«Nay va Shamshod»
Shu to`yda Shamshod daraxtining savlat bilan gardoyib turishini ko`rgan Nay
gapga aralashib: Sen havoyi, xudbin va mag`rursan. Oyoqlaring loy ichida
bo`lsa ham, ammo dimog`ing ko`kka ko`tarilgan. Bahor kela bersa, g`ururlanib,
yanada balandroq ko`tarilasan. Ammo shuni ham bilib qo`yki, xazon eli bir kun
seni xarob qilib qo`yadi,-deydi:
Otingni Shamshod etibon shohsan,
Noxli barumandi erga band...
Asling erur bandi baloyu havo,
Sen kibi yo`q dahr aro bir xudnamo.
Loy arodur band oyog`ing sening,
Baski etar ko`kka dimog`ing sening.
Faxri bahor ila ko`p o`lma baland.
Bodi xazon qilg`usi bir kun najand.
Shundan keyin Nai o`z shakli va sifatlari haqida gapirib, bunday deydi:
Manman o`shal tutish shakkar nosib,
66
Bardam erur nola chog`i andalib,
Mehr kibi ich bila tashim yorug`,
Charx kibi ko`z bila kunglum ochuq
Dudi damim she`lardir ul bod emas,
Pesha mango behuda fard emas.
Shamshod esa uni «ikki boshli o`lik ilon»ga o`xshatadi va o`z soyasini
maqtab, undan shohu gado bahramand bo`lishini aytadi:
Etsang haqiqatda o`zingga nazar,
Zoting erur murdai mori dusar,
Soya mango o`yla saodat ishor,
Qo`ysa humo bo`lg`usidir tojdor.
Manman o`shal sohibi bargu navo,
Mandin olur bahrani shohu gado
Demak, Nishotiy Nay va Shamshidning foydali tamonlarini qayd etib,
ularning maqtanchoqliklarini qoramaydi va bir-birini pisand qilmaslik jamiyatda
yomon ish ekanligini uqtirib o`tadi. Shoir, birovlarni nazar-pisand qilmay
dimog`ini ko`tarib yuruvchilar bir kun xazon eli bilan yaksan bo`lurlar, deb
«qissadan hissa» chiqaradi. Shoir ichki dunyosi ham, tashqi ko`rinishi ham, «mehr
kibi» (quyosh kabi) yorug` kishilarni ulug`laydi.
«Kosai Chin va Nargis» G`amzaning «Ravzai jannat obod»idagi suhbatda
Kosa bilan Nargis munozarasi beriladi. Suhbatda qo`ldan-qo`lga o`tib yurgan
Kosaning ko`zi hech kimni pisand qilmay gerdayib o`tirgan Nargisga tushadi:
Kosai Chin. Nargisa soldi nazar,
Didam ma`qul ila ul bebasar,
Bori takabburdin edi sargaron,
Ilmas edi ko`ziga yaxshi-yomon.
Bu misolda Nishotiy Kosa va Nargis obrazlari orqali jamiyatdagi «Naqshi
habdin asar»i bo`lmagan nodonlarga kecha-kunduz fikru xayoli «simu zar»
(kumush, oltin) to`plash bilan band bo`lgan «surat eliga tana qilib, «ma`ni eli»ga
xayrixlhlik bildiradi.
«Binafsha va Chang». Gesu to`y qatnashchilarini o`z binafsha-zoriga olib
chiqadi. Binafsha to`shilgan bu joyda kishilar ham binafsha libosida namoyon
bo`ldilar. Hamma mast bo`lib, yiqilib qolganida, qora kiyimli, boshini quyi salib
o`tirgan Binafsha ular o`rtasida shayxga o`xshab ko`rinadi:
Boshi quyi erdi, libosi qaro,
Shayx edi bu rasm ila ul el aro.
Binafshani bu ahvolda ko`rgan Chang unga qarab:
Fikr sango tibro libosing qaro,
Xona sango toru palosing qaro.
Pesha sango bo`ldi siyahkorliq,
Din yo`lidin ish sango bezorliq.
Loyiq emas bo`lmog`ing ushshoq aro,
Vah na dedim bal bu kuhan toq aro-
deb, o`zini maqtaydi:
Ko`k mani kim, foyiqi ofoqman,
67
Sarvari sardaftari ushshoq man.
Binafsha esa unga javoban:
Majlis aro sen kibi g`amgin qani?
Maherili zoting aro tamkin qani?
Tabiy maqomat ila ko`p urma dam,
Ko`z sanga ko`r o`ldi dag`i shal qadam,
Kaj bo`yinu, kal boshu badmo`ysan,
Egri qulu, ham qodu badxo`y san.
Ishq suzi birla ko`p etma g`ulo``,
Loyiq emastur sango bu guftu bu guftugo`...
Deydi va u ham o`zini maqtashga kirishadi.
Bil mani attori gulistoni ishq,
Mendin olur bo`yni gulistona ishq.
Gulning erur rangi bila bag`ri suv,
Mandin erur er bila ko`p mushkbo`.
Bildim ani dahr vafosiq emish,
Umr degan usru baqosiz emish.
Oning uchun bo`ldi libosim qaro,
O`ldumu ham tutdum o`zumga azo.
Ushbu o`limdurki, muabbad hayot,
Derlar ani yo`qturur onga mamot.
Bu so`zlar Changni hozin bir holatga soladi:
Changi hozin etdi bu ohangni go`sh,
Boshi quyi soldiyu bo`ldi xalmo`sh.
Bu misolda ham shoir Binafsha va Chang singari allegorik timsollar orqali
o`z zamonasining nojo`ya: xatti-harkatlari ustidan kuladi, «Dil yo`lidin ish sango
bezorliq» kabi misralar bilan mutaastblarning bezoriligini ochib tashlaydi.
Dostonning tili «Husnu Dil» dostonining tili asosan va badiiy vositalari.
Mumtoz nasriy nazm uslubi bilan uzviy bog`langandir. «Nahri hayot», «Ayni
sadoqat chashmasi» kabi ta`birlar Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi
iboralarga, «g`ulg`ula», «valvala» kabi so`zlar esa «Saddi Iskandariy» dostonidagi
so`zlarga hamohangdir. Chunonchi:
Chekti kelib na`rom purg`ulg`ula,
To`ldi falak dashti aro valvala.
Shuningdek, Nishotiy dostonidagi:
Har na yomon bor esa ondin yomon,
Bor edi holim mening ey nuktadan-
kabi misralarning tuzilishi va lug`aviy tuzilishida Navoiyning «Hayrat-ul-
abror» dostonida shayxlar haqida bitilgan:
Bu el erur barcha yomondin yomon,
Har ne yo`q, ondin yomon, ondin yomon-
baytlarining ta`siri yaqqol ko`rinadi.
Nishotiy leksikonida Fuzuliy she`riyatining barakali ta`sirini ham ko`rish
mumkin. Chunonchi dostonda tushum kelishigi qo`shimchasi (-ni)-i shaklida
68
(Kelturung Aqli dedi kishvarsiton), qaratqich kelishigi qo`shimchasi (-ning)-ing
shaklida (Qomating og`ushig`a qildi nigoh) qo`llanilgan.
Dostonning tilida Xorazm shevasiga xls elementlar bor:
Xush dedimu amrig`a qildim shuru`,
So`z qopusi sorig`a ettim rujo``...
Shuningdek, dostonda Buxoro shevasiga xos va iboralar ham tez-tez uchrab
turadi. (bu-dostonning Buxoroda yozilganidan bo`lsa kerak). Masalan, feodal
o`tmishda yomon xulqli kishilarga, zolim hukmdorlarga o`lim tilanar ekan,
ularning kiyimi, savlati yurish-turishga kinoya qilib, «margi nov muborak» (yangi
o`lim muborak) deyilar ekan. Shaxriyori Ishqning elchisi G`ampahlavon
Aqlshohning oldiga borib, u bilan so`zlashganida gap orasida shu tojikcha
qochirimni qistirib o`tadi:
Shohg`a duo der chog`i eltib garav,
Dedi: «Muborak sango bu margi nav».
Doston mumtoz epik nazmining masnaviy shaklida, aruzning «Havshri
musaddasi mahbuni mahzuf» bahrida yaratilgan bo`lib, 7092 bayt (15584
misra)dan iborat. Ayrim boblardagi tavsiflar esa qofiyalangan musajja`i Sharq
nasri uslubida yozilgan. Masalan, Himmati sipohdor, sabri falok iqtidor, g`ayrati
salor... Diyori Saksorga... Fuodi giriftorga» bordilar...-«Husni dilnavoz,
Vafobonum Sohib e`zoz va Nozi Tannovoz, G`amzai g`ammoz, Gesui fusunsoz va
Mahliqon oinapardoz va Mahtakallumi sehrparvoz va Mehrbonui boso`zu gudoz,
Qamatsardori balandparvoz, Sarvi Sarafroz, ya`ni Fuodi sohibniyoz...» xizmatga
tayyor edilar.
Nishotiy she`riy satrlarning mumkin qadar soddi, ma`noli, ravon va obrazli
bo`lishi uchun harakat qilgan; asarning estetik ta`sir kuchini oshirish maqsadida
xilma-xil badiiy usullarni ishga solgan. Dostondagi bayt va misralarda o`xshatish
istiora, kinoya, mubolag`a, sifatlash, majoz, qarama-qarshi ho`yish kabi usullarni
juda ko`p uchratish mumkin. Bu badiiy usullar vohiy manzaralarni yorqin
ifodalashiga yordam beradi. Masalan, Nazarning suvsiz sahroda kezib holdan
toshish quruqlikka tashlangan baliq talvasasiga o`xshatilib mubolag`a bilan
quyidagicha bo`rttirilgan:
Tolpinibon o`ylaki suvsiz baliq,
Jon yo`q edi anga bugun tongloliq.
Ishqning lashkari bilan Aqlning Novkorlari o`rtasidagi jang tasvirida: «Sher
ham bu talashlardan qo`rqib, hatto qornidagi bolasini tashlab yubordi», deb
mubolag`a qilingan.
Bo`ldi ayon turfa hatali kabir,
Qo`rqusidin tashladi hamlini sher.
Tubandagi misralar It bilan Ohu, zog` bilan Bulbul, Shohd bilan Og`u
kabilarni qarama-qarshi qo`yish (tazod) yo`li bilan bitilgan bo`lib, ular Fuod bilan
Foruqa o`rtasidagi voqeani yoritishga qaratilgandir:
It bilan Ohu bo`libon hamnafas,
Zog` bila Bulbulg`a bir o`ldi qafas.
Shahd ila Og`u topibon imtizoj,
Ishq ila ishrotg`a bor erdi rivoj.
69
Inkor ma`nosini ta`kidlovchi na bog`lovchisi bir necha marta qaytarilgan
satrlarda takror usuli qo`llangan:
Onda na zovu, nu hozuru na nur...
Onda na ilmu, na amal, na yaqin.
Quyidagi misralarda birin-ketin fikrni kuchaytiruvchi sifatlashlar beriladi:
Oti aning Vahmi balojo` edi,
Bad dilu baddin edi, badgo` edi.
Dostonda xalq ertaklariga xos bo`lgan muqaddima ham ko`zga tashlanadi.
Bor edi Yunonda birov podsho,
Erdi jahon shohi anga xokiroh.
Dostonda xalqning hikmatli so`zlari va iboralarini keng qo`llash-asar tilini
ommabop qilishga intilish sezilib turadiki, bu maqtovga loyiqdir.
Chunonchi, Fudoning mast bo`lib, Foruqaning damiga tushganligini
anglatish uchun, mast parishonxotir bo`lsa, «sitam ko`radi» aforizmi ayniqsa
o`rinli ishlatilgan:
Vahki na xush dedi o`lum mo`htaram,
Mast parishon esa ko`rgay sitam.
Shuningdek, dostonda, Osh egasi bilan totli» maqoli Fuod tilidan
quyidagicha ifodalangan:
Lek demish kimsaki diqqatlidir,
Osh egasi birla esa totlidir
«Avval o`yla, keyin so`yla» maqoli:
Xar kishining bor esa gar aqli tuz,
Avval anga ko`z keragu so`ngra so`z-
baytiga mohirlik bilan singdirilgandir. Shuningdek tojikcha «Chrh kandaro
choh dar pesh» maqoli yoki shu mazmundagi o`zbekcha «Kim birovga quduq
qazisa, o`zi tushadi» hikmatli so`zi. Nishotiy misralariga badiiy soddalik baxsh
etadi:
Ushbu masal bordurur el ichra fosh,
Zohiru ravshan erur andoq quyosh;
«Kimki qozor oqibat ul tushg`usi,
Kimki yoqar oxir o`shul pishg`usi».
Shoir xalq maqollarining ustalik bilan o`rinli ishlatish natijasida o`zi ham
maqol shaklidagi misralar bitish-maqollar yaratish darajasiga ko`tariladi:
Chunonchi: To`yu azo xushturur ahbob ila,
Shodiyu g`am ham yana atrob ila
Yoki:
Ishki o`tar anga pushaymon na sud,
Qush ki tutildi anga afg`on na sud.
«Husnu Dil» dostonining tilidagina emas, balki g`oyaviy mazmuni va badiiy
shaklida ham Navoiy ijodiyotining ta`siri sezilib turadi. Navoiy:
Jahon kim zohir aylar nalayu bog`,
Erur ul bog` zindon, lolasi dog`- kabi misralari bilan o`z zamonasiga
tanqidiy qarashini ifodalagan bo`lsa, Nishotiy ham bu mazmunni o`z muhitiga
totbiq etib:
70
Yorab o`zing lutf oson mongo
Aylaki, bog` uldi chu zindon mango-
deb yozgan edi.
Navoiy o`zining «Farhod va Shirin» dostonidagi:
Diloromu Dilorayu, Diloso,
Gulandamu Sumanbo`yu Sumanso,
Parichehru Parizodu Parivash
Paripaykar ziho o`n ismi dilkash-
kabi misralarda shirinning suhbatdoshlaridan o`kta olima qiz nomini eslatib
o`tganidek, Nishotiy ham Husning atrofini o`ragan qizlar nomini quyidagi
misralarda birin-ketin tasvirlab beradi:
Barcha dilorom edi anda tamom,
Har biriga nom edi bir ehtirom.
G`amzavu Ishva dag`i Lnu Ado,
Sheva Karashma dag`i Mehru Vafo,
Yana biri Nozi fusunsoz edi,
Biri ani Sarvi sarafroz edi.
Dostonning qofiyalanishida ham so`z san`atining xilma-xil namunalarini
uchratish mumkin. Ko`p o`rinlarda bir so`z bir necha ma`noda qo`llaniladi.
Chunonchi, tuyuqchi eslatuvchi:
Yuz uza churuk yog`och erdi burun,
Har era borsa, boribon ul burun-amonlik qofiyali baytning birinchi
misrasidagi «burun» odam organlaridan biri, ikkinchi misrasidagi «burun» esa
ilgari, oldin ma`nolarida qo`llanilgan.
Umuman «Husnu Dil» dostoni muallifi Navoiy va Fuzuliyning badiiy tilidan
fayz va zavq olish bilan birga, o`zbek va tojik tilidagi xalqchi ibora va ifodalardan,
hatto, mahalliy sheva unsurlaridan ham bahramand bo`lib, o`z asarini sodda til va
ravon uslubda yaratish uchun katta ijodiy mehnat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |