“o‘zbek brendi” nomi bilan olib chiqishdan iborat”1 Sh. M. Mirziyoyev



Download 224,23 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2022
Hajmi224,23 Kb.
#535054
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi (Fazliddinov)



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
"Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish" kafedrasi

"Sifat menejmenti" fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Korxonada mahsulot sifatini baholash usullari.


Bajardi: II kurs K-10-20 guruh "Menejment" yo'nalishi talabasi Fazliddinov Omatillo
Tekshirdi: Rahmatjonov Lazizxon
Tekshirilgan sana:________________________
Baho: _________________________________
Andijon-2022
Mavzu: Korxonada mahsulot sifatini baholash usullari.
Reja:
Kirish. 3

  1. Nazariy qism.

    1. Korxonada mahsulot sifatini baholash tushunchasi.

    2. Mahsulotlar sifatini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar va ularni aniqlash usullari.

  2. Asosiy qism.

    1. Mahsulot sifati darajasini baholash usullari.

    2. Mahsulot sifati bo`yicha xodimlarga qo`yiladigan talablar. (Apple kompaniyasi misolida)

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
“Asosiy maqsadlarimizdan biri – tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek brendi” nomi bilan olib chiqishdan iborat”1 Sh.M.Mirziyoyev.



Mahsulot sifati - mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib va takomillashib borishi bozor mexanizmini tobora murakkablashtiradi. Bu hol iste’molchining ehtiyoji, talabi, didi va dunyoqarashining o‘zgarishi hamda qonunlarning o‘zgarishi sharoitida ishlab chiqaruvchilarning bozor tizimiga nisbatan proporsional harakati kuzatiladi. Unda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi keskin iqtisodiy raqobatdan tashqari sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar bahosi va sifatini kelishishning o‘ziga xos raqobati ham vujudga keladi. Iste’molchi-ishlab chiqaruvchining bozordagi ratsional harakatlari erkin raqobat sharoitida tovarlarning narxi va sifatini optimallashtirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotda tovar va iste’molchilar ehtiyojining diversifikatsiyalashuvi haqli bir savolni vujudga keltiradi, ya’ni bozorda rastaga chiqqan yangi tovar mahsuloti iste’molchi ehtiyojining sababimi, yoki u yangi iste’molni tug‘diradimi? Bizningcha, bozordagi yangi innovatsion mahsulot iste’molchining ehtiyojiga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan degan fikr xato bo‘ladi. Sababi, ishlab chiqarishning asosiy maqsadi ehtiyojni qondirishdan ko‘ra ko‘proq foydani oshirishga xizmat qilishga yo‘naltiriladi. SHunday ekan, yangi innovatsion mahsulot iste’molchilar xohishini emas balki, ishlab chiqaruvchilar xohishining, ya’ni raqobatning natijasidir. Ishlab chiqaruvchi mahsulot sifatini iste’molchi shunday xohlagani uchun emas, raqobatda bozordagi muhim o‘rnini boy bermasilik uchun oshirishga intiladi. Bu hol bozor mexanizmini rivojlanishiga iste’moldan ko‘ra ko‘proq raqobat ta’sir etishini ko‘rsatadi. Aynan shunday raqobat rivojlangan bozorga ega davlatlarda mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Ochiq bozor – mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish, yangi texnologiyalar olib kelishga majbur qiladi, bozor islohotlarini jadal rivojlantiradi”2 Sh.M.Mirziyoyev.
Raqobat kurashida asosiy richag korxonalar uchun mahsulot sifati bo‘lishini e’tiborga olib aytish kerakki, sifat menejmentini korxonalarda samarali faoliyatini ta’minlash iqtisodiyotning dolzarb masalasidir. Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy muvaffaqiyati importga nisbatan eksport salmog‘ining bir necha barobar kattaligiga bog‘liq. O‘z mahsulotini eksport qilayotgan mamlakatlarda shu tovarning jahon bozoridagi mavqei yuqori degan xulosani beradi. Bu xulosaga erishish uchun mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonada sifat menejmenti tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va xalqaro standartlarga javob beradi3.
Mamlakatimizda ham yuqori iqtisodiy samaraga erishishning eng muqobil varianti milliy korxonalarda sifat menejmenti tizimini samarali tashkil etish va tovarlar sifatini keskin oshirish zarur. Buning uchun masalani ikki jihati e’tiborni tortadi.
Birinchidan, dastlab korxonalarda sifat menejmentining samarali tashkil etish va boshqaruvni optimallashtirish uchun malakali kadrlar zarur;
Ikkinchidan, sifat menejmentining nazariy va amaliy asoslarini yorituvchi ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘paytirish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish lozim.


  1. Nazariy qism.

    1. Korxonada mahsulot sifatini baholash tushunchasi.


Download 224,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish