Visparad. Vispirad - beshinchi dafftar, 24 bobdan iborat. Asosan, jamiki olam peshvolarini madh qiladi. Ayrim o‘rinlarda Zavt va Raspiy birgalikda olqish aytsalar, ayrim o‘rinlarda yo Zavt yoki Raspiy olam peshvolariga olqish aytadilar. Bu dafiaming umumiy mohiyati, butun olam Xudoniki degan ta’limotni ilgari surishdan iborat.
“Kichik Avesto” yoki “Xurda Avesto” oltinchi daftar deb yuritila- di. Bu daftar “Avesto”ning umumiy mundarijasini ifodalaydi va bugungi •‘Avesto”ning bo‘limlaridan biri. “Kichik Avesto” asosan, zardushtiylar- ning kunduzgi toat-ibodatlari, duo va alqovlaridan tashkil topgan. Jumla- dan, dastlabki uch alqov Axura Mazdaning Ashah - Haqiqat ekani, olam Hukmdori ekani, Haqiqat nurlari ostida eng go‘zal amallami bajaruvc- hilardan ogoh ekani haqida bo‘lib, darvishlami asrash uchun Zardushtni tanlaganini aytadi. “Belbog‘ bog‘lamoq duosi” qismida Pozand degan din irboblaridan biri Mazdaga hamdu sano aytadi va gunohlari uchun tav- ba qiladi. U Axura Mazdaga shod-xurramlik va Axrimanga mag‘lubiyat tUaydi. Axuraning hamma xohishi bajo bo‘lishini istaydi. “Avesto”ning Mosiy shioriga ishonishini bayon etadi. Bu shior quyidagilardir:
“Men ezgu andisha bilan andisha yuritganga ishonaman. Men ezgu •o'z so‘zlaganga ishonaman. Men ezgu amallining amaliga ishonaman. Men mazdoparastlik diniga ishonaman, zero u qurol ushlaganga chang •oladi va uni biryoqlik qiladi; u qon-qardoshlik robitalarini mustahkam- laydi. U shu qadar pok dindirki, hozirgi va keyingi keladigan dinlar ora- lida eng ulug‘i va eng yaxshisidir. Axuraviy, Zardushtiy din” (298-bet).
“Surush boj” duosi har kuni bomdod mahali, uyqudan turgach o‘qiladigan mashhur mazdoparastlik duolaridandir. Duoning mazmuni- Pozand gunohlari uchun tavba qiladi, mazdoparast, zardushtiy va devlar dushmani ekanini ta’kidlaydi, ilohlarga hamdu sano aytadi, Surushni ol- qishlaydi, g‘animlar adovatidan asrashni Mazda va Zardushtdan so‘raydi vah.
Umuman, “Avesto” kitobi Markaziy Osiyo xalqlari hayotining hamma tomonlarini qamrab olgan.
Savol va topshiriqlar
“Avesto”ning paydo bo‘lishiga oid omillar haqida so‘zlang.
“Avesto” haqida Beruniy qanday ma’lumotlami bergan?
Zadushtiylik ta’limotining mohiyati haqida so‘zlab bering.
“Oltun yorug‘”dagi va “Avesto”dagi Xo‘rmuzd timsolini qis- qacha qiyoslab so‘zlab bering.
“Rigveda” va “Avesto” o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari haqida so‘zlang.
Gohlaming mohiyati nimalardan iborat?
Yasnaning mohiyati haqida so‘zlab bering.
Vendidodning mohiyati nimalardan iborat?
Yashtlaming mohiyati va mazmuni nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |