Bermagil derlar vafosizga ko‘ngul,
Kim aning no‘shindin ortuq neshi bor.
Uzmagaymen la’lidin o‘lsam umid,
Jon mening jonim, kishining neshi bor.
Lutfiyning fardlari o‘z davridayoq salaflarining e’tiborini tort- di. Jumladan, Yaqiniy “O‘q va Yoy” munozarasida Lutfiyning nomini mashhur fors shoirlari Hofiz Sheroziy, Kamol Xo‘jandiy, Xoja Salmon Sovajiy kabi xushta’b zotlar singari mashhurligini ta’kidlaydi va uning quyidagi baytini keltiradi:
Xadangi g‘amzasini ko‘rgach ayttim:
“Maning jonimg‘a o‘t solg‘on sen-o‘q sen!”
Yaqiniy o‘z munozarasida 0‘qni ta’riflar ekan, uni noz-ishvalari bilan oshiqlarga jafo yetkazadigan bevafo ma’shuqalarga o‘xshatadi va buning dalili sifatida Lutfiyning yuqoridagi fardini keltiradi. Yaqiniyda- gi 0‘q obrazi Lutfiyning fardidagi jafochi ma’shuqaga o‘xshatilganidan mamnun bo‘lib: “Meni jafochi bevafo mahbublaming g‘amzasi deb ay- tur”, deya mag‘rurlik hissini tuyadi.
Yaqiniyning Lutfiyga bergan ta’rifidan ma’lum bo‘ladiki, u Lutfiy devoni bilan yaxshi tanish bo‘lgan, malik ul-kalom shoiming o‘mini xo- lisallioh belgilab bergan.
Qolaversa, Lutfiy she’riyatida xalq og‘zaki ijodi ta’sirida yaratilgan janrlar borki, bu janrlardan u mahorat bilan istifoda etgan. Lutfiy ijodida xalq qo‘shiqlari vaznida yozilgan muhabbatnoma janri baytlari diqqatga sazovor:
Meni og‘zing uchun shaydo qilibsen.
Menga yo‘q qayg‘uni paydo qilibsen.
Mafoiylun mafoiylun mafoiyl
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida muhabbatnoma janri ha- qida to‘xtalib, Lutfiyning ana shu baytini keltiradi va “ul hazaji musad- dasi maqsur bahridadur” deb aytadi.
Shoiming quyidagi bayt aruzvoriy degan xalq qo‘shig‘i vaznida. yozilgan:
Davlati vasl iltimosi ne hikoyattur mango,
Ulki yoding birla jon bersam kifoyattur mango.
Foilotun foilotun foilotun foilun
Navoiy yana yuqoridagi asarida Lutnyning shu baytini keltirib, “ra- mali musammani mahzuf’ vaznida ekanini aytadi (Navoiy. MAT. 13- tom, 93-b.).
Lutfiy - mutasavvuf. Lutfiydan boshqa shu taxallus bilan ijod qilgan shoirlar adabiyot tarixida bor. Shu taxallusli shoirlarning biri to'g‘risida Navoiy “Majolis un-nafois”da ma’lumot beradi. Mavlono Lutfiydan boshqalari ozarbayjon, usmonli turk, fors-tojik tillarida ijod qilganlar. “Lutfiy” taxallusli shoirlarning birontasi ham Mavlono Lutfiy darajasida she’r bitolmagan. Alisher Navoiy, Xondamir, Abdulla Kobu- liylar Lutfiy merosining asosiy qismini uning turkiy devoni tashkil etishi- ni aytganlar. Shoir devonining bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma nusxa- lari haqida turli manbalarda ma’lumotlar bcrilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar bir-biridan farqlidir.
Navoiy Mavlon Lutfiyni faqat o‘z davrining malik ul-kalomi sifa- tidagina emas, tasavvufning tariqat sulukiga mansub ulug‘ zot sifatida ham yuksak baholaydi. Jumladan, “Nasoyim ul-muhabbat”da Lutfiy haqida quyidagi ma’lumotlar bor: “Mavlono Lutfiy r.t. - tahsil ayyomida Mavlono Shahobuddin Xiyoboniy xizmatig‘a yetar erkandur va odo- bi tariqat sulukini andin kasb qilur erkandur. Agarchi shoirliq tariqida ma’ruf va mashhur bo'ldi, ammo darveshlik tariqatini taqi ilkidin bcr- madi. Bu faqir borasig‘a ko‘p iltifoti bor erdi va fotihalar o‘qur erdi va doim volida mulozamatig‘a (xizmat qilishga) va rizoe xotirig‘a targ‘ib qilur erdi. To‘qson yoshidin tajovuz qilg‘onda, Hazrat Maxdumi n.m.n. otig'a radifi “suxan” saj’ qasidae aytib erdiki, zamon xushgo‘ylari barc- ha xo!bluqqa musallam (ma’qul) tuttilar va ul hazrat dog‘i insof berdilar va oning matlai budurkim,
Do'stlaringiz bilan baham: |