Mushkdur ul zulf yo umri daroz,
Yo bo'luptur anbari tar tor-tor.
Qildin ar qilsa qalam naqqoshi Chin,
Ul qachon og‘zing bikin bar tor-tor (40-b.).
Bu qit’aning muallifi Kindiy o'zbek adabiyoti tarixiga ilk bor kirib kelgani bilan birga, qit’aning qofiyalanib kelgani (tar-bar) ham diqqatga sazovor.
Biz Sayfi Saroyi ijodida uch, hatto besh baytii qit’aiar borligini, o'sha qit’alarda qofiya borligini avval ko‘rib o'tgan cdik.
Shayx Ahmad ruboiy haqida. Shayx Ahmadning ruboiy haqidagi qarashlarida ham o‘ziga xos yangiliklar mavjud. U to‘rtaia misrasi qo- liyalangan ruboiy ruboiyi musarra’, ya’ni ikkala misrasi qofiyalangan ruboiy (mufrad ruboiyamg ziddi) deb nomlanishini aytadi va o‘zining bir ruboiysini keltiradi:
Husnunguz sha’nina jon parvonadur,
Zulfmgizga aqlu dil devonadur.
Chunki jodu ko'zlaring mastonadur,
Ul sababtin manzilim g'amxonadur (40-b.).
0‘zbek adabiyoti tarixida uchinchi misrasi qofiyalanmaydigan ru- boiylar ko‘p uchraydi. Shayx Ahmad bu ruboiy turini ruboiyi hissiy deb nomlaydi, Bu ruboiy turiga o‘zining bir ruboiysini va Sakkokiyning bir ruboiysini, Sa’diyning bitta forscha ruboiysini misol qilib keltiradi.
Shayx Ahmad “ruboiy” mavzusi ichida tuyuq haqida ham to‘xtaladi. U tuyuqni alohida janr sifatida qaramaydi. Ruboiyning qofiyasi o‘mida tajnis qo‘llangani uchun, bu ruboiy turini mujannas deb ataydi. Shayx Ahmadning quyidagi mujannasi nihoyatda mahorat va yuksak badiiy did bilan yozilgan mujannasdir:
To ko‘ngulda ishq o‘ti tobandadur (rosa tobidadir),
G‘am maishat panjasin tobandadur (uyerda topadi)
Kiprik o‘qin qismat etib otsangiz,
Hcch kishiga tegmas ul-tobandadur (41-b.) (и tomondadir)
Do'stlaringiz bilan baham: |