Savol va topshiriqlar
Mif deb nimaga aytiladi?
Miflarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillami ayting.
Afsonaning mifdan farqli jihatlarini ayting.
Ibtidoiy jamiyatda mifning xususiyatlari nimadan iborat?
Tangri timsolining qadimgi turkiy yodgoriklaridagi vazifasini aytib bering.
Turk-budda mifologiyasi haqida qisqacha so‘zlab bering.
Umay kulti haqida ayting.
Mahmud Koshg‘ariy Umay kultini qanday tahlil qilgan?
Avesto
Reja.
“Avesto”ning paydo bo'lishi. Avesto yozuvi.
“Avesto”ning tiklangan nusxasi.
Zardusht shaxsi va zardushtiylik ta’limoti.
Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi.
Zardushtiylikning mohiyati.
“Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd va Zervon obrazlari- ning umumiyligi.
“Rigveda” va “Avesto”ning qarindoshligi masalasi.
“Avesto” qismlari. Gohlar.
“Oltun yorug‘” va “Avesto”da Abadiy zamon tushunchasi.
Yasna.
Jamshid haqidagi afsona.
Vandidod. Jamshid haqidagi afsona davomi.
Yashtlar. Axura Mazda qasidasi.
Visparad.
“Kichik Avesto”.
Tayanch so‘z va iboralar; Zardusht, zardushtiylik, “Avesto’’, fal- safy risolalar, sosoniylar sulolasi, “Avesto ’’ning parokanda qismlari, axloqiy qarashlar, qasida, madhiya.
“Avesto”ning paydo bo‘lishi. “Avesto” yozuvi. “Avesto” O‘rta Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo madaniyati tarixida muhim voqeadir.”Avesto” to‘g‘risida so‘z ketganda, albatta, Zardusht shaxsi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Zardushtning ta’limoti “Avesto”ni yuzaga keltirdi.
Zardusht “Avesto”ni qanday yaratgani to‘g‘risida turli rivoyatlar mavjud.40 Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, “Avesto” dunyo tarixida ilk muqaddas kitob hisoblanadi. Beruniy bu asar to‘g‘risida shunday deydi: “Zardusht majusiylar “Abisto” (Avesto -N.R.) deb ataydigan kitob bilan yuzaga keldi. Bu kitob barcha xalqlar tillariga muxolif bir tilda yozilgan...va hamma bilishi uchun u tildagi harflar soni hamma tillar harflaridan ortiq edi” (Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet). Beruniy bu o‘rinda “Avesto” tilidagi undoshlami anglatish uchun qo‘shimcha bel- gilami, shuningdek, qisqa unlilami bildiruvchi belgilami ham nazarda tutgan.
Beruniy Zardushtning Sharqda mashhur bo‘lganiga oid dalillami keltiradi. U yozadiki, ibroniylar Zardushtni Ilyos payg‘ambarning sho- girdlaridan biri bo‘lganiga da’vo qiladilar. Yana rumliklar, yunonlar ham Zardushtni o‘zlariga yaqinlashtirib, turli dalillami keltirganini ham yozadi.
Beruniy “Avesto”ga oid dalillami o‘rganib, bu asaming asliyati va uning tuzilishi haqida ham dalillami bayon qiladi. “Podsho Doro ibn Doro xazinasida “Abisto”ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalami vayron qilib, ularda xizmat etuvchilami o4dirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda beri “Abisto”ning beshdan uchi yo'qolib ketdi. “Abis- to” o‘ttiz nask edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo‘laklarini haftiyak deganimizday, nask “Abisto” bo'laklaridan har bir bo'lakning nomidir” {Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet).
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Zardusht qaysi o‘lkadan ekani va “Avesto”ni qayerda yozgani haqidagi bahslarga barham bermoqc- hi bo‘ldi. Zotan, Beruniygacha ham Zardusht shaxsi, zardushtiylik va “Avesto”ning yaratilishi haqida turli xalqlar orasida zid fikrlar bo‘lgan. Jumladan, ibroniylar, Zardusht Xarrondan bo‘lgan, Ilyosdan ta’lim ol- gan, u o‘zining “Tug‘ilish kitobi”da bu haqda aytgan, deb da’vo qilgan edilar. Rumliklaming da’vosicha, Zardusht Mosuldan bo‘lgan. Yunon- liklar esa Zardushtni Siblon (Seylon) dan bo‘lgan, “Avesto”ni o‘sha yer- da yozgan, deb aytadilar.
Beruniy esa “To‘g‘risi shuki, Zardusht Ozarbayjondan bo‘lgan”, deya o‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi: “Ehtimol, uning tug‘ilish haqidagi kitobida zikr qilishicha, u o‘z otasi bilan Xarronga borib, hik- matshunos Ilyosga uchragan va undan ilm istifoda etgan...” (Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-238-betlar).
“Avesto” Zardusht nomi bilan bog‘lansa-da, bu noyob asar bir davr- ning mahsuli emasligini ham ta’kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o‘tgan tajriba bo‘lib, “Avesto” ana shu tajribaning mahsullaridan biridir. Sharqda bu jarayonning namunalari kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllan- ganda, ana shu yo‘lni - asrlar yo‘lini bosib o‘tgan.
“Avesto”ning tiklangan nusxasi. “Avesto”ni Iskandar kuydirib tashlagan ekan, bugungi kundagi mavjud nusxa qanday paydo bo‘lgan degan savol tug‘iladi. Bu tiklangan nusxa Sosoniylar sulolasi hukmron- ligining ilk yillarida paydo bo‘lgan.
Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobakon o‘z saroyi- dagi Xirbadan nomli donishmandga “Avesto”ni qayta tiklash vazifasini topshitadi. Xirbadan bir qancha zardushtiy ulamolari bilan birga asami qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. Shunday qilib, hozirgi mavjud nusxa Sosoniylar sulolasi davrida shakllantirilgan. Shopur II davrida Ozarpod Mehrosin “Avesto”ning parokanda qismlarini to‘plab, asardagi ko‘plab nomlar, atamalami sharhlab, “Zand Avesto” nomli kitob yarata- di.41 “Zand Avesto”ni bu ulkan asaming sharhi va “Kichik Avesto” deb aytish mumkin. Bugungi mavjud nusxa 4278-yili ko‘chirilgan.
“Avesto”ning eng qadimiy qatlamiga ko‘ra, shunday xulosa chi- qarish mumkihki, zardushtiylik urug‘chilik jamiyatida - tabaqalashish boshlanganda va hukmron tabaqa o‘z hukmini o‘tkaza boshlaganda ya- ratilgan.
“Avesto” faqat zardushtiylik oqimining muqaddas yodgorligi bo‘lib qolmay, Markaziy Osiyo xalqlarining ijodiy qobiliyati, og‘zaki ijodi, c’tiqodi va dunyoqarashining mahsuli hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |