Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi jadid adabiyoti tarixi fanidan oʻquv- uslubiy majmua


MUSTAQIL TA’LIM MASHGʻULOTLARI ..........................198-199



Download 472,42 Kb.
bet3/82
Sana31.12.2021
Hajmi472,42 Kb.
#206339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Мажмуа Жадид адабиёти тарихи 2 tekshirilgan 2

MUSTAQIL TA’LIM MASHGʻULOTLARI ..........................198-199

GLOSSARIY ...............................................................................200-210

ILOVALAR .................................................................................203-222

MA’RUZA MATNLARI



1-mavzu:O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillari.

REJA:

1.Ijtimoiy-siyosiy omillar. Davr voqeligining adabiyotda aks etishi.



2.Muammoning adabiyotshunoslikda o‘rganilishi: natijalar, vazifalar.

3.Adabiy-estetik omillar. Davr adabiyotining xos xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari.

4.Yechimini kutayotgan ilmiy-nazariy muammolar.
Tayanch so‘z va iboralar:jadidchilik,usuli jadid, modern, jadid adabiyoti, ma’rifatparvarlik, vaqtli matbuot.
XIX asr oxiri XX asrning birinchi choragida jahon ma’naviy-madaniy hayoti, ilm-fani va adabiy tafakkurida paydo bulgan yangiliklar SHarq mamlakatlari, xususan Turkistonga ham yetib keldi. Xalqimiz tarixida milliy uyg‘onish va o‘zlikni anglash – jadidchilik harakati boshlandi. Ma’lumki, jadid - arabcha “yangi”degan ma’noni anglatib, “jadidchilik” Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkaz, Volga bo‘yi hududlarida shakllangan, yangi zamonaviy maktab, matbaa va demokratik taraqqiyotning ilg‘or usul hamda yo‘llarini yoqlab chiqqan ijtimoiy-ma’rifiy harakatdir.

Munis, Ogahiy, Nodira, Ahmad Donish, Turdi (Farog‘iy), Mahmur, Furqat, Muqimiy kabi ijodkorlar mansub bo‘lgan avlod qarashlari o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra ma’rifatparvarlik tamoyillariga tayangan edi. Faqat ma’rifat emas, balki jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish, mavjud tartiblarni o‘zgartirish yo‘lidan borgan jadidchilik ma’rifatparvarlikdan farq qiluvchi tamomila yangi bir bosqich bo‘ldi. Mazkur harakatni shakllantirishda ko‘plab mamlakatlarning ziyolilari faol qatnashishgan. Uning asosiy maqsadi jamiyatni o‘rta asrchilik illatlari, madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmi-yu xurofotdan ozod qilish, milliy davlatchilik asoslarini bunyod etishdan iborat edi. Turkistondagi jadidchilik harakatiga Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Pahlavon Niyoz Hoji (Polyozhoji), Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda, Abdulla Qodiriy, “Yosh buxoroliklar”, “Yosh xivaliklar” tashkiloti rahbarlari boshchilik qilishgan. Jadidchilik harakati rivojida quyidagi uchta bosqich bir-biridan farqlanadi:

1. Harakatning paydo bo‘lishidan birinchi jahon urushigacha bo‘lgan davr. Mazkur davr ko‘plab maktablar ochish, savodxonlikni oshirish, matbaachilik va noshirlikni yo‘lga qo‘yish, ilm-fan, adabiyot, madaniyat, maorifni yangi asosga ko‘chirishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Munavvarqori va Avloniy (Toshkent); A.Munzim, S.Aziziy, A.Shakuriy, Mulla Qilich (Samarqand); Jo‘raboy Maxsum (Buxoro); Hamza (Qo‘qon); So‘fizoda, Ibrat (Namangan) kabi ko‘plab olim-u fozillar faoliyatini ko‘rsatish mumkin.

2. Birinchi jahon urushidan 1917-yil oktyabrigacha bo‘lgan davr.
Jahon urushi Rossiya imperiyasidagi ahvolni g‘oyatda murakkablashtirib yubordi. Natijada uning hududida siyosiy harakatlar kuchayib ketdi. Bu davrda jadidchilik ijtimoiy - siyosiy g‘oyalari asosida siyosiy partiyalar tuzildi.

3. 1917-yilning oktyabridan Turkiston Muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan zo‘ravonlik bilan yo‘q qilinishigacha bo‘lgan davr. Muxtoriyat rahbarlari, uni e’lon qilishda ishtirok etgan yoki unga xayrixoh bo‘lgan kishilarning badarg‘a va quvgin qilinib, qatag‘onga uchrashi bilan xarakterlanadi.

XX asrning 60-yillariga kelibgina jadidchilik harakatining ayrim namoyondalari adabiy doiralarda tilga olina boshlagan bo‘lsa-da, ularga nisbatan umumiy ta’qiqlar olib tashlanmadi. Qayta qurish va oshkoralik davrida boshlangan ijobiy harakatlar mustaqillik yillarida tub o‘zgarishlar qilish uchun yaratilgan imkoniyatlar tufayli o‘zining oliy bosqichiga ko‘tarildi. Jadidchilik ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida e’tirof etilib, uning milliy ozodlik yo‘lidagi xizmatlari xolis bahosini oldi. Jadid adabiyoti esa milliy madaniyatimizning qonuniy merosxo‘ri va tarkibiy qismi sifatida baholanib, uni nashr qilish ishlariga keng yo‘l ochildi. Zotan, mustaqillik xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan, jadidlar intilgan, istiqlol g‘oyalarining amaliy natijasi edi.

XX asr adabiyoti insoniyat yaxlit badiiy tafakkuri taraqqiyotining muhim bosqichlaridan biridir. Uning poydevori XIX asrning oxirlarida qo‘yilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Muhammadsharif So‘fizoda, Hamza Hakimzoda Niyoziy singari o‘nlab adabiyot namoyondalari ma’rifatparvarlik yo‘nalishidagi klassik adabiyot an’analarini davom qildirib, yangi adabiyotga debocha boshlab berdilar.



Barcha Sharq xalqlari adabiyotida keyingi 100-150 yil ichida “modern”deb atalgan jarayon sodir bo‘ldi. Turlicha adabiy oqimlarning izlanishlari XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida ham kuzatildi. Agar e’tibor berilsa, yangi o‘zbek adabiyotining tug‘ilishi, shakllanishi, rivoji bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum: (1. Rus Chorizmi istibdodi 2. Sho‘ro hokimiyati.3. Mustaqillik) davrida kechgani shuningdek, xilma-xil siyosiy-mafkuraviy oqimlar: (1. Jadidchilik. 2. Bolshevizm. 3. Milliy istiqlol mafkurasi) ta’sirida taraqqiy etganligi yaqqol ko‘rinadi. Bu adabiyotning rivojlanish jarayoninini davrning etakchi xususiyatlaridan ajratish mumkin emas.

Yangi adabiyotning milliy ildizlari nihoyatda teran bo‘lib, Muqimiy, Furqat, Ibrat, Komil, Bayoniy, Tabibiy, Avaz kabi el-yurt taqdiri haqida qayg‘uruvchi, tor biqiqlikdan chiqa olgan, xalq baxti va saodatini jahon taraqqiyoti bilan aloqadorlikda, ma’rifatda deb biluvchi ilgor ma’rifatparvar kuchlar yetishib chiqqan edi. Albatta, yangi adabiyotning, adabiy-badiiy tafakkurning shakllanishida usmonli turk, turkiyzabon (qrimtatar, tatar, boshqird, ozarbayjon) ziyolilarning ham muayyan darajada ta’siri bo‘lganligini e’tirof etmoq lozim. Shuningdek, R.Thakur, (hind), Jo‘rji Zaydon (arab), Abay (qozoq), Ahmad Donish (fors-tojik), Ismoilbek Gasprali (qrimtatar) singari adabiyotlarning yangicha yo‘nalishdagi namoyondalari ijodi ham o‘zbek jadid adabiyotining tug‘ilishi va rivojida muhim rol o‘ynagan. Mazkur qatorda rus va Yevropa realistik adabiyotining ta’sirini ham alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

XX asr yangi o‘zbek adabiyotida jahon modern adabiyoti bilan mushtarak jihatlarning mavjudligi uning milliy o‘ziga xosligini inkor qilmaydi, albatta. Bu adabiyotdagi izlanishlar: ma’rifatchilik, oshkora targ‘ibotchilik, hatto tarafkashlik ruhida boshlangan edi. Shunisi quvonchliki, yangicha yo‘nalishdagi izlanishlar tezkorlik bilan yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Bu hol yuksak estetik mezonlarga javob bera oladigan to‘laqonli asarlarning paydo bo‘lganligida yaqqol kuzatiladi. Har qanday murakkab sharoitda, turli qiyinchiliklarga uchraganliklariga qaramay, yangi o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondalari asarlari jahon miqyosida e’tirof qilindi.

Imlo qoidalarining yetarlicha takomillashmaganligi tufayli XX asr boshlarida yaratilgan asarlar matnini bugungi kitobxonga yetkazishda ayrim murakkabliklar ham yuzaga keldi. Chunki, o‘z davrida bu adabiyot namunalari arab, lotin va rus (kirill) kabi uch xil yozuvda bitilgan va chop etilgan. Mazkur davr adabiyoti tarixi mustaqillikdan keyin keng ko‘lamda atroflicha o‘rganila boshlandi. Uning taraqqiyotini davrlashtirishda hali yagona to‘xtamga kelganicha yo‘q.



O‘zbek mumtoz yozma adabiyotida uzoq yillar davomida poeziya yetakchilik qilgan bo‘lsa-da, adabiyotimiz xazinasida Yusuf Amiriyning “Chog‘ir va Bang” munozarasi, Yaqiniyning “O‘q va yoy” munozarasi, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Xamsat-ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Vaqfiya”, “Munshaot”, “Muhokamat ul-lugatayn”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Poshshoxo‘janing “Muftoh-ul adl”va “Gulzor”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Hakimxon to‘ra Ma’sumxon to‘ra o‘g‘lining “Muntaxab ut-tavorix” tarixiy badiiy memuari singari ko‘plab bebaho nasriy merosimiz mavjud. Jumladan, “Boburnoma” tarixiy-badiiy memuar asarida syujet, kompozitsiya, konflikt, epiklik, peyzaj va portret tasvirlarida tarixiy va badiiy haqiqat uyg‘unlashadi. Demak, asarda tarixiy hayotning badiiy tarixi epik ko‘lamdorlikda ifodalangan. Ko‘plab xalq qissa va masallarida ham badiiy nasrning hikoyalash uslubi takomillashib bordi.

Shakl va mazmun birligi nuqtayi nazaridan qaralganda, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lugotit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgu bilik”, Alisher Navoiyning “Xamsa”kabi shoh asarlari nasr vazifasini ham bajargan. E.E.Bertels, N.Z.Yo‘ldoshev, L.P.Qayumov, S.Mirvaliyev singari olimlarning izlanishlarida Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy”singari dostonlari ma’no serqatlamligi, epik ko‘lamdorligi, syujet va kompizitsiya jihatidan murakkab tuzilganligi, til va uslubining o‘zaro uyg‘unligi, inson va uning ideali tasviriga e’tibor kuchliligi kabi jihatlari nuqtayi nazaridan “she’riy roman” atamasi ostida izohlanadi. Romanga xos xususiyatlarning tug‘ilishi va manbalari she’riy, epik dostonlarning yuzaga kelishi, nasr taraqqiyoti, realizmning tug‘ilishi va tarixiy rivoji voqelik bilan bog‘lab atroflicha o‘rganiladi. O‘zbek realistik adabiyoti mustahkam zaminga tayanishi adabiyotimizning tarixiy bosqichlari asosida ko‘rsatiladi.

Darhaqiqat, o‘zbek mumtoz adabiyoti janrlarida ijtimoiy muammolar tasviriga diqqat qaratish, obrazlar xarakterini yaratishga intilish, ularning ichki dunyosini ochish, badiiy to‘qimani psixologik dalillashga xizmat qildirish, epik bayon uslublarining sayqallanishi, peyzaj va portret tasvirlari yaratish romanga xos epiklikning yuzaga kelishiga zamin hozirlagan belgi-xususiyatlar edi. Zotan, fabula, syujet, kompozitsiya, obrazlar tizimi, konflikt, til va uslub singari roman janriga xos muhim badiiy unsurlarning epiklik doirasida harakatga solinishi shunday deyishga asos beradi. Ammo mazkur asarlar tom ma’nodagi roman tabiatini qamrab ololmasligini ham unutmasligimiz lozim.

Ma’rifatparvarlik davri esa badiiy adabiyotni realistik motivlar, maktublar, publitsistik maqolalar, hisobiga boyitdi. Binobarin, mazkur tipdagi asarlar ham roman yaratishning taraqqiyot yo‘lida o‘ziga xos halqani tashkil qiladi. Jadid adabiyoti namoyondalari ijodiy merosidagi ocherk va felyetonlar, hikoya va yo‘l xotiralari, qissa hamda roman yaratish borasidagi urinishlar o‘zbek nasrining ana shu ulkan milliy an’analariga tayanadi. Realistik an’analarning ustivor bo‘lishi tarixiy davr va kitobxon ma’naviy-ruhiy ehtiyoji, ijodkorlarning zamonadan ibrat olishi mahsulidir. Buning natijasi o‘laroq badiiy nasrda yangi janrlarning turlarga bo‘linishi va tug‘ilishi jarayoni yuzaga keldi. Jadid adabiyoti asarlari uchun xos bo‘lgan mushtarak jihatlar sifatida jaholatni, qoloqlikni tanqid qilish, el-yurt g‘amida yurgan yangi inson – ma’rifatli kishi obrazini yaratishga intilishni ko‘rsatish mumkin.

XX asr boshida o‘lkada milliy uyg‘onish, o‘zlikni anglash, ozodlik harakati kuchaydigina emas, balki yangicha ko‘rinish ham oldi. Jadidchilik mafkurasi va harakati yangi o‘zbek adabiyotining qaror topishda muhim rol o‘ynadi. O‘zbek matuboti ham rivojlanib “Taraqqiy”, “Shuhrat” , “Sadoyi Turkiston” , “Sadoyi Fargona”, “Hurriyat” singari gazetalar; “Oyna”, “Al-Isloh”kabi jurnallar maydonga keldi. Behbudiy, Avloniy, Mirmuhsin singari ilk o‘zbek publitsistlari yetishib chiqdi. Jadid she’riyati kamol topdi. Behbudiy, Avloniy, Hamza, Fitrat, Qodiriy, Mirmuhsin, Cho‘lpon va boshqa qalam sohiblari o‘z ijodlaridan nafaqat realistik drama, balki nasriy asarlar ham yaratishga astoydil urindilar. Agar biz “Padarkush” , “Baxtsiz kuyov”, “Do‘xtur Muhammadiyor”, “Zaharli hayot”, “ Yangi saodat”, “Hind sayyohi” singari asarlarni kuzatsak, o‘sha davr o‘zbek adabiyotida ma’rifatchilik va oshkora targ‘ibotchilik ruhi ustuvor bo‘lganligiga to‘la ishonamiz. Avaz, Zavqiy singari shoirlar an’anaviy she’riyatni davom qildirish barobarida, ishqiy she’rlar bilan bir qatorda ijtimoiy she’riyat taraqqiyotiga ham barakali hissa qo‘shdilar. Xaziniy, Yusuf Saryomiy, Vasliy singari shoirlar ijodida esa diniy-islomiy yo‘nalish ustuvor bo‘ldi.

Tarixdan yaxshi ma’lumki, 1916-yil 25-iyunda frontlarda ketma-ket zarbalarga uchragan Chorizm Turkistonning rus bo‘lmagan aholisidan 250 ming kishini mardikorlikka safarbar qilish haqida manifest e’lon qilgan. Mazkur manifest shunday ham yarim och hayot kechirayotgan xalq ommasining sabr kosasini to‘ldirib, ularning bosh ko‘tarib chiqishlariga olib kelgan. Samarqand viloyatining Xo‘jand uyezdida, Sirdaryo, Farg‘ona, Jizzax viloyatlarining butun shahar va qishloqlarida avj olgan qo‘zg‘olon jamiyatning hamma tabaqalarini harakatga keltirdi va o‘z girdobiga tortdi. 1916- yilgi qo‘zg‘olon nafaqat mardikorlikka qarshi ko‘tarilgan edi. U o‘z xarakteri jihatidan milliy ozodlik, xalq harakati edi. Bu qo‘zg‘olon ming-minglab istiqbolga intiluvchi yangi milliy ozodlik kurashchilari avlodining yetishuvida muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shubhasiz, xalq g‘alayonlari badiiy adabiyotda ham aks sado berdi.

1917 -yilning fevralida sodir bo‘lgan burjua-demokratik inqilobi g‘alaba qilib, 306 yil hukm surgan Romonovlar sulolasini tugatdi. U Turkiston xalqlari taqdiriga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, milliy-ozodlik g‘oyasi yuksala borib, bu boradagi harakatlar keng quloch yoydi. Milliy ozodlik harakatining qatnashchilari mustamlaka o‘lkaning milliy mustaqilligini qayta tiklashga urindilar va bu yo‘lda muayyan g‘alabalarga ham erishdilar. Biroq bolsheviklar davlat to‘ntarishi uyushtirib, hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. Natijada, yangi tuzum tomonidan Turkiston o‘lkasiga ilgari umuman bo‘lmagan tushunchalar: kapitalizm, yo‘qsillar sinfi, marksizm, sotsializm, kommunizm, ishchilar harakati singari g‘oyalar singdirildi. Mahalliy millat vakillari hukumat tashkilotlariga deyarli kiritilmadi. Mahalliy burjuaziya, Turkiston ziyolilari va dindorlari o‘lka mustaqilligini ta’minlash uchun tuzgan “Sho‘royi islomiya”va “Sho‘royi ulamo” firqalarining Turkistonda milliy masalani hal qilish uchun bo‘lgan mustaqil harakatlari

to‘sqinlikka uchrasa-da, Rossiya demokratik Federatsiyasi tarkibida Qo‘qon (Turksiton) Muxtoriyatini tuzdilar.

1918 yilning fevralida Qo‘qon Muxtor hukumatiga qarshi hujum boshlangach, o‘lkada yana milliy-ozodlik harakatlari boshlandi. Ergash Qo‘rboshi, Shermuhammadbek (Shermatbek), Muhammadaminbek (Madaminbek), Nurmuhammadbek (Nurmatbek), Xolxo‘jabek va boshqa erk jangchilari rahbarligida bir necha yillar davomida ozodlik uchun kurashlar olib borildi. O‘lkaning tub aholisiga nisbatan ishonchsizlik va dushmanlikni, vahshiyliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kurashchilar Turkiston mustaqilligini saqlab qolish uchun o‘n yildan ortiq vaqt kurash olib bordilar, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga ishon-dilar. Umumxalq kurashiga aylangan mazkur harakatlar 30-yillarning birinchi yarmigacha davom etdi.

Demak, Turkiston tarixining eng qiyin va murakkab davri “fuqarolar urushi” deb nomlangani holda, mohiyatan birodarkushlik bo‘lmay, o‘zga davlatning hukmronligiga qarshi qaratilgan milliy ozodlik kurashlari davri edi. “Fuqarolar urushi” esa Rossiya hududlarida 1918- yilning bahoridan 1920-yilgacha, hatto uning chekka o‘lkalarida 1922-yilgacha oq gvardiyachilar bilan qizil gvardiyachilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Chunki, bu millat ichidagi birodarkushlik edi. Mustaqillik tufayligina bu davr kurashchilariga qo‘yilgan “bosmachilar” , “burjua millatchshari”, “aksilinqilobchi unsur” singari tamg‘alar olib tashlandi.

Jadidchilik XX asrda ma’lum bir izga tushgan hоdisa. U faqat madaniy va ma’rifatparvarlik haqidagi hоdisa emas, balki siyosiy hоdisa ham edi. Bu hоdisa XIX asrning охirlarida paydо bo‘ldi. Qadimchilar Islоm qоidalaridan chiqmas edilar. Jadidchilar esa hamma narsaga rеal qaraganlar. Turkiyada bu hоdisa XIX asrning 60-yillaridan boshlandi. Ular turmushni islоh qilmоqchi edilar. Bu faqat musulmоn davlatlarida emas, balki Yevrоpada ham bo‘lgan, ya’ni fransuz burjua revolutsiyasi. Bizda, Turkistоnda XIX asr охirlarida Rоssiya va Turkiya оrqali yangicha qarashlar kirib kеldi. Jadidchilar inqilоbga qadar juda katta ish qildilar. Inqilоbdan kеyin ham bu qarashlar davоm etdi. 20-yillarning o‘rtalaridan bizda jadidchilikka munоsabat o‘zgardi. Chunki bizda 20-yillardan kеyin bolsheviklar tеrrоri bo‘ldi.

1884-sanasi Boqchsaroyda bir maktab(n)i usuli jadidga qo‘ymish edim,-deb yozadi Ismoilbek. Samarasi umidimdan ziyoda bo‘ldi. Bir qoch (qancha) maktablar usulim(n)i qabul ila isloh o‘ldilar. Soir (ko‘p) viloyatlardan usuli qo‘rmiya (ko‘rmakka) kelub-kedanlar o‘lub, bu soyada har tarafdan iki yuzdan mutajovuz (ortiq) maktablar usulimi qabul etdilar…”1 Ushbu maktab tamom begona bir hodisa emas. Ismoilbek yangi maktabni shunday tushuntiradi: “Ota-bobo kunlarindan qolmish milliy maktablarni isloh etmak usuli jadid demakdir”2. 1888-yilda ushbu maktablar uchun birinchi darslik “Xojayi sibyon” (“Bolalar muallimi”) ni bosmadan chiqardi. “Usuli jadid” ga bo‘lgan ehtiyojni tushuntirdi, “usuli qadim”dan farqiga e’tibor qaratdi. “Xojalarga ta’limot” (Muallimlarga yo‘llanma) faslida “usuli jadid” ning osondan murakkabga borishini uqtirib, xos xususiyatlarini 15 bandda ko‘rsatib berdi. Unda bolalarning eng muvofiq o‘quv yoshi (6-7) dan tortib, o‘quv soatlarining bolalar yoshiga muvofiq taqsimlanishi lozimligigacha, o‘qish bilan yozishni qo‘shib olib borishdan har bir harfni “sadosi bilan” o‘rgatishgacha, darslar orasidagi zamonaviy maktablarga xos barcha masalalar qamrab olingan edi. Darslikning har bir darsidan keyin savollar berilgan bo‘lib, muallif fikricha ular o‘quvchilarning darsni anglashlari va imtihon topshirishlari uchun “buyuk vosita” edi.

Muallif o‘qish va o‘qitishning yangi usuli haqida to‘xtalar ekan, bolalarga mohiyatni tushuntirmasdan quruq yodlatish zararli ekanligiga katta e’tibor qaratadi va har bir harfni “sadosi bilan” muntazam va izchil o‘rgatishni ta’kidlaydi. Ushbu usul shunga ko‘ra “usuli savtiya” (tovush usuli) deb ham ataladi.

Shu tariqa, o‘qitiladigan darsning mazmunidan uni o‘qitish usuli va baholash jarayonigacha, o‘quvchining dars tinglaydigan darsxonasidan dars jadvali-yu qishki va yozgi ta’tiligacha, maktabning joylashish o‘rnidan, sinf xonalarining jihozi-yu yorug‘lik darajasigacha zamonaviy turi maydonga keldi. Bu dastur “usuli jadid” nomi bilan shuhrat topdi. Jadid atamasining ommalashuvi ham, birinchi navbatda, mana shu “usuli jadid” bilan bog‘langandir. 1893- yili Gasprinskiy shirvonlik shogirdlaridan Majid G‘anizoda bilan Turkistonga yo‘l oldi. Samarqandni tomosha qildi. Amir Abdulahadxon yuborgan faytunga o‘tirib, Shahrisabzni ziyorat qildi. Samarqand va Buxoroda “usuli jadid” maktablarini ochdi. Majid G‘anizoda Ismoilbekdan izn olib, yana 40 kun qoldi va “usuli savtiya” o‘rgatdi.3

A.V. Pyaskovskiy ma’lumot berishicha, 1895-1901-yillarda Toshkentda to‘rtta usuli jadid maktabi bo‘lgan. 1900-yilda Andijonda ochildi…4

Chоr hukumati 1905-yil 17-oktabrda Rusiyada yuz bеrgan inqilоbiy vоqеalar munоsabati bilan Manifеst e’lоn qilib, хalqqa ma’lum kоnstitutsiоn-dеmоkratik erkinliklar bеrishga majbur bo‘lgan edi. Shu jumladan, matbuоt erkinligi, siyosiy tashkilotlar tuzishga ham ruхsat bеrdi. Turkistоn jadidlari bu imkоndan fоydalandilar. Bir qatоr madaniy uyushmalar tuzdilar. Gazеta-jurnallar chiqardilar. Shulardan biri, 1906-yilning 27-iyunida dunyo ko‘rgan “Taraqqiy” gazеtasi edi. Bu gazеta tashkil tоpgan kun hоzir O‘zbеkistоnda “Matbuоt va оmmaviy aхbоrоt vоsitalari kuni” sifatida nishоnlanadi. Gazеta mahalliy yoshlarga o‘z sahifalaridan kеng o‘rin bеrdi. Uning yaqin hamkоrlaridan biri Munavvarqоri muharrirligida Toshkent jadidlarining ikkinchi muhim gazеtasi “ Xurshid” paydо bo‘ldi. 1907-yilning birinchi dеkabridan Abdulla Avloniy o‘z uyida “ Xurshid” gazеtasini chiqara boshladi. Bu uch gazеta shu davr Turkistоnining eng e’tibоrli nashrlaridan bo‘lib, ularda mashhur Bеhbudiydan havaskоr shоir Mulla Qo‘shоq Miskingacha bo‘lgan kеng ziyolilar qatlami bоr edi. Shuningdеk, Toshkentda “Tujjоr” (1907-yil, muharriri Saidkarim Saidazimbоy o‘g‘li), “Оsiyo” (1908-yil, muharriri Ahmadjоn Bеktеmirоv) kabi gazеtalar ham chiqa boshladi. Birоq bu gazеtalarning hеch biri ham uzоq yashay оlmadi, ayrimlari iqtisоdiy, ba’zilari esa siyosiy sabablar bilan bеrkitildi.

Samarqandda Mahmudхo‘ja Bеhbudiy “Samarqand” (1913) gazеtasini va “Оyina” (1915) jurnalini chiqardi.

Toshkentda 10-yillarda “Sadоyi Turkistоn” (1914-y. muharriri Ubaydulla Xo‘jayеv), Farg‘оnada “Sadоyi Farg‘оna” (1914-y. muharriri Оbidjоn Mahmudоv), “Tirik so‘z” (1915-y. muharriri Оbidjоn Mahmudоv , Buхоrоda “Turоn” kabi gazеtalar, “Al-islоh”( Toshkent 1915-1918-yillar, muharriri Abdurahmоn Sayyoh) jurnali chiqib turdi.

Adabiy kuchlar ko‘prоq mana shu gazеta-jurnallar atrоfida uyushdilar. Chunоnchi, Samarqandda “Оyina” atrоfida Mahmudхo‘ja Bеhbudiy, Saidahmad Vasliy, Siddiqiy Ajziy, Saidrizо Alizоda kabi iste’dоdlar to‘plandi. Buхоrоda Fitrat, Toshkentdan Kamiy faol ishtirоk etdi.

Toshkentda “Sadоyi Turkistоn” gazеtasida Munavvarqоri, Abdulla Avlоniy, Tavallо, Хislat, Mirmulla, Abdulla Qоdiriylar faol ishtirоk etdilar.

Qo‘qоndan Ibrоhim Davrоn, Hamza, Andijоndan Abdulhamid Cho‘lpоnning she’r va maqоlalari tеz-tеz bоsilib turdi.

10-yillarning boshida Turkistоnda yangi adabiyot shakllandi. Bu bоrada, 1901-yildan chоp etila boshlagan Munavvarqоrining “Adibi avval”, “Adibi Sоniy”, Saidrasul Aziziyning “Ustоzi avval”, Aliasqar Kalininning “Muallimi sоniy”, so‘ngrоq Abdulla Avlоniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, Rustambеk Yusufbеkоvning “Ta’limi avval”, “Ta’limi sоniy” kabi darslik va majmualari, хususan, ulardagi iхcham didaktik she’r va hikоyalar yangi adabiyotning shakllanishida ilk tajribalar vazifasini o‘tadi.

Abdulla Avlоniyning “Adabiyot yoхud milliy she’rlar”(1909), Saidahmad Vasliyning “Milliy she’rlar” (1912), Sidqiy Хоndayliqiyning “Tuhfai Shavkat” (1913), “Savg‘оti Shavkat” (1914), Hоji Muinning “Guldastai adabiyot” (1914) kitоblari yangi o‘zbеk she’riyatining dastlabki namunalari edi.

Mahmudхo‘ja Bеhbudiyning 1911-yilda yozilib, 1913-yilda chоp etilgan “Padarkush” dramasi o‘zbеk dramachiligini boshlab bеrdi. “Falоkatzоda”(1911- y, muallifi Abdurauf Shahidiy), “Bеfarzand Оchildibоy”(1914-y, muallifi Mirmuhsin Shеrmuhamеdоv) kabi ilk rеalistik prоza namunalari maydоnga kеldi.

Matbuоtning maydоnga kelishi publitsistika taraqqiyotiga yo‘l оchdi. Bu bоrada Bеhbudiy, Fitrat, Munavvarqоrilarning хizmati katta bo‘ldi.

Asrimizning dastlabki yigirma yilida shakllangan yangi she’riyat, an’anaviy diniy-tasavvufiy she’riyat bilan yonma-yon yashadi. Yusuf Saryomiy, Usmоnхo‘ja Zоriy, Ziyovuddin Haziniy bu yo‘lda samarali ijоd qildilar. 10-yillarda yaratilgan nasr namunalari unchalik ko‘p emas. Anbar Оtinning “Qarоlar falsafasi”, Saidrasul Aziziyning 1910-yildagi “Mоskva va Pеtеrburg sayohati” хоtiralari kabi ijtimоiy-falsafiy, sarguzasht-avtоbiоgrafik asarlarini nazardan sоqit qilsak, Bеhbudiyning “Оq yеlpig‘ichli chinli хоtun”, Abdurauf Shahidiyning “Falоkatzоda” va M.Shеrmuhamеdоvning “Bеfarzand Оchildibоy” asarlarini ko‘rsatish mumkin.

Madaniy-ma’rifiy islоhоtlarning ibtidоsida, albatta, maktab-maоrif ishlari turadi. Maktab-maоrif ishlari bilan bir qatоrda, jadid ma’rifatchiligining yana bir yorqin ifоdasi bo‘lib, turli ma’rifiy jamiyatlar paydо bo‘la boshladi. Jamiyatlar bеvоsita ma’rifatchilikning ham ma’naviy, ham mоddiy davоmiyligini ta’minlashni vazifa etib bеlgilagan edi. Ular asоsan istе’dоdli bоlalarni tоpib хоrijga tahsil uchun yubоrardi. Ana shu maqsad yo‘lidagi yana bir vоsita tеatr bo‘ldi.

Tеatr jadidlar nazdida, avvalо, “ulug‘lar maktabi”, “ibratхоna” bo‘lib, хuddi maktab va matbuоt kabi ma’rifat, ilm оlmоq g‘оyasini targ‘ib etishi ko‘zda tutilgan edi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:



  1. Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –T.: Ma’naviyat, 2002.

  2. Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. –T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992.

  3. Jalilov A., O‘rinboev N. O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotida vaqtli matbuotning o‘rni. –T.: Fan, 1983.

  4. Baldauf I. XX asr adabiyotiga chizgilar. –T.: 2004.

  5. Ismoilbek Gasprinskiy. Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh, Simferopol, 1898, 4-bet.



Download 472,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish