Jang qilishga qodir bunday piyoda sipohni ko‘rmagan edim,
U itoatsizlaming kallasini qo‘lga kiritdi (1-jild, 174-b.).
Yoki Xalokuxonning Bag‘dod xalifasi Mustasimga chopar orqali yuborgan tahdidli xabarini quyidagicha she’rga soldi:
Osmon gumbazidan seni uloqtiraman,
Sherday o‘kirib, oyog‘ingni osmondan qilaman.
Shohligingda tirik jonni qoldinnayman,
Shaharu qishloqlaringni olovga yem qilaman (3-jild, 35-b.).
Rashididdin Firdavsiyning “Shohnoma”sidan, Sa’diy Sheroziydan, Nasiriddin Tusiydan baytlar keltiradi, qit’a, fard kabi janrlardan unumli foydalanadi. Uning adabiy janrlarga munosabatidan badiiy ijodga yana- da yaqin bo‘lganini anglash mumkin.
Umuman, “Jome’ ut-tavorix” - badiiy ijod mahsuli bo‘lib, uning muallifi Rashididdin katta ijodkor sifatida adabiyot tarixidan o‘rin olish- ga loyiqdir.
Savol va topshiriqlar
“Jome’ ut-tavorix” qachon yozilgan?
O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatning qisqa mazmunini so‘zlab bering.
Rashididdin bu asarini yozishda qaysi manbalardan foydalan- gan?
Bu rivoyatda shomon qaysi obrazda o‘z ifodasini topgan?
Ugaday xon haqidagi rivoyatning mohiyati nimaiardan iborat?
Chingizxon nima uchun a’yonlari bilan Ugaday xonning huzuri- ga bordi?
Ugaday xon Chig‘atoy xonga qanday munosabatda bo‘ldi?
Rashididdinning shoirlik mahoratiga misollar keltiring.
Qutb va uning “Xusrav va Shirin” dostoni
Reja:
Qutbning “Xusrav va Shirin”i tarjima asari sifatida.
Qutbning tarjimai holiga oid ma'lumotlar.
Tarjimadagi farqlar.
Dostonda Tinibek madhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |