G‘iyosulhaqi vaddin Boysung‘ur,
Ki so‘ziga quloq tutguvchidur dur...
Yetib el dardina ortuq biligi,
Yopib faqr egnini ochuq aligi.
Ulusni qutqarib mehnat kunidin, O‘lukni uyg'otib yarmoq uni din.
Boysung‘ur Mirzo Shohruh Mirzoning uchinchi o‘g‘li bo‘lib, ilm- lanni, ijodni qadrlaydigan odam edi. U otasi Shohruh Mirzoga vazir lavozimida xizmatda bo‘lgan yillari Xirotda kutubxona tashkil qildi. ()‘sha zamon tarixchilarining guvohlik berishicha, kutubxona qoshida o‘z davrining mashhur xattotlari, naqqoshlari, musawirlari, sahhof va zarkorlarining qirq nafari to‘planib, ilmiy va ijodiy ish olib borganlar. 1425-1426-yillari mazkur kutubxona qoshidagi kotiblar Boysung'ur Mirzoning nazorati ostida Firdavsiyning “Shohnoma” asarining qirqqa yaqin qo‘lyozmalarini soSshtirib, asaming mukammal matnini tuzgan- lar. Boysung‘ ur Mirzo aql-zakovati, ma’rifatparvarligi, hunarparvariigi va ayniqsa adabiyotga bo'lgan muhabbati bilan xalq o‘rtasida shuhrat qozondi. “Dahnoma” yozilgan yiilari Shohruh mirzo o‘g‘li Boysung‘ur mirzoni Eron Ozarbayjoniga hokim qilib tayinlagan edi. 1431-yili esa Astrobod hokimi bo‘ldi.135
Yusuf Amiriy Boysung‘ur mirzoning barcha faoliyatidan juda yaxs- hi xabardor bo‘lgani uchun ham ilm homiysi sifatida unga yuqori baho beradi. U bu asarida Boysung‘ur mirzoni ilm-fan va ulamolar homiysi sifatida ta’riflaydi, turli fanlar rivojida uning xizmatiari katta ekanini ay- tadi:
Kechib ollida yuz turluk daqoyiq (nozik ma’nolar, nozik nuqtalar, ehigalliklar),
Maorif birla anvoyi haqoyiq.
Bir hay’at riyozisidin terib gul,
Biri hikmat shifosidin berib mul (may, sharob).
Biri Uqlidis ashkolin hal etib,
Biri ko‘k jadvalinda madhal (kirish, kiradigan joy) etib,
Biri faqr ichida asrab maqomin (faqirlik yo‘lini tutib dunyodan kechib)
Biri mantiq sori eltib kalomin...
“Dahnomada hikoyat. ’’Amiriy Boysung‘ur Mirzoga bag‘ishlagan qasidasi nihoyasida, dengiz ichida xashak ko‘rinmagani singari, mening bu so‘zIarim (Boysung‘ur Mirzoni madhi qilgan so‘zlari) ham falak maj- lisi orasidagi bir ko‘knori urug‘iga o‘xshaydi (bu maqtoviarimdan ham bir necha barobar ortiq hamdu sanolarga loyiq demoqchi), deya hikoya- tini bayon qiladi. Hikoyatning mazmuni quyidagicha:
Bir arab cho‘lda bir ko‘lmakka duch kelib qolibdi. U, bu suv zam- zam suvidan ham afzal, deb, xayol qilib: ’Buni endi nima qilsam ekan, kimga olib borsam ekan”, deb, Horunga ohb borishga qaror qilibdi. U ko‘zadagi suvni ko‘targarncha, shaharga yo‘l olibdi. Arab go‘yo o'z xa- yolida, meni xuddi Xizr kabi kutib oladilar, axir, qo‘limdagi suv oddiy suv emas, hayot suvi-ku, dcgan o‘y bilan kctaveribdi. U Horunning hu- zuriga yetib kelib, qo‘lidagi suv to‘la ko‘zani beribdi. “Ey shohim, men bir arabman, sahroda yovvoyi eshaklaru kiyiklardan boshqa hamrohim yo‘q. Oyu yillar ko‘z yoshlarimni daryo-daryo qilib to‘kib, Tangridan ti- lay-tilay mana shu yomg‘ir suvini topdim. Bu suvning shirin ta’mi ta’ma og'zini yopadi. Shuni o‘zim ichmay, siz - janobi oliylariga keltirdim. Axir, siz sultonlaming sultonisiz. Endi menga bu suv tufayli obro‘ ortti- rib bersangiz”. Horun uning gapini eshitib bodgach, tabassum qilibdi va hurmatini joyiga qo‘yib bir zumda boy qilibdi. Horun xizmatkorlaridan binga:”Bu odamni olib boringlar, idishini to‘ldirib, pul beringlar”, deb amr qilibdi. O‘sha arab bilsaki, o‘sha yerdan Dajla daryosi oqib o‘tarkan. Agarda Horun unga himmat qilmaganda obro‘yi to'kilgan bo^ardi.
Agar Xorun ar-Rashid arabga, ana, yonginamizda Dajla suvi bor, deb aytganda edi, arabning mulzam bo‘lishi aniq edi. Ammo Horun nihoyatda oliyjanoblik bilan o‘sha arabning “menga obi ru qiling” de- gan iltimosini bajo qildi. Bu hikoyat tasodifan emas, balki Boysung‘ur ta’rifidan so‘ng uni Xorun ar-Rashid singari saxiy, insonparvar hukmdor sifatida ko‘rsatish uchun Yusuf Amiriy ataylab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |