Chekting etganda dahr bunyodin,
Etti gunbad sipehri minodin.
Sui’ung etti bu yetti koxi ra())i’,
Najm gavharlari bila tarsiь.
Etgi kox ichra yetti farzona,
Degali hikmatingdin afsona.
Etti afsona borchasi dilband,
Ikkisi birbiriga yo’q monand.
Etti gunbad agarchi minorang
Etti afsona lek rangorang.
Sen chekib murtafi’ yeti aflok,
Munhat aylab bu tiyra markazi xok.
Etti gardun demayki yetti lagan,
Har biri ichra sham’ nur afgan21.
Alisher Navoiy tomonidan qo’llanilgan «etti qavat osmon» yoki «etti falak» tushunchasi bevosita xalqimizning mifologik tasavvurlari asosida kelib chiqqan. «Etti qat ko’k» tushunchasining kelib chiqishi va o’zbek folklorida qo’llanilishi haqida B.Sarimsoqov shunday yozadi: «Ko’pgina xalqlardagi mifologik tasavvurlar taraqqiyoti tufayli osmon ham, yer osti dunyosi ham yetti qavat tuzilishga ega, deb tasavvur qilingan»22.
Haqiqatan ham, osmonni yetti qavatdan iborat deb tushunishga asoslangan mifologik tasavvurlar turkiy xalqlar mifologiyasida juda qadim zamonlardan buyon mavjud bo’lgan. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida ham «etti qat ko’k» birikmasi qo’llanilgan. Buyuk tilshunos olim «etti» so’zining ma’nosini izohlash maqsadida shu birikmani keltirgan23.
Folklorshunos M.Jo’raev o’zbek xalq og’zaki badiiy ijodiyotida an’anaviy tarzda qo’llaniladigan «etti falak» tushunchasi aslida ajdodlarimizning uch olam Ko’k, Zamin va Yer osti dunyosi haqidagi ibtidoiy tasavvurlarining islom mifologiyasida qayta ishlangan ko’rinishlaridan biri bo’lib, yetti raqami bilan bog’liq xalq qarashlarining bevosita ta’sirida yaratijan», deb hisoblaydi4.
Y.Grimm tomonidan qo‘llanilgan «qiyosiy mifshunoslik metodi» katta hajmdagi faktik materialni ilmiy tavsiflashga imkon berdi. Bu asar faktik materialga boyligi, metodologik asosining o‘z davriga nisbatan yangiligi, mif talqiniga doir barcha ilmiy qarashlarni o‘zida mujassamlashtirganligi va german miflarining tizimiy tahliliga bag‘ishlanganligi tufayli uning muallifi Y.Grimmning ilmiy konsepsiyasi folklorshunoslikda “mifologik maktab nazariyasi”ga asos soldi, deb e’tirof etildi. Shu tariqa folklorshunoslik fani tarixida “mifologik maktab” atamasi paydo bo‘ldi.
“Mifologik maktab” jahonning ko‘pgina mamlakatlari folklorshunosligida keng ko‘lamda rivojlandi. Bu borada, ayniqsa, Germaniya (A.Kun, V.Shvars, V.Manxardt), Angliya (M.Myuller, J.Koks), Italiya (A.De.Gubernatis), Fransiya (M.Breal), Shveysariya (A.Pikte), Rossiya (A.N.Afanasev, F.I.Buslayev, O.F.Miller), Amerika (E.Chembers, G.Marrey, J.Xarrison, J.Ueston, F.Kornford)da olib borilgan ilmiy tadqotlar “mifologik maktab” nazariyasini takomillashtirishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
O‘zbek folklorshunosligida ham miflarni tadqiq etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, mifologiyaning o‘zbek xalq dostonlari syujet qurilishi va obrazlar silsilasida tutgan o‘rni G‘.Akramov tomonidan chuqur tadqiq etildi. Uning “O‘zbek xalq dostonlarida mifologiya” (1980) mavzuidagi yirik tadqiqoti mif va epos munosabati masalasini “Go‘ro‘g‘li” turkumiga mansub dostonlardagi mifologik obrazlar tahlili misolida o‘rganishning ajoyib namunasi hisoblanadi. Ertak va dostonlarda mifologiyaning saqlanib qolishi dostonlarning qadimiyligi hamda xalq tasavvurida mifologik tushunchalarning yashovchanligi bilan belgilanishini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab bergan tadqiqotchi totemistik, animistik va manistik (ajdodlar homiyligi to‘g‘risidagi) mifologiyaning o‘zbek folkloridagi talqinlarini keng ko‘lamda o‘rgandi. G‘.Akramovning “Animatik mifologiya” (1977), “Manistik mifologiya” (1979), “Go‘ro‘g‘li” turkumida mifologik obrazlar” (1978), “Mifologiyaning ayrim epik janrlar bilan o‘zaro munosabati” (1981), “Mif va yozma adabiyot munosabatiga doir” (1996) kabi asarlaridagi tahliliy mulohazalar va xulosalar o‘zbek xalq eposi o‘zining ko‘p asrlik badiiy-estetik taraqqiyoti davomida mifologiyadan oziqlangani holda, uning inkori sifatida yuzaga kelganligini isbotlab berganligi bilan folklorshunoslik tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda: Xalqimizning samo jismlari bilan bog’liq samoviy qarashlari, ayniqsa, asotiriy timsol va tushunchalar “Zamonaviy romanchilik” uchun ham syujet va kompozitsion qurilishini belgilovchi strukturual semantik mezon vazifasini bajargan. Mifologiya va mifologik obrazlar qadimiy tushuncha bo’lib fanda u haqida fikr yuritganda qadimiy sivilizatsiyalar, sharq va g’arb falsafasi, shoir va mumtoz adabiyot vakillarining madaniy-ma’rifiy merosi asosiy manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |