O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi



Download 33,17 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2023
Hajmi33,17 Kb.
#905429
1   2   3
Bog'liq
Yulduz (1)

II bob.
2.1. O`zlashtirma gap.
O’zlashtirma gap ko’chirma gapdan ohangi va ayrim fe'l shakllari-ning ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi. Ko’chirma gapda juda ko’p qo’llanadigan demoq fe'lining deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o’zlashtirma gapda deyarli qo’llanilmaydi. Uning o’rnida o’zlashtirma gapda ko’proq aytmoq, gapirmoq, ta'kidlamoq fe'llari qo’llanadi: 1. Prezident Ziyoda boshliq laboratoriyada qandaydir favqulodda yangilik yuz berganini aytib, bugunoq yetib kelishi kerakligini yana bir bor ta'kidladi. 2. Haydarov tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poptaxtga yuborishga va'da qildi. (Asq.M.)
Birinchi gapning ko’chirma gap shakllari quyidagicha: Prezident aytdi va yana bir bor ta'kidladi: "Ziyoda boshliq laboratoriyada qandaydir favqo’lodda yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak. –Prezident: "Ziyoda boshliq laboratoriyada favqulodda qandaydir yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak", – dedi va yana bir bor ta'kidladi. "Ziyoda boshliq laboratoriyada favqulodda qandaydir yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak", – dedi prezident va yana bir bor ta'kidladi.
Ikkinchi misolda Haydarov va'da qildi – muallif gapi; tezlik bilan bir tadbir topib "tilla qiz"ni (Ziyodani demoqchi) bugunoq poytaxtga yuborishga – o’zlashtirma gap6.
Bu gapning ko’chirma gap shakllari quyidagicha: Haydarov va'da qildi: "Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman". Haydarov: "Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman", – dedi (deb va'da qildi). –Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman", – dedi (deb va'da qildi) Haydarov.
Ko’chirma gapli qurilmalar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan birikuvi yoki mustaqilligini saqlagan holda qo’shilishidan tashkil topsa, o’zlashtirma gapli qurilmaning tarkibi birgina sodda gapdan iboratdir. Bunda muallif gapi mavjud bo’lib, o’zlashtirma gap birikmali to’ldiruvchi shaklida bo’ladi: Choy tayyor, yuvining dada, – dedi Saodat (Asq.M.) Bu uch gapdan iborat ko’chirma gapli qurilmani o’zlashtirma gapga aylantirsak, bitta sodda gap shakllanadi: Saodat dadasiga choy tayyorligini, yuvinishini aytdi.
Agar ergash gapli qo’shma gap ko’chirma gap shaklida bo’lsa, ko’pincha ergash gap (shart, ravish, to’siqsiz, payt, o’xshatish, o’lchov-daraja kabi) o’zgarmaydi, bosh gap o’zlashtirma shaklini oladi: Qiyoslaylik: Mardonaqul aka, dedi Fotima,– siz yerni ag’darib, sahro changini ko’kka sovurmasangiz, ko’nglingiz tinchimaydi. –Fotima Mardonaqul akaga yerni ag’darib, sahro changini ko’kka sovurmasa, ko’ngli tinchimasligini aytdi. O’q ovozi eshitilganda, biz hujumga o’tgan bo’lamiz,– deyishdi partizanlar. –Partizanlar o’q ovozi eshitilganda, hujumga o’tgan bo’lishlarini aytdilar.
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, uning shakligina emas, ba'an uslubiy xususiyatlari ham o’zgaradi. Ayniqsa, so’zlovchi-ning nutq jarayoniga turli munosabatini ifodalovchi ekspressiv xarak-terdagi so’zlar, ayrim kirish so’zlar, undovlar, masalan, axir, xo’sh, ha, yo’q, xo’p, mayli kabi gap bilan bog’lanmagan elementlar, so’z-gaplar, ko’pincha tushib qoladi: Xush, qanday yangiliklar bor,– so’radi O’ktam. (O.) // O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi. He, raisimizning o’zlariga o’xshabdi-ku, – dedi u. (A.Q.) //U raisimizning o’zlariga o’xshashligini aytdi.
Undov gap, atov gap, ritorik so’roq gap kabilarni o’zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo’lmaydi: Ana zamon! Ana hikmat! – dedi "Sakson" ota yayrab kulib. (O.) Umida yalt etib Saidaga qaradi va quvnoq tovush bilan: – Salom, Saidaxon! deb qo’l berdi, kolxoz kotibasi Umida! Umida Umarova! (A.Q.) Umida bilan istar-istimas, sovuqqonlik bilan kurishdi: – Ha-a, o’rtoq Umarova, qadrdon, qanday shamol uchirdi? (A.Q.)
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, ko’chirma gap-dagi fe'l kesimning zamoni deyarli o’zgarmaydi: Idorada ishlayapman, –dedi Umida (A.Q.) // Umida idorada ishlayotganligini aytdi (hozirgi zamon); Idorada ishlaganman, – dedi Umida. // Umida idorada ishla-ganligini aytdi (o’tgan zamon). Idorada ishlamoqchiman, – dedi Umida // Umida idorada ishlamoqchi ekanligini aytdi (kelasi zamon).
Ko’chirma gapning sub'yekti birinchi shaxs kishilik olmoshi bilan, muallif gapining egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, o’zlashtirma gap tarkibida ko’chirma gapning egasi qo’llanilmaydi: Men aytdim: –(men) kitobni o’qiyman. Sen aytding: –(men) kitobni o’qiyman. U aytdi: –(men) kitobni o’qiyman.
Bu gaplarning o’zlashtirma gap shakllari quyidagicha: Men kitobni o’qishimni aytdim // Sen kitobni o’qishingni aytding // U kitobni o’qi-shini aytdi.
Ko’chirma gapning egasi kishilik olmoshining ko’plik shakli bilan ifodalanganda ham, shunday bo’ladi:
Men aytdim: –
Biz aytdik: –
Sen aytding: –
Siz aytdingiz: –
U aytdi: –
Ular aytdilar: –
Bularning o’zlashtirma shakllari: Men (biz) kitobni o’qishimizni aytdim. Sen (siz) kitobni o’qishingizni aytding. U (ular) kitobni o’qishlarini aytdi.
Muallif gapining egasi ot bilan, ko’chirma gapning egasi olmosh bilan ifodalangan bo’lsa, bunday gaplarning o’zlashtirilgan shaklida muallif gapidagi ega va kesim saqlanadi. Ko’chirma gapning egasi qaratuvchi aniqlovchiga, kesimi -lik+egalik (-i) affiksini olgan o’tgan zamon sifatdoshi (-gan) bilan ifodalangan to’ldiruvchiga – qaralmishga aylanadi. Ko’chirma gapning birinchi shaxsdagi egasi ba'zan batamom qo’llanmaydi yoki uning o’rnida o’zlik olmoshi qo’llaniladi:
Men kech qoldim
Biz kech qoldik
Sen kech qolding
Karim aytdi: – Siz kech qoldingiz
U kech qoldi
Ular kech qoldilar
Bu gaplarning o’zlashtirma shakllari:
O’zining kech qolgan (lig)ini
Bizning kech qolgan (lig)imizni
Karim sening kech qolgan (lig)ingni aytdi.
Sizning kech qolgan (lig)iigizni
Uning kech qolgan (lig)ini
Ularning kech qolgan (lig)larini
Ko’chirma gap darak xarakterida bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylan-tirishda quyidagicha o’zgaradi:
Ko’chirma gapning kesimi o’tgan zamon fe'li bilan ifodalangan bo’lsa, u o’ttan zamon sifatdosh qo’shimchasi+egalik affiksi+tushum kelishigi qo’shimchasi (-gan+i+ni), ba'zan -gan affiksdan keyin -lik yasovchisi orqali yasaladi: Kolxozga mehmonlar keldi, – dedi Umida (A.Q.) Umida kolxozga mehmonlar kelgan(lig)ini aytdi.
Ko’chirma gapdagi fe'l kesim edi to’liqsiz fe'li bilan shakllangan bo’lsa, o’zlashtirma gapda u qo’llanmasligi mumkin: Sarvarni ko’rgan edim, – dedi Asrorbek. // Asrorbek Sarvarni ko’rgan(lig)ini aytdi.
1. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, faqat fe'l kesimgina o’zgarmay, egalik qo’shimchasini olgan so’z va kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo’laklar ham o’zgaradi: Mening ukam Toshkentda o’qiydi, – dedi Usta. // Usta ukasining Toshkentda o’qiyot-ganligini aytdi.
Bunda mening so’zi qo’llanmagan, buni qoplash (kompensatsiya) qilish uchun ukam so’zi III shaxs egalik affiksini olib, qaratqich kelishigi shaklini oladi: Kecha bizning maktabimizda katta tantana bo’ldi, – dedi Baxtiyor. (gazeta) // Baxtiyor kecha maktablarida katta tantana bo’lgan (lig)ini aytdi. O’zlashtirma shaklda bizning olmoshi qo’llanilmagan, maktabimiz so’zidagi -imiz egalik qo’shimchasi (-lari) bilan almashgan.7
Ko’chirma gapning kesimi hozirgi zamon fe'li bilan ifodalanganda, -yotir, -yapti, -moqda affikslari o’rnida –yotgan+(-lik)+egalik affiksi (-i)+tushum kelishigi (-ni) qo’shimchasini olgan so’z ishlatiladi: G’o’zalarimiz barvaqt gullayotir,– dedi chol. // Chol g’o’zalarni bar-vaqt gullayotganligini aytdi. Garmsel esmoqda, – dedi Zargarov (Asq.M.) // Zargarov garmsel esayotganligini aytdi. Kuy eshitilayapti, – dedi u. // U kuy eshitilayotganligini aytdi. (O.)
2. Ko’chirma gapning kesimi kelasi zamon fe'li bilan ifodalanganda, ko’chirma gap: a) -sh (-ish)+i+ni; b) -sh (-ish)+i+lik+i+ni; v) -moqchi+ ekan+i+ni; g) -jak(g)+i+ni shakllarida o’zlashtirma gapga aylanadi: Men darvozaning oldida kutaman. –dedi Kozimbek. (A.Q.) // Kozimbek darvozaning oldida kutishini aytdi. To’g’ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, – dedi Saida (A.Q.) // Saida yomon odam jazosini tortishi kerakligini aytdi. Jinoyat qilgan jazo tortadi, – dedi qizlardan biri (A.Q.) // Qizlardan biri jinoyat qilgan jazo tortishini (tortishi kerakligini) aytdi.
3. Ko’chirma gapning kesimi ot yoki ot shaklidagi kesim bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda, shu ot kesimdan keyin ekan+lig+i+ ni (emas+lig+i+ni) yoki -lig+i+ni shakllari qo’shiladi: Xo’jalik ishlari-dan ko’nglim to’q, – dedi Saida (A.Q.) // Saida xo’jalik ishlaridan ko’ngli to’qligini (to’q ekanligini) aytdi. Bu Nazarovdan chiqqan aql emas, – dedi Qalandarov. // Qalandarov bu Nazarovdan chiqqan aql emasligini aytdi.
4. Ko’chirma gap so’roq mazmunini ifodalasa, muallif gapining kesimi qanday fe'l bilan ifodalanishiga qaramay, o’zlashtirma gapning kesimi faqat so’ramoq fe'li orqali beriladi: Nima uchun Usmon idoraga kelmadi, – dedi Qalandarov (A.Q.) // Qalandarov Usmonjonning nima uchun idoraga kelmaganligini so’radi.
So’roq ko’chirma gap quyidagi yo’llar bilan o’zlashtirma gapga aylantiriladi:
1. Ko’chirma gapning fe'l kesimi so’roq yuklamasini olganda, sifatdoshning bo’lishli-bo’lishsiz shaklda takrorlanishi va ularga ekan+ lig+i+ni yoki -lig+i+ni elementlarining qo’shilishi orqali: Institutni bitirganmisiz? – dedi u. // U institutni bitirgan-bitirmaganligini so’radi.
2. So’roq yuklamasini olgan ot kesimli ko’chirma gaplar ham o’zlashtirma gapga aylantirilganda, ot kesim ham bo’lishli va bo’lishsiz shaklda takrorlanib, ekan+lig+i+ni yoki -lig+i+ni shakllari bilan shakllanadi: – Ota, xizmatdamisiz yo qarindoshlari bo’lasizmi? – so’radi Zumrad cholning chiqiq yelkasiga qarab. (O.) // Zumrad xizmatda-xizmatda emasligini, qarindoshlari bo’lish-bo’lmasligini otadan so’radi. Zumradxon uydamilar? – so’radi Xushvaqtbibi. (O.) // Xushvaqtbibi Zumradxonning uyda-uyda emasligini so’radi.
