
ishlab chiqariluvchi mahsulotning sinov natijalariga qarab qaror qabul qilish;
mahsulotni ta'mirlash bo'yicha qaror qabul qilish;
mahsulotni bozorda yetarlicha qadrlanishiga va arziydigan bahoda sotilishiga zamin yaratish.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o'zining tizimiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |