I BOB. TIL TIZIMIDA OBRAZLILIKNI IFODALOVCHI UNSURLAR
O‘zbek tilshunosligida obrazlilikni ifodalovchi lisoniy birliklar tadqiqi.
Ushbu mavzu haqida gapirilganda avvalo mustaqillik davridagi tilga bo’lgan etibor va bu sohada erishilgan alohida yutuqlarni etirof etish joiz. XX asrning 90-yillaridan boshlab milliy an’analarni, milliy madaniyatni tiklash,milliy til obro’-e’tiborini kuchaytirish muammolari ko’tarila boshlandi.
1989 yilning 21 oktabrida o’zbek tilining O’zbekistn Respublikasi Davlat tili sifatida rasmiy e’lon qilinishi o’sha davr uchun katta tarixiy voqea bo’ldi. Ana shu Qonunning chiqishi tilimizning rus tili ta’siri doirasida siqilib, faqat ko’cha-ko’yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib qolish xavfiga chek qo’ydi.
O’zbek tili oliy darajadagi davlat anjumanlarida qo’llanadigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Mustaqillikdan so’ng mavjud Qonunni isloh qilish zaruriyati tug`ildi. 1995 yil 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning ahamiyati shundaki, bunda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi o’rni hisobga olindi. Qonunning 23-moddasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma matnlari davlat tilida yozilishi ta’kidlandi. Bu modda o’zbek tilining jahon miqyosida rasmiy davlat tili sifatida nufuzining ko’tarilishini ta’minladi.
O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu respublika hududida boshqa tillarning faoliyat ko’tarishiga, rivojlanishiga, O’zbekistonda yashovchi barcha millatlarva elatlarning o’z ona tillarida aloqa qilishlariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), noshirlik, pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio eshittirishlar faoliyat ko’rsatishlari kafolatlangan. Boshqa millat va elatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (4-modda) ta’kidlanadi.
Dalat tili haqidagi Qonun qabul qilinayotgan paytda vaqtli matbuotda bir qator baynalminal atamalarni tilimizdan chiqarish, uni arab yoki fors-tojik tilidagi muqobili bilan almashtirish tendensiyasi kuchaydi. Masalan, radio o’rniga ovoznigor, samolyot o’rniga tayyora, institut o’rniga oliygoh, rayon o’rniga nohiya va boshqalar. Atamalarni almashtirish shu darajaga yetdiki, hatto mutaxassislarning o’zlari ham yangi qo’llanilayotgan atamalarni qaysi tushuncha uchun ishlatilayotganligini izohlashga qiynalib qoldi1.
Ana shunday sharoitda atamalarni tartibga solish ehtiyoji tug`ildi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Yangi tavsiya etilayotgan atamalar atamaqo’m tasdig`idan o’tgandan so’nggina hayotga yo’llanma oladigan bo’ldi. O’zbek tilining yangi atamalar bilan boyib borish yo’li yangi tahrirdagi Qonunda aniq ifodasini topdi. 7-moddasida yangi atamalar jamoatchilik muhokamasidan o’tgandan keyin va Oliy Majlisning tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etilishi belgilandi.
Yangi tahrirdagi Qonunnirng yana bir muhim tomoni shundaki, moddalar soni qisqartirlgan. Oldingisi 30 moddadan iborat bo’lgan bo’lsa, yangi tahrirdagi Qonunda ayrim o’z kuchini yo’qotgan moddalar chiqarib tashlangan.
Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining oliy darajadagi anjumanlari davlat tilida olib borilyapti.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tub burilish davri boshlandi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga mehr-muhabbat bilan yondoshish, ularni jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini xolisona baholash imkoni tug`ildi. Shunday sharoitda tilshunoslik fanida ham tilimizning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur va ob’ektiv yoritish, sorbiq sho’rolar davrida fan metodologiyasiga aylangan va ob’ektga bir tomonlama yondashuvchi marksistik ta’limot zanjiridan qutulish va olamni bilishga bag`ishlangan dunyoning eng yaxshi falsafiy ta’limotlaridan, birinchi navbatda, Sharq falsafiy ta’limotidan foydalanish harakati boshlandi.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq tilning burcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi.
O’zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida o’rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (integral) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A.Nurmonovning “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (Т.,1992), A.Azizovning “O’zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi” (Т., 1994) asarlari maydonga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bo’lishi o’rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga oldindi.
Leksikologiya sohasida ham bir qator yutuqlar qo’lga kiritildi. Chunonchi, E.Begmatovning “O’zbek ismlari”, H.Ne’matov., R.Rasulovlarning “O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi o’zbek tilshunoslikda emas, balki turkiyshunoslikda ham katta voqea bo’ldi.
O’zbek tili morfologiyasiga ham sistemaviylik tamoyillari dadil olib kirildi. Grammatik shakl va grammatik kategoriyalar o’rtasida munosabat, grammatik shaklning o’ziga xos ifodalanish yo’llari, grammatik kategoriyalarning til tizimidagi o’rni kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganila boshlandi.
J.Eltazarovning “So’z turkumlari haqidagi nazariyalar” (1996), Sh.Shahobiddinovaning “O’zbek tili morfologiyasi umumiylik-xususiylik dialektikasi talqinida” (2000), mualliflar guruhining “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya” (2001) asarlari yaratildi.
O’zbek tili sintaksisini sistemaviy o’rganishga jiddiy e’tibor berildi. Jumladan, N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (Т., 1992), “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis” (Т.,1995), S.Mahammatqulovning “O’zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Т.,1998) yaratildi.
Mustaqillik sharoitida o’zbek tilining qo’llanilish doirasi g`oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N.Mahmudovning “Тil va jamiyat”, “Тil”, “So’zimiz va o’zimiz”, “Ma’rifat manzillari” kabi qator kitoblarining nashr etilishi o’zbek sotsiolingvistikasini yangi pog`onaga olib chiqdi.
Mustaqillik davrida rasmiy ish uslubining shakllanishi va rivojlanishiga ham alohida ahamiyat berildi. N.Mahmudov, N.Mahkamov, A.Madvaliyevlar tomonidan “O’zbek tilida ish yuritish” kitobining nashr etilishi bu muammoning ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Badiiy uslubni ifodalovchi lisoniy birliklar maslasida o’zbek tilshunosligi boy va konstruktiv tuzilishha ega. Albatta buni zabardast adiblarning ijosi misolida alohida tahlil qilish mumkin. Avvalo lisoniy birliklar sistematikasiga nazar solsak:
Sistemaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan har qanday lisoniy belgi ikki xil xususiyatga ega. Ularning birinchisi mutlaq xususiyat bo’lib, sistemaga kirgunga qadar ham lisoniy birlikda mavjud bo’ladi. Bu xususiyatlar bevosita ko’zatish bosqichida shu belgining o’ziga mansub fizik-fiziologik xossasida ko’rinib turadi.
Lisoniy belgining ikkinchi xususiyati esa faqat sistemada bir lisoniy belgining ikkinchi lisoniy belgiga munosabati orqali aniqlanadi. Predmet o’zining xususiyatlaridan tashqarida mavjud bo’lmaganideq uning xususiyati ham bu predmetning boshqa predmet bilan munosabatidan tashqarida yashay olmaydi. Masalan, Erning tortish quvvati shu predmetning o’ziga xos xususiyati. Lekin bu predmetning tortishi uchun boshqa predmet bo’lmasa, uniig tortish xususiyati «yashirin» ligicha qolaveradi.
Shu bilan birgalikda. lisoniy birliklarning shunday belgilari borki, bunday belgilar sistema uchun ahamiyatli bo’lmaydi. Lisoniy birlik belgilarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) sistema hosil qiluvchi belgilar;
2) sistemada hosil bo’luvchi belgilar;
3) sistemaga betaraf belgilar.
An'anaviy tilshunoslik lisoniy belgining mutlaq xususiyatlarini tan olgan holda, nisbiy xususiyatini nazardan soqit qiladi. Lisoniy birliklarning faqat mutlaq xususiyatgagina emas, balki nisbiy xususiyatga ham ega bo’lishining tan olinishi hozirgi tilshunoslikning katta yutugidir. Xuddi shu masala asosida hozirgi tilshunoslik an'anaviy tilshunoslikdan farq qiladi. Masalan, tovushning fizik xususiyati bilan birga fonologik munosabati ham mavjud. Turli fonologik sistemaga ega bo’lgan tillarda moddiy bir xil bo’lgan tovush turli nisbiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin: o’zbek tilida k va x tovushlari bir xil jarangsizlik belgisiga ega. Bu ularning fonologik tizimga kirguncha bo’lgan, sistemaga aloqasi bo’lmagan mutlaq xususiyatidir. Lekin jarangsizlik belgisining fonologik qimmatga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi bilan “k-x” bir-biridan farqlanadi. «K» ning jarangsizlik belgisi farqlovchi. Chunki shu belgisi bilan «g» dan farqlanadi. «x> ning jarangsizlik belgisi esa farqlovchi emas. Chunki uning bu belgiga ko’ra qarama-qarshi qo’yiladigan jarangli ziddi yo’q.
Dialektikada umumiy va xususiy, tasavvufda kull va juzv o’ta muhim kategoriya va tushunchalar bo’lib, ularni chuqur va atroflicha o’zlashtirmay turib falsafa va tasavvuf mohiyatini, bilish nazariyasini, narsa-hodisalarning tahlil mohiyatlarini tushunish mumkin emas.
Biz ko’ra oladigan, seza oladigan, kuzata oladigan har bir narsa, voqea-hodisa, belgi va xususiyat xususiylikdir.
Xususiylikning uch asosiy belgisi ajratiladi:
I. Xususiylikning moddiyligi va bevosita ko’zatish; fahmda berilganligi.
2. Xususiylikning alohida va takrorlanmasligi.
3. Xususiyliklarning cheklanmaganligi va behisobligi.
Tushunarli bo’lishi uchun, xususiylikning bu belgilarini «daraxt» misolida ko’rib chiqamiz. Xususiy «daraxt» (XD) bu ko’z oldimizda, ma'lum bir joyda, ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir shaklda va ko’rinishda, ma'lum bir taraqqiyot bosqihida turgan alohida bir narsa, o’simlik. Biz daraxtni ko’ra olamiz, paypaslay olamiz, kerak bo’lsa, uzunligini, yo’g’onligini, tana va shoxlar miqlorini, hatto undagi barg va gullar sonini hisoblay olamiz. Bu daraxt moddiy shaklga ega, ya'ni muayyan moddalardan ildizni, tanani, po’stloqni, shox-shabbalarni hosil qiluvchi organik va noorganik birikmalardan iboratdir. Daraxtning moddiyligi ham mana shu moddalardan tuzilganligidadir. Shu moddiyliklar bo’lmasa, XD ham bo’lmaydi. XD uyimiz hovlisida, institut bog’ida o’sib turibdi, uni ko’zatishimiz uchun hech qanday to’sqinlik yo’q.
Har bir XD takrorlanmas va alohidadir. Hovlingizda ikkita, olma daraxti o’sadi, deylik. Bu daraxtlar bir yilda ekilgan bo’lsa, ularni bir xil deb bo’ladimi? Yo’q! Chunki ular ikkita daraxt, ikkita alohidalikdir. Axir bir daraxtni kessangiz, ikkinchisi kesilmaydi-ku. Har bir xususiylik o’z holida yakkaligida bo’la. olishi, yashay olishi har bir xususiylikning alohidalik belgisini tashkil qiladi. Hovlingizdagi ikkita daraxt nafaqat ikkita alohidalik balki takrorlanmasdir ham. «Men kitob o’qiyapman» gapi ikki marta takrorlansa, ikki xususiylik voqelangan bo’ladi. Bu gaplar birin-ketin takrorlangan bo’lsa ham, ularning biri ikkinchisidan hech bo’lmaganda zamonda farq qiladi.
Umumiylikdagi belgilar, xususiyatlar, albatta, o’zaro bog’liq bo’lishi kerak va bir butunlikni tashkil etishi kerak.
Umumiliklar xususiyliklardagi juz’iy, mayda-chuyda belgilarni o’z ichiga olmaydi. U yorqin xususiyatlarnigina qamrab oladi, shuning uchun umumiyliklarni ilg’ay olish qobiliyati insonda juda erta, fikrni bayon eta olish ko’nikmasidan avvalroq shakllana boshlaydi va mana shu umumiyliklarning ongda shakllana boshlashi so’z ehtiyojini tug’diradi.
Umumiylik juz’iyliklardan holi bo’lganligi, oigimizda, miyamizda, tafakkurimizda ramz sifatida. mavjudligi uchun umumiyliklarda aks ettirilgan xususiyatlarga ega bo’lgan chek-siz miqdordagi xususiyliklarni birlashtiradi, umumlashtira oladi. Xususiylikka moddiylik alohidalik va behisoblik xos bo’lsa, umumiylikka xos sifatlar quyidagilardir:
I.. Ongda tarx, ramz sifatida mavjudligi va bevosita kuzatishda berilmaganligi.
II.. Cheklanmagan miqdorda xususiyliklarda takrorlanib turishi, makon va zamondan nisbatan holi bo’lishi.
III. Umumiyliklarning nisbatan chegaralanganligi.
Umumiylikning bu xususiyatlarini sharxlaymiz. Birinchi xususiyat. Umumiylik moddiylikdan xoli. Uni ko’rish, sezish, ulchash, tasvirlash imkoni yo’q. U faqat tafakkur va taxayyul etiladi. Umumiylik moddiylikka ega bo’lmasada, moddiylik hasida tasavvur uning tarkibida mavjuddir. Chunonchi, umumiy daraxtda yog’och, po’stloq, shox, barg moddalari, turlari, ko’rinishlari mavjud emas, lekin unda UDning tarkibiy qismi bo’lgan tana, shox, barg va hosillarning muayyan moddalardan iborat bo’lishi haqida tasavvur mujassamlangandir.
Chunonchi, «qalam» desak bu umumiyatda yogoch qoplamaga ega bo’lgan, 8-25 sm. uzunlikdagi, o’rtasida grafit (qoratosh) o’rnatilgan yozuv quroli nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, «qalam» umumiyligi bu yo’nib, ichidagi qoratoshini chiqarib yozish, chizishga mo’ljallangan qurol. Bu umumiylikda na qalamni rangi, na yog’ochining, toshining qattiq yumshoqligi aks etmagan, lekin qalam umumiyligida shu moddiyliklarning mavjudligining sharti yashiringandir. Shuning uchun umumiylshshi moddiylikdan tamoman sodit etilgan deb bo’lmaydi.
Moddiylik haqida tasavvur umumiylikning zamirida va uning bir butunligini ta'minlovchi omildir.
Ikkinchi xususiyati. Umumiylik ong, tafakkurdagi ruhiy bir hodisa bo’lganligi sababli u xususiyliklarda voqelanadi. Xususiyliklar behisob bo’lganligi sababli umumiylik zarrasi har bir xususiylikka takrorlanib tushadi. Bir qarashda umumiylik xususiylikdan yo’qolgandek tuyuladi. Zohiran bu shunday. Chunonchi, umumiy daraxt ta'rifi bilan xususiy bir daraxt tavsifini qiyoslaylik.
Daraxt — tanasidan shoxlanuvchi yirik o’simlik. Bog’imizdagi olti yoshli shu sermeva gilosning mana bu shoxiga olmani payvand qildik.
Uchinchi xususiyat. Umumiyliklar nisbatan miqdoran chegaralangandir. Chunonchi, er yuzidagi o’simlshslarning xususiy ko’rinishlarini sanab sanog’iga etolmaymiz. Sanashning foydasi ham yo’q. Chunki bugun yulingan maysa o’rnidan erta yangisi unib chiqadi. Lekin o’simlik dunyosining umumiyliklari o’ta chegaralangan. O’simlik dunyosi asosan uch umumiylikda birlashadi: daraxt, buta, o’t.
Umumiylik-xususiylik munosabatlarini yakunlar ekanmiz, aytish joizki, umumiylik va xususiylik bir-biriga zid narsalar emas Ularning bir-birini inkori dialektik nisbiydir: xususiylikdan moddiy, shakliy, davriy, makoniy muayyanlik chetlashtirilsa, u umumiylikka ayalanadi va aksincha umumiylikning moddiy, shakliy, davriy, makoniy voqelanishi xususiylikdir.
Invariant va variant.
Lisoniy birliklarda namoyon bo’lgan umumiylik-xususiylik zidlanishini ifodalash uchun tilshunoslikda ko’proq invariant va variant atamalaridan foydalaniladi.
Invariant va variant tushunchalari lisoniy birliklarning tuzilish (ontologik) mohiyatini, demakki, tilning tuzilish tabiatini tavsiflashda eng muhim ahamiyatga egadir.
Har qanday umumiylik xususiyliklar orqali namoyon bo’lganidek har qanday invariant variantlar orqali moddiylashadi.
Invariant ijtimoiy-ruhiy, til egalarining hammasi uchun umumiy-majburiy bo’lgan moqiyat-imkoniyatdir. U bevosita ko’zatish bosqichida, nutq jarayohida variantlar orqali namoyon bo’ladi. Nimaniki talaffuz qilsak, qulog’imiz bilan eshitsak qo’limiz bilan yozib, ko’zimiz bilan o’qisak bular invariantlar sanaladi.
Variantlar sinfga xos umumiy belgilarni va o’ziga xos farqlovchi belgilarni o’zida mujassam etadi. Umumiy belgi har bir variantni ma'lum umumiylikka-sinfga birlashtiradi farqlovchi belgilar esa bu variantni sinf tarkibidagi «boshqa variantdan ajratishga yordam beradi.
Til sistemasi va uning bevosita yuzaga Chiqshida, ya'ni sistema-funktsiya munosabatida namoyon bo’ladigan umumiylik-xususiylik dialektikasi tilshunoslikda til-nutq zidlanishi orqali ifodalanadi. Shunga ko’ra, tilshunoslikda «emik» va «etik» birliklar bir-biriga zidlanadi. Umumiylik imkoniyat, moddiyatni bildiruvchi ijtimoiy-ruhiy, majburiy birliklar til birliklari sanaladi va bu birliklar «ema» elementa bilan tugaydigan atamalar bilan nomlanadi: fonema, morfema, leksema, sintaksema va boshqalar. Xususiylik voqelik va hodisani bildiruvchi bevosita moddiy voqelangan birliklar «etik» birliklar hisoblanadi. Bu birliklar «ema» bilan tugagan atamaning ema qismini olib tashlash (masalan, fon, morf, leke, sintaks) bu «ema» qismi olib tashlangan qism oldidan «allo» elementini qo’shish (masalan, allofon, allomorf, alloleks kabi) yoki «ema» bilan tugagan atama oxiriga variant so’zini qo’shish (fonema varianti, morfema varianti, leksema varianti) orqali ifodalanadi. «Ema» elementini olgan birliklar til birliklari, qolganlari esa nutq birliklari sanaladi.
Avvalo ta’kidlash kerakki, badiiy asar tili va badiiy ifodaning lisoniy komponentlarini о‘rganishda keng tarqalgan ikki asosiy yо‘nalishni kuzatish mumkin. Bu ikki yо‘nalishni X. Doniyorov va S. Mirzayevlar «Sо‘z san’ati» deb nomlangan kitoblarida quyidagicha ta’riflaganlar: «Tildagi о‘sish-о‘zgarishlarni о‘rganishni о‘z oldiga vazifa qilib qо‘yadigan aspekt – lingvistik aspekt, yozuvchining umumxalq tiliga bо‘lgan munosabati, til boyliklaridan foydalanishi, yozuvchi mahorati, stili haqida xulosa chiqaruvchi aspekt – stilistik aspekt».4
Tilning muayyan tarixiy davrdagi holati, ayni holatga xos bо‘lgan xususiyatlar, leksik, fonetik va grammatik о‘zgachaliklar, tilning hozirgi holati bilan umumiy va farqli jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida о‘sha davrga oid adabiy-badiiy asarlarning tili о‘rganilishi mumkin. Bunda badiiy asarlar, yozma yodgorliklar tili ayni maqsaddagi tadqiqot uchun faqat material bо‘lib xizmat qiladi. Til tarixini tasvirlash va tadqiq etishda bu yо‘l eng qadimgi va mustahkam lingvistik an’ana sifatida yashab kelmoqda. О‘zbek tilshunosligida bu yо‘nalishda juda kо‘p tadqiqotlar yaratilgan. Ana shunday bir qator ishlar orasida taniqli tilshunos olimlar A.Rustamov, G‘.Abdurahmonov, F.Abdullayev, X.Doniyorov, B.Bafoyev, F.Ishoqov, B.Turdialiyev, T.Jumayev5 va boshqalarning kо‘plab ishlarini kо‘rsatish mumkin.
Badiiy asar tilini «stilistik aspekt»da о‘rganishning asosiy maqsadi esa bundan farq qiladi, albatta. Bu о‘rinda masala tilning turli vazifalarga egaligiga borib taqaladi. О‘z ilmiy ijodining asosiy qismini badiiy asar tilini о‘rganishga bag‘ishlagan G.O.Vinokur tilshunoslikda ancha eskidan tilning kommunikativ va ekspressiv vazifalari farqlana boshlaganini ta’kidlar ekan, fikrining dalili sifatida olmon tilshunosi fon der Gabelensning 1891 yilda nashr etilgan kitobidagi quyidagi qarashini keltiradi: «Til fikrning bо‘laklarga bо‘lingan holdagi ifodasi, fikr esa tushunchalarning bog‘lanishidir. Lekin inson tili faqat bog‘lanayotgan tushunchalar va ularning mantiqiy munosabatlarinigina emas, balki sо‘zlovchining о‘z fikriga munosabatini ham ifodalashni istaydi; men faqat nimanidir aytishnigina emas, balki о‘zimni ham ifodalashni xohlayman va shu tarzda mantiqiy omilga uni har jihatdan tо‘yintirgan holda psixologik omil qо‘shiladi».6 Tilshunoslikka oid zamonaviy adabiyotlarda tilning, asosan, tо‘rt-besh vazifasi qayd etiladi. Masalan, V.A.Avrorin tilning kommunikativ (aloqa quroli, vositasi), ekspressiv (fikrlarni ifodalash), konstruktiv (fikrlarni shakllantirish), akkumulyativ (ijtimoiy tajriba va bilimlarni tо‘plash, saqlash) vazifalarini farqlash lozimligini ta’kidlaydi.7
Badiiy asar tilini tilning aynan estetik vazifasining namoyon bо‘lishi tarzida о‘rganuvchi sohani «lingvistik poetika» - «lingvopoetika» deb nomlash filologiya ilmida ancha turg‘unlashgan hamda «lingvistik poetika»ning filologik ilmlar tizimida alohida mustaqil fan sifatidagi о‘rnini aniqlashtirishga bag‘ishlangan kо‘plab tadqiqotlar yaratilgan. Ana shu ma’noda badiiy asar tilini «stilistik aspekt»da о‘rganishni «badiiy asar tilini lingvopoetik jihatdan о‘rganish» tarzida nomlash va talqin etish maqsadga muvofiq. Shu о‘rinda lingvopoetika bо‘yicha jiddiy izlanishlar olib borgan V.P.Grigoryev tavsiya qilgan bir chizmani havola qilishni lozim topdik. Bunda YA – tilshunoslik (yazikoznaniye), L – adabiyotshunoslik (literaturovedeniye), YAK – lisoniy tanqid (yazikovaya kritika), LK – adabiy tanqid (literaturnaya kritika), LP – lingvistik poetika, SV – she’rshunoslik (stixovedeniye).8
YA L
Do'stlaringiz bilan baham: |