2.2. O’zlashgan gaplarda ishlatilatiladigan tinish belgilari.
Ko’chirma gapning kesimi ot kesim bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda shu ot kesimdan keyin ekanligini yoki-ligini formalari qo’shiladi. «Qo’lim baland, belim baquvvat»,- dedi brigadir.-Brigadir qo’li baland, beli baquvvat ekanligini (baquvvatligini) aytdi.
Ko’chirma gap so’roq mazmunini ifodalasa, avtor gapining kesimi qaysi fel bilan ifodalanganiga qaramay, o’zlashtirma gapning kesimi faqat so’moq fe’li bilan berilandi. «Majlis boshlandimi»-deb so’radi u. U so’radi. «Majlis boshlandimi.» Bu gaplarning shakli.U majlis boshlangan-boshlanmaganini so’radi.8
So’roq mazmunini bildiruvchi so’roq gaplar o’zlashtirilganda, uning intonatsion xususiyati o’zgaradi.
So’roq gap o’zlashtirma gapga quyidagi bilan aylantiriladi.
Gapning fe’l kesimi so’roq yuyuklamasini olganda, o’sha fe’lning sifatdosh formasidagi bo’lishli va bo’lishsiz shakllari juftlashadi va ularga ekanligini yoki-ligini formalarni qo’shiladi.
«Paxta chopig’ini o’z vaqtida tugatdingizmi.»-dedi Karim ota-Karim ota paxta chopig’ini o’z vaqtida tugatgan-tugatmaganligini so’radi.
So’roq gap so’roq so’zlarning ishtiroki bilan tuzilgan bo’lsa, uning fe’l kesimi o’zlashtiriladi, lekin so’roq mazmunini bildiruvchi so’z saqlanadi. «Qachon keldingiz.»-so’raydi O’ktam.-O’ktam qachon kelganligi so’radi. «Nima uchun olimjonning brigadasida ish yaxshi Nima uchun mening g’o’zalarim pisand qilmaydi.»-dedi Bekbo’ta.-Beko’ta nima uchun Olimjonning brigadasida ish yaxshi ekanligini, nima uchun uning g’uzalarni pisand qilmasligini so’radi.
Undalmali sroq gap o’zlashtirma aylantirilsa, undalma chiqish kelishigi qo’shimchasini olib, vositali to’ldiruvchiga aylanadi. «Rais, nima uchun boshqalar qoloq» - dedi u.
-U raisdan nima uchun boshqalar qoloq ekanligini so’radi.
Kesmi bor yo’q so’zlari bilan ifodalangan ko’chirma gaplar quyidagicha o’zlashtiriladi.
Ko’chirma gap darak mazmunini bildirsa, o’sha so’zdan keyin ekanligini yoki-ligini formalari qo’shilib keladi. «Magazinda har xil kitoblar bor, lekin daftar yoq»-dedi opam.-Opam magazinda har xil kitoblar borligini. Lekin daftar yoq ekanligini aytdi.
Ko’chirma gap soroq mazmunini bildirsa, bor, yoq so’zlarni juftlanib, undan keyin-ligini yoki ekanligini formasi qo’shiladi.
«Magazinda kitob bormi.». «Magazinda daftar yo’qmi.» - dedi opam. Opam magazinda kitob bor-yoqligini so’radi- Opam magazinda daftar bor-yoqligini so’radi.
Buyruq gaplar o’zlashtirilganda, uning buyruq maylidagi fe’l kesimi ish oti formasi+egalik affiksi+kerak (lozim, zarur)+(ekan)ligini shaklini oladi. «Maslahat esdan chiqmasin,»-dedi Durbek._durbek maslahat esdan chiqmasligi kerakligini aytdi. «Tezroq keting bu erdan, toog’a», dedi Botir.- Botir tog’asiga bu erdan tezroq ketish kerakligini aytdi.9
Undalmali buyruq gap o’zlashtirilsa, undalma ko’pincha yo’nalish kelishigi affiksini olib, vositali to’ldiruvchi bo’lib keladi. «Endi ular sevinishsin, Nodir amaki», -dedi jiyani.-Jiyani Nodir amakiga endi ular sevinishi kerakligini aytdi.
Ko’pincha kesimi buyruq felining uchinchi shaxs formasida bo’lgan ko’chirma gaplar o’zlashtirma gapga aylantiriladi. Kesimi buyruq-istak maylining birinchi shaxs formasida kelgan ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirib bo’lmaydi, bazan kesimi ikkinchi shaxs formasida kelgan ko’chirma gap o’zlashtiriladi.
O’zbek tilida bazan o’zgalarning gapi ko’chirma gap xolatidagi emas, «ko’chirma gap+avtor gapi» shaklida ifodalanishi mumkin. Ko’chirma gap ichida ko’chirma gap qo’llanib, qo’sh ko’chirma gapni hosil qiladi. Yakka qo’llanilgan ko’chirma gap avtor gapi bilan
«gap+avtor gapi» yoki «avtor gapi+ko’chirma gap» tuzilsa, qo’sh ko’chirma gap «ko’chirma gap+avtor gapi+avtor gapi» sxemasi tuziladi. Masalan «Sodir «Har bir ishga tajriba ko’zi bilan qarash kerak», -deydi,-dedi Karim. Bu misolda birinchi ko’chirma gap (Har bir ishga tadriba ko’zi bilan qarash kerak) avtor gapi (Sobir deydi) bilan yana ko’chirma gapni tashkil qilib, keyingi avtor gapiga-dedi Karim gapiga nisbatan ko’chirma gap bo’lib kelgan.


Xulosa.
. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lgan ona tilimizni o’rganish ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo’lgan e'tibor kuchayib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish” , davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi ekanligini alohida ta'kidlagan. O’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi o’zbek tilining taraqqiyoti yo’lida yangi davrni boshlab berdi. Bu esa, o’z navbatida, davrni o’zbek tili tarixini to’g’ri va chuqur o’rganish, til sathlarining tabiatini aniq tahlil etish va ularning badiiy matndagi imkoniyatlarini ilmiy tahlil qilish, bu yo’nalishda zaruriy tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy xulosalarga kelish kabi dolzarb vazifalarni yuklaydi. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tilining sintaksisining azaliy muammolaridan biri fikr almashuv va aloqa-aralashuvning asosiy birligi-kommunikativ birlik bo’lgan gapni tarkibiy qismlarga ajratish gap bo’laklari va har bir bo’lakning gap qurilishidagi o’rni, gapning tarkibiy qurilishi masalasidir. Shu boisdan, gapning lingvistik xususiyatlari bilan bir qatorda, uning psixologik xususiyatlarini har tomonlama o’rganish, ularga har jihatdan e'tibor qaratish kuchaytirildi. Xususan, informatsiyani to’la yoritishda murakkablashgan sodda gaplarning o’rni alohida bo’lib, tuzilish jihatdan murakkab tarkibga ega bunday gaplarda mazmun hajmining kengligi kuzatiladi. Murakkablashgan sodda gaplarning grammatik belgilaridan kelib chiqilsa, ularning semantik tabiati yaqqol yuzaga chiqadi. Til belgilar sistemasi bo’lib, lisoniy belgilar qatorida gap alohida mavqega egadir, chunki gapda shakl va mazmun to’liqligi namoyon bo’ladi. Hozirga qadar murakkablashgan sodda gaplarning o’ziga xos xususiyatlari muammosi rus va boshqa xorijiy tilshunoslikda birmuncha atroflicha o’rganilgan. O’zbek tilshunosligida mavjud darsliklarda ham murakkablashgan sodda gaplar bo’limi berilgan. Ayrim ishlarda bunday gaplarning grammatik-semantik-stilistik xususiyatlari tadqiq etilgan. Badiiy asar tiliga oid darsliklarda murakkablashgan sodda gaplarning stilistik xususiyatlariga to’xtalingan . O`zbek tiliga davlat maqomi berilishi, avvalo, tilshunoslik sohasida yangi-yangi tadqiqotlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi va o’zbek olimlari tomonidan yangi-yangi izlanishlar olib borilmoqda. Sintaktik sathda qurilishiga ko’ra sodda, biroq mazmuniga ko’ra murakkab sanaluvchi, ya'ni murakkablashgan sodda gaplarning semantik-stilistik xususiyatlariga ham alohida e'tibor qaratish zarur deb o`ylaymiz.

Download 33,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish