O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Ko‘rarmankim, ko‘ngul bermish sanga shoh



Download 2,17 Mb.
bet97/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Ko‘rarmankim, ko‘ngul bermish sanga shoh,
Yog‘an tushmush saning ovungqa nogoh.
0‘shul xud hech tiya bilmaz o‘zini,
Vale san ham eshitursan so‘zini.
Kerakmazkim suchuk so‘z birla aldab,
Ey Shirin, shakkaringni qilsa jullob (98-99-b.)
Shirin Mehinbonuning bu qutqulariga ishonib, Xusravdan o‘zini olib qochadi. Ammo ertasi kuni ikkalovi yana ko‘rishadilar, vaqtni poy- ga, sayr bilan o‘tkazadilar. Xullas, yoz mavsumi Xusrav bilan Shiringa baxtiyorlik lahzalarini olib keladi. Xusrav bilan Shiringa o‘nta qiz nav- batma-navbat afsonalar aytib beradilar. Xusrav Shiringa, Shirin Xusrav­ga ahdu vafoda sodiqliklarini aytib, ont ichadilar.
Shundan keyin Xusrav lashkarini otlantirib, Rum mamlakatiga qa- rab ketadi. Rum qaysari Xursavni ko'rgach, uning tolei baland ekanini anglaydi. Qaysar o‘z qizi Maryamni Xusravga nikohlab beradi. Bir nec- ha kun Xusrav u yerda bo‘lgach, Rum qaysaridan lashkar so‘raydi. Qay­sar Xusravga ko‘p lashkar beradi va uni yo‘lga kuzatib qo‘yadi.
Xusrav o‘z yurtiga yetib kelib, Bahrom chubin bilan jang qiladi. Bahrom chubinni Xusrav mag‘lub qiladi, Bahrom qochib ketadi. Xusrav otasidan qolgan taxtga o‘tirib, yana mamlakatni adolat bilan boshqara boshlaydi. Xayolini doimo Rum qaysariga bergan va’dalari, Maryam band qiladi. Shirin esa bu paytda Xusravning firoqida o‘rtanadi. Shu orada Mehinbonu xastalanib, vafot etadi va taxtga Shirin o‘tiradi. Xus­rav Shovumi Shirinning huzuriga yo‘llaydi. Shovur Shirinning saroyiga borib, uni Xusravning huzuriga borishga ko‘ndirmoqchi bo‘ladi. Ammo Shirin qahr bilan Shovuming da'vatini rad qiladi:
Suchuk til birla meni aldayursan,
0‘zoqitekmu aldangay teyursan.
Vafo qildimjafolar qildi qarg‘u,
Jafo yutmoqqamu ul yerga borg‘u?..
Qayu ko‘nglum bila anda borayin,
Aning yoninda Maiyamni ко ‘rayin? (149, 151 -b.)
deya Xusravning bevafoligini, subutsizligini, vafoga xiyonatkorligi- ni ochib tashlaydi.
Shirinning yemak-ichmagi faqat sut edi. Sut keltiriladigan joy sa- roydan ancha uzoq edi. Shu bois xizmatkorlar sut olib kelishda ancha yo‘l bosib, mashaqqat chekar edilar. Shirinning orzusini ro'yobga chi- qarish uchun Shovur Farhodni uning huzuriga olib keladi. Farhod Shi­rinning ovozini eshitgandayoq oshiq bo‘lib qoladi. Shirin ham Farhodni ko‘rgan zohoti unga bo‘lgan sevgisi alangalanadi. Farhodning Shiringa bo‘lgan sevgisi shunchalik kuchli ediki, u tog‘ning toshlariga Shirinning suratini o‘yadi. Unga doim iltijo qiladi. Ishq Farhodga shunchalik kuch bag‘ishlaydiki, qisqa fursatda Farhod Shirin saroyigacha ariq qaziydi va bir hovuz ham yasaydi. Sut ariqdan oqib kelib, hovuzga to‘planardi. Shunday qilib, Shirinning orzusi amalga oshganini xizmatkorlar unga yetkazadilar. Shirin kelib. ariqni va hovuzni ko‘rdi, qulog‘idagi qimat- baho sirg'ani chiqarib, Farhodga berdi.
Farhod Shiringa oshiq bo‘lganini Xusrav eshitadi. Xusrav Farhodni o‘z saroyiga oldirib kelib, Shiringa bo‘lgan sevgisidan qaytarish uchun oltinu javohirlar taklif qiladi. Farhod esa, bu ish oltinlar bilan bitmaydi, deya rad javobini beradi. Bu bilan ish bitmagach, Xusrav Farhodni si- nash maqsadida, Shirinning hurmati uchun Besitun tog‘ini tesha bilan kesib, yo‘l ochib bersang, bu ish sendan boshqa hech kimning qo‘lidan kelmaydi, deb undaydi. Farhod Besitun tog‘ini qazishga kirishadi. Far­hod tog‘ qaziyotganini Shirin eshitib, u yerga keladi. Shirin olib kel- gan sutni Farhodga beradi. Farhod Shirinni ko‘rganda, kuchiga kuch qo‘shilib, sutni oladi va:

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish