Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi jadid adabiyoti tarixi fanidan oʻquv- uslubiy majmua


-MAVZU.O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti ilmiy maktabi



Download 472,42 Kb.
bet21/82
Sana31.12.2021
Hajmi472,42 Kb.
#206339
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
Мажмуа Жадид адабиёти тарихи 2 tekshirilgan 2

2-MAVZU.O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti ilmiy maktabi

REJA:

1.Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti ilmiy maktabi. Professor B.Qosimov – ilmiy maktab asoschisi.

2.Davr adabiyotini o‘rganishga doir nazariy-metodologik yangiliklar, ularning adabiy manbaga adabiy-estetik yondashuv mezonlari, tadqiq usullarining o‘ziga xosligi.

3.Tadqiqot yo‘nalishlari. Ilmiy maktab an’analarining davomchilari, erishilgan natijalar.


Tayanch so‘z va iboralar:Milliy uyg‘onish, istiqlol va adabiyot, mafkura va adabiyot, ijtimoiy va siyosiy hayot, madaniy va adabiy hayot.

“Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” kursi avvalo mustaqilligimizning mevasi sifatida maydonga kelganligini ta’kidlash joiz. Istiqlolga erishganimizdan keyin ikki ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek adabiyotining yangilanishi kontsepsiyasini ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ildi. O‘zbek adabiyotining yangilanish jarayonini chegaralash borasida ancha tortishuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu jarayon hali respublikamiz mustaqillikka erishmasdan ilgari boshlangan edi. Adabiyotshunos olim Isroil Mirzaevning 1990 yilda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan maqolasida adabiyot tarixi quyidagicha davrlashtiriladi.

1. Izlanishlar va yuksalishlar davri (1917-1934)

2. Tanazzul davri o‘zbek adabiyoti (1934-1956)

3. Qutulish va turg‘unlik davri o‘zbek adabiyoti (1956-1985)

4. Uyg‘onish va yangilanish davri (1985 yildan keyingi davr)

Musurmon Nomozov “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1991 yil 8-noyabr sonida e’lon qilgan maqolasida (“O‘z davrida, o‘z davrasida”) quyidagicha davrlashtiradi:

1. “Jadid adabiyoti”. Bu davrga XX asr boshlari, inqilob yillari va 20-yillar kiradi. Jadid adabiyotining boshlanishiga Furqat va Muqimiyning ma’rifatparvarlik, milliy erk, taraqqiyot, ijtimoiy ahvoloti aks etgan she’rlarini kiritish mumkin. Jadid adabiyotining oxirgi hamda eng yetuk chiqishi deb Cho‘lponning “Soz” to‘plamigacha bo‘lgan she’rlarni, prozada esa “Kecha va kunduz” romanini tan olish maqbul deb topildi.

2. “Sotsialistik realizm adabiyoti”. Bu adabiyotning boshlanishi deb Hamzaning inqilobiy she’riyati olingan. Hamzaning “Gul” to‘plamida va inqilobgacha bo‘lgan g‘azaliyotini jadid adabiyotiga kiritish mumkin. Bu davr adabiyoti 50-yillarda, ya’ni konfliktsizlik nazariyasi davrida o‘z qonuniy nihoyasiga yetdi.

3. “Ikkinchi uyg‘onish adabiyoti”. Bu adabiyot 60-yillarning avvalidan boshlandi. Jadidchilikni, millatning ma’naviy hayoti nuqtai nazaridan qaraganda, XX asrdagi birinchi milliy-ma’naviy uyg‘onish deb atash mumkin. 60-yillarda esa hali ikkinchi milliy uyg‘onish boshlanmagan bo‘lsa ham, ikkinchi ma’naviy uyg‘onish boshlandi, deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Bu ma’naviy uyg‘onish 80-yillarning oxiriga kelibgina soxta baynalmilallik changalidan qutulib milliy uyg‘onishga aylana bordi. Bu davr chegaralarini 80-yillarning o‘rtalarigacha ya’ni hozirgi adabiy jarayonning vakillaridan hisoblangan. U.Azimov, Sh.Rahmon, H.Davron kabi shoirlar, Murod Muhammad Do‘st, H.Sultonov, T.Murod singari nosirlarning ijodida o‘zining imkoniyatlarini va xususiyatlarini to‘la ko‘rsatgan davrlargacha belgilash mumkin.

4. “Hozirgi adabiy jarayon”. Bu davrni o‘rganish va o‘rgatish 70-yillarning oxiridan boshlanib, 90-yillarning boshlarigacha belgilash mumkin.

Adabiyotshunos Naim Karimov XX asr adabiyotini quyidagicha davrlashtiradi.

1. Milliy uyg‘onish davri adabiyoti (asr boshlaridan 1917 yilgacha).

2. Sho‘ro davri adabiyoti (1918 yildan 1991 yil 1 sentyabrgacha)

a) proletar diktaturasi davri adabiyoti (1918-1929 yillar);

b) shaxsga sig‘inish yoxud mustabid davr adabiyoti (1930-1956);

v) mustabid tuzumning yemirilishi davri adabiyoti (1957 yildan 1991 yil 1 sentyabrgacha).

3. Milliy istiqlol davri adabiyoti (1991 yil 1 sentyabrdan).

Adabiyotshunos U.Normatov boshchiligidagi bir guruh olimlar o‘rta talim maktablari uchun tuzgan dasturda «Milliy uyg‘onish davri adabiyoti» 1905 yildan boshlanadi deb belgilaydilar. Ayrim adabiyotshunoslar Turkistonda jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi, ya’ni XIX asrning 90 yillaridan boshlashni taklif qiladilar. B.Qosimov rahbarligidagi yana bir guruh olimlar «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» rus istilochilarining Toshkentni bosib olishdan, ya’ni 1865- yildan 1929-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olishni taklif qiladilar. Bu taklif maqul topilib alohida kurs sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘rganilish uchun vazirlik tomonidan chiqarilgan o‘quv rejasiga kiritildi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» qariyb 65 yillik jarayonni o‘z ichiga oladi. Ilgari bunday bo‘linish bo‘lgan emas. Istiqlolga qadar o‘zbek adabiyoti an’anaviy ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bu bo‘linishga 1917-yilning 7- noyabri chegara qilib olinadi. Ya’ni: I qism - «O‘zbek adabiyoti tarixi», II qism - «O‘zbek sovet adabiyoti» deb yuritilardi. Bu esa adabiyot tarixiga mafkuraviy yondoshish, sun’iy bo‘linishni keltirib chiqarar edi.

Va nihoyat, SSSRning tarqalishi, uning qo‘l ostidagi respublikalarning milliy mustaqilikka erishuvi tariximizni to‘g‘ri va haqqoniyyoritish imkonini berdi. Darhaqiqat, tarixga xolisona nazar tashlansa, umumadabiyotimizda yangilanish jarayoni XIX asrning 2-yarmidan boshlanganini sezish mumkin. Uch xonlikka bo‘lingan, bu xonliklar o‘rtasida va ularning o‘z ichida o‘zaro uzluksiz urush-janjallarning ro‘y berishi xalqni juda toliqtirdi. Adabiyot esa o‘z xalqi ko‘nglining jarchisi sifatida bu voqealarga befarq qarayolmasligi aniq edi. SHu boisdan unda hayotga, voqelikka real qarash, munosabatida tanqidiy ruh kuchaydi.

Bu yangilanish xususiyatlari XIX asrning 90- yillaridan boshlab yangi bosqichga ko‘tarildi. Ma’naviy hayotimizga jadidchilik harakatining kirib kelishi adabiyotga yangi kuch va parvoz bag‘ishladi. Jadid adabiyoti qadimlarning, bolshevistik mafkura hamda mahalliy hukumatning jiddiy qarshiligi va shiddatli tazyiqiga qaramay, to‘laqonli adabiyotga aylanish yo‘llarini izladi, shakllandi va taraqqiyot yo‘liga kirdi. O‘z dargohiga yangicha g‘oya va qahramonlarni olib kirdi, unda ilgari ko‘rinmagan janrlar paydo bo‘ldi. Jadidlar adabiyotga birinchi bo‘lib mustaqillik g‘oyasini olib kirdilar va uning uchun kurashdilar. Diktaturaga asoslangan sovet hukumati 20-yillarning o‘rtalaridan boshlab uni yo‘qotishga kirishdi. 30-yillarning oxiriga kelib maqsadiga erishdi.

Qizil imperiya qaror topib mustahkamlana boshlagan va SSSRda sotsializm to‘la g‘alaba qozondi deb jar solingan 30-yillarning oxiridan boshlab, mamlakatda har qanday milliy g‘oyaga, birinchi navbatda mustaqillik g‘oyasiga chek qo‘yildi. Bu boradagi har qanday fikr va harakat millatchilik sifatida talqin qilindi, sho‘rolar hukumatiga qarshi harakat deb baholanib shafqatsiz madh qilindi. Aksincha, sotsialistik g‘oyani jamiyatning barcha sohalariga singdirish, amaliyotga kiritish davlatning bosh siyosatiga aylandi. Hukumatning bu tazyiqi kompartiyaning adabiyot ustidan yakkahokimlik diktaturasini o‘rnatishi o‘zbek adabiyotining yo‘l va yo‘nalishini, ijodiy metod va usullarini tubdan o‘zgartirib yubordi. U biz yuqorida ta’kidlaganimiz 30 yillardan boshlab chinakam ma’noda “o‘zbek sovet adabiyoti”ga aylanib bordi va “shaklan milliy, mazmunan sottsialistik umumsovet adabiyotining tarkibiy qismlaridan biri” bo‘lib qoldi.

Shu o‘rinda “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti”ning chegarasini aniqlab olishimiz darkor. ToshDUning bir guruh adabiyotshunos olimlari tomonidan tuzilgan, 1997 -yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan foydalanishga tavsiya etilgan namunaviy dasturning “Uqtirish xati” da bu davr adabiyotining o‘rganish ob’ekti 1865-1929-yillar deb belgilangan. Aslida adabiyotning yangilanish jarayonini aniq raqamlar, yillar bilan chegaralab bo‘lmasligini ta’kidlash joiz. Chunki uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lgan adabiy jarayon bir kundayoki bir oyda o‘zgarib, yangilanib qolmaydi. Uning ustiga bunday chegaralashdan yana sovet davri adabiyotini davrlashtirishda asos qilib olingan tarixiy printsipning xidi kelib turibdi. Shu yerda bu pritsipning mohiyati, adabiy jarayonga keltirgan salbiy tasiri to‘g‘risida gapirishmumkin. Shuning uchun ham bu davr adabiyotining qamrovini kengroq olishni, ya’ni XIX asrning 2-yarmidan to XX asrning 40 yillariga qadar belgilash joiz. Chunki rus kolonizatorlari Markaziy Osiyoga bostirib kirishni Qozog‘iston orqali XIX asrning 50-yillaridan boshlaganlar. Milliy uyg‘onish jarayoni va istiqlol g‘oyasini ko‘tarib chiqqan millatparvar va erkparvar ziyolilarni qatag‘on qilib tugatish XX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Agar dasturda ko‘rsatilganidek, “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” 1929- yilgacha davom etdi xolos deb cheklansak, keyingi o‘n yillik e’tibordan chetda qoladi. Bu adabiy jarayonning to‘liq o‘rganilishiga salbiy ta’sir qiladi.

Binobarin, “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” amal qilgan yillarni belgilashda mazkur yangi adabiyotning maydonga kelishi shart-sharoitlari, manbalari, shakllanish va taraqqiyot yo‘llari, bosqichlari, xususiyatlari va tabiiyki, namoyondalarining ijodiy hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarini hisobga olish lozim. Demak, qariyib 90 yillik adabiy jarayonni o‘rganar ekanmiz, Shubhasiz, mohiyatiga ko‘ra yangi adabiyot deb tan olingan “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” deb nomlangan davrni 3 taraqqiyot bosqichiga bo‘lib o‘rganish mumkin:


  1. Ilk mustamlakachilik davri - XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr boshlarigacha bo‘lgan adabiyot.

  2. Jadidchilik davri - XIX asrning 90-yilllaridan XX asrning 20-yillarigacha bo‘lgan adabiyot.

  3. Ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davri (20-40-yillar adabiyoti).

Albatta, bu taraqqiyot bosqichlarini nomlash ham boshqa barcha nomlar singari shartlidir. Chunki har bir atama, avvalo muayyan hodisaning muayyan qisminigina qamrab oladi. Ikkinchidan, bunday nomlash muayyan hodisayohud tushunchaga nisbatan beriladi. Yuqoridagi bosqichlarni belgilashda masalaning g‘oyaviy jihatlariga ko‘proq urg‘u berilayotgani bejiz emas.

Q.Yo‘ldoshevning “Yoniq so‘z” (T., Yangi asr avlodi, 2006) kitobida o‘zbek adabiyoti quyidagicha davrlashtiriladi.

1. Islomgacha bo‘lgan davrdagi adabiyot. Qadimgi bobolarimiz olamni sehrli voqealar silsilasi tarzida idrok etganlar. O‘zini ko‘k bo‘ri, ona bug‘i yoki oq g‘ozdan ibtido olganiga astoydil ishongan odam ma’naviy olamni ham xayoliy voqealar, sirli afsonalar prizmasi orqali tasavvur qilgan.

2. Islom ta’siridagi adabiyot. Bu davrda ob’ektiv borliq, insonning murakkab ichki olami ham islomiy tafakkur orqali qabul etildi. Tilning lug‘at fondi qurilish tizimi ham o‘zgardi. Avvalgi davr uchun tamomila begona bo‘lgan tur va janrlar paydo bo‘ldi. Milliy adabiyot tarixining “oltin” dari ham, eng durdona asarlar ham shu bosqich mahsulidir.

3. Jahoniy ta’sirlar davri o‘zbek adabiyoti. O‘tgan asrning 2-yarmidan boshlab o‘zbek adabiyotida jahoniy ta’sirlar kuchaydi. Bu davrda ko‘plab yangi janrlar paydo bo‘ldi. Yangi davr belgilari dastlab ilg‘or adabiyotlar so‘ng rus adabiyoti, undan keyin jahon adabiyotining yetakchi tamoyillari orqali paydo bo‘ldi.

Shuningdek, S.Sodiqov, Sh.Aminovlarning 2012 yilda tayyorlagan “Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi” faniga namunaviy dasturlarida shunday davrlashtiriladi:

1. Ma’rifatparvarlik adabiyoti (XIX asr 60 yillaridan XX asr boshlarigacha).

2. Jadid adabiyoti (XX asr boshlaridan 1916-yilgacha bo‘lgan davr).

3. O‘zbek adabiyotida realizm bosqichi (1916 yildan 1932 yilgacha).

4. Sotsialistik realizm bosqichi (1932-yildan 1954-yilgacha, 1-bosqich; 2-bosqich 1954-yildan 1991-yilgacha).

5. Milliy istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyingi bosqich).

N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov, U.Normatov, O.Sharafiddinov muallifligidagi “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” darsligi (T., O‘qituvchi, 1999)da XX asr o‘zbek adabiyoti quyidagicha xronologik tasniflanadi:

1. Asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti (1905-1917).

2. 20-yillar o‘zbek adabiyoti.

3. 30-50-yillar o‘zbek adabiyoti.

4. 60-90-yillar o‘zbek adabiyoti.

Yuqoridagi tasnifda milliy uyg‘onish davri hamda mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti ajratilgan emas.

B.Qosimov, Sh.Yusupov, U.Dolimov, Sh.Rizaev, S.Ahmedov muallifligidagi “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” (T., Ma’naviyat, 2004) darsligida bu davr 2 ga bo‘linadi.

1. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ilk bosqichi.

2. Milliy va ijtimoiy qarashlar davri o‘zbek adabiyoti (XX asrning birinchi Choragi).

Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni XIX asrning ikkinchi yarmida istilo qilib oldi. Ammo bu istilo osonlik bilan ro‘y bermadi. Qator qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1878-yilda Mingtepada bo‘lib o‘tgan Yetimxon qo‘zg‘oloni, “Oloy malikasi” Qurbonjon dodhoh boshchiligidagi isyon, 1884-yilda Oqbuvra sohillarida eshonlarning biri ko‘targan isyon, 1892-yilda Toshkentda yuz bergan “vabo isyoni”, 1893 yildagi Farg‘onada bo‘lgan sobirxon isyoni va nihoyat 1898 yilda Andijonning Mingtepasida bo‘lgan Muhammadali halifa Sobir o‘g‘li – Dukchi eshon qo‘zg‘olonlarini aytib o‘tish mumkin.

Chor hukumati bu qo‘zg‘olonlarni ayovsizlik bilan bostirdi. Masalan, Dukchi eshon va uning Sheriklari qo‘zg‘olon bostirilgach, qatl etildilar. Dukchi eshonning to‘rt xotini va o‘g‘il qizlari ushlanib Penza guberniyasiga surgun qilingan. Ular bir necha bor Turkiston General Gubernatoriga xat yozib, o‘z yurtlariga qaytarishlarini so‘raganlar. Nihoyat 1904 -yil 4- martda ularni yurtiga qaytishga ruxsat berilgan.

Yerli xalqlarga bo‘lgan nopisand munosabat shunday qo‘zg‘olonlarning keltirib chiqarishga ham sabab bo‘lgan. Masalan, general Duxovskiy 1898- yilgi Andijon qo‘zg‘olonidan keyin butun Andijon ulamo, ruhoniylarini masjidi jomega to‘plab, hammanitiz cho‘kib sajda etishga majbur etgan. Eng ulug‘ sanalgan ulamolardan bir nechtasining sajdada yotgan boshi ustidan bosib o‘tgan.

General Ivanov – Toshkentni ruslar istilo qilishi paytida qatnashgan bo‘lib, yerli xalqlarga qattiqqo‘lligi bilan “dong taratgan”.

General Samsonov: “Rus mujigining o‘g‘risi ham, har qanday turkistonlikdan, uning avliyosidan ham yaxshidir” degan edi.

General Martins esa turkistonliklar har bir rus zobiti va ma’murini o‘rnidan turib qarshi olishga majbur, degan mashhur 1916-yil 3-avgust buyrug‘ini chiqargan. Shu general zamonida turkistonliklarga shahar ko‘chalari, bog‘chalarida suhbat qurib o‘tirishlariga ruhsat berilmagan.

General Kurapatkin Yettisuvdan butun qozoq, qirg‘izlarni quvib, yerlarni rus muhojirlariga bo‘lib berish ishlarini amalga oshirgan.

Nihoyat 1917- yil fevral voqealari bo‘lib o‘tdi. Xalq uni quvonch bilan kutib oldi. Mustafo Cho‘qay o‘g‘lining “Istiqlol jallodlari” (1917- yil xotiralari) kitobida bu davr voqeligi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Mustafo Cho‘qay o‘g‘li 1890-yilning 17-fevralida Sirdaryo bo‘yidagi Oqmasjidda (hozirgi Qizil O‘rda) aslzoda qipchoq oilasida tug‘ildi. U boshlang‘ich ma’lumotni Oqmasjidda, so‘ng Toshkentdagi rus gimnaziyasida oladi. 1914- yilda Peterburg universitetining huquqshunoslik fakultetini a’lo baholarga tugatadi. 1917- yil fevral to‘ntarishiga qadar Peterburg dumasidagi Musulmon Fraktsiyasining Turkiston masalalari bo‘yicha kotibi bo‘lib ishlaydi. 1917 yilda “Ulug‘ Turkiston” gazetasini, iyunda “Birlik tug‘i”ni chiqara boshlaydi. U “Sho‘royi islomiya” tashabbusi bilan tuzilgan Turkiston musulmonlarining O‘lka Soveti – Milliy markazining raisligiga saylanadi. U “Turkiston muxtoriyati”ning asoschilaridan bo‘ldi. Muxtoriyat 1918- yilning boshida qonga botirilgach, u “bosmachilar”ga qo‘shildi. 1918-yilda Gruziyaga boradi. 1920 -yilda u yerda ham sho‘ro hukumati o‘rnatilgach, Turkiyaga, undan Berlinga o‘tadi. “Yangi Turkiston”, “Yosh Turkiston” singari jurnallar chiqaradi. 1940- yili Parijda uning nemis qo‘shinlari qamoqqa olib, lagerga jo‘natadilar, so‘ngra ozod qilinadi. 1941- yilning dekabrida Berlinda vafot etadi.

Qo‘qon muxtoriyatining birinchi qurultoyi 1917- yil 9 -dekabrda bo‘lib o‘tadi. U ikki oygina yashadi. 1918- yil 18 -fevralidan 19 -fevraliga o‘tar kechasi qonga botirilib, tarqatib yuboriladi. Bu haqda Mustafo Cho‘qay o‘g‘li yozadi:

“Hayhot ! Yana shu bizning hozirsizligimiz, jonli, texnikaviy kuchlarimizning ozligi, xalqimiz tabaqasida siyosiy tushuncha yetishmasligi qarshimizga chiqdi. Bizga bu baxtsizlikni son jihatidan oz bo‘lsa ham, kuchli tashkilot hamda mo‘l qurolga ega bo‘lgan dushmanimiz keltirdi. Muxtoriyatimiz ikki oygina yashadi va kuchli qurollangan dushman qarshisida yiqildi”.

Mustafo Cho‘qay o‘g‘li yana yozadi: “Turkistondagi tuproq masalasini Rusiyanikidan farq tomonini qayd etish kerak:

1. Yer turkistonliklarni bir-birlari bilan kelisholmas dushman sinflarga bo‘lmagan edi.

2. Turkistonda yer tanqisligi Rusiyadagidek ayrim mulkdorlarning buyuk bir yer parchasini egallab o‘tirishdan emas, Turkistonda ekin uchun kerak bo‘lgan sug‘orish masalasining yaxshi ko‘payishi bilan mutanosib o‘stirilib borilmaganligi natijasi edi.

3. Turkistonliklarning yersizlanishining yildan yilga ortib borishi, birinchidan, rus hukumatining rus muhojirlariga berish uchun yerni olib qo‘yishidan, ikkinchidan esa uning vahshiyona yuritgan paxta siyosatidan paydo bo‘lgan edi”.

Mustafo Cho‘qay o‘g‘li rusiya tarixi haqida to‘xtalib, yer masalasida dehqonlar ko‘targan qo‘zg‘olonlar “stepan Razin” (1667-1671), Yemilьyan Pugachev (1773-1775) qo‘zg‘olonlarini tahlil etadi. 1861 yil 3 martda Chor ikkinchi Aleksandrning qullikdan mujiklarni ozod etish haqida farmon berganligi, ammo ularga yer berilmaganligi natijasida bu qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tganligini yozadi.

Turkiston Muxtoriyati 1917 yilda qo‘qon shahrida 9-11 dekabr kunlari O‘lka musulmonlarining favqulodda qurultoyida e’lon qilindi. Ya’ni Turkiston Muxtoriyati 1917 yil 11 dekabrь kuni kech soat 12.00 da qabul qilindi. Turkiston Muxtoriyatining birinchi raisi alash O‘rda partiyasining rahbarlaridan biri Tanishboev bo‘lib, u bor-yo‘g‘i bir hafta raislik qiladi, so‘ng iste’foga chiqadi. Uning o‘rniga Mustafo Cho‘qay o‘g‘li rais bo‘ladi.

1917 yilda Turkistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Sho‘roi Islomiya” (boshlig‘i Munavvar qori) va Ulamolar Jamiyati (boshlig‘i Serali Lopin) o‘rtasida kelishmovchilik bor edi.

“Sho‘roi Islomiya” yangi davr amri bilan turmush talablari va yurtimizning yot istilo asoratidan vujudga kelgan sharoitni nazarda tutib islohat planini o‘rtaga tashladi. Jadidchilik ham ana shu yo‘ldan bordi.

“Ulamo Jamiyati” esa Butunrusiya Ta’sis majlisi va Umumrusiya parlamenti tarafidan Turkistonga doir chiqarilayotgan qonunlarning mahkamai shariat tasdig‘iga tobe bo‘lishini talab qildilar. Fevral voqealari arafasida xalq ahvoli og‘irlashdi. Temir yo‘l orqali keltirilgan bug‘doy, guruch kabi narsalar xalqqa berilmasdan faqat rus askarlari uchun saqlab qo‘yildi. Muxtoriyat 1918- yilning 18- fevralidan 19- fevraliga o‘tar kechasi tarqatib yuborildi. Janglar davomida 180 dan ortiq qishloq yondirib yuborildi. Marg‘ilonda 7000, Andijonda 6000, Namanganda 2000, Bo‘zqo‘rg‘on va Qo‘qon qishloqlarida 4500 kishi o‘ldirildi. Arman doshnoqlari, Sibir o‘qchi polklari bu ishda tashabbuskor bo‘ldilar.

Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti tarixida (saroylar atrofidagi adabiy muhitni istisno qilganda) qalam ahlini o‘zaro uyushtirib, adabiy harakatga yo‘nalish berib turgan tashkilotlar bo‘lgan. Shuning uchun ham o‘zbek adabiyoti XX asrning birinchi Choragiga qadar “Qo‘qon adabiy muhiti”, “Xorazm adabiy muhiti”, “Toshkent adabiy muhiti” singari turli jug‘rofiy-adabiy hududlarga bo‘lingani holda yashab keldi.

“Chig‘atoy gurungi” esa 1919 yilda o‘zbekistonda tashkil topgan dastlabki adabiy uyushmadir.

Chig‘atoy Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, Amudaryo bo‘ylaridan G‘uljaga qadar yoyilgan yerlar – Movaraunnahr, Yettisuv va Qashqar uning tasarrufida bo‘lgan. Chig‘atoy 1242- yili vafot etganidan keyin uning ajdodlariga meros sifatida o‘tgan bu jug‘rofiy kenglik “Chig‘atoy ulusi” deb atalgan. Shu kenglikda yashagan xalqlar tili “Chig‘atoy tili” deb atalgan. Ular yaratgan adabiyot esa “Chig‘atoy adabiyoti” deb yuritilgan.

Sho‘ro hokimiyati o‘rnatilgandan keyin 1919- yili Fitrat boshliq bir guruh shoir va olimlar birinchi adabiy uyushmani “Chig‘atoy gurungi” deb atashdi.

Oktyabr to‘ntarishidan keyin o‘zbek adabiyotining yo‘qsil omma saviyasiga tushib, jo‘nlashib borayotganini ko‘rgan “gurung” a’zolari mumtoz adabiyotimizdagi nafosatni saqlab qolishni o‘zlarining birlamchi vazifalari deb bildilar: butun fazilati sho‘ro siyosatini olqishlashdan iborat, ammo nafis san’atga aloqasi bo‘lmagan she’rlarni, 20-yillarda ro‘y bergan voqealarni bolьsheviklar mafkurasi nuqtai nazaridan turib noto‘g‘ri yoritgan asarlarni qoralab chiqdilar. “Gurung”ning bunday jiddiy ahamiyatga molik yig‘ilish va munozaralari hatto qurolli gvardiyachilarning kuzatuvi ostida o‘tdi.

“Turkiston” gazetasining 1924 yil sonlarida e’lon qilingan bir maqolada Cho‘lpon bunday yozgan edi: “Orag‘a “Chig‘atoy gurungi” degan bir jamiyat chiqib qoldi. U jamiyatga mansub kishilar tilni soddalashtirish maqsadini asos qilib olib ushlaganlari holda o‘zbek adabiyotini tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Shuning uchun adabiy asarlarga haqiqiy qiymat berib adabiyot kira olmagan narsalarni shafqatsiz suratda maydondan hayday boshladilar. Ana shu harakatning zarbig‘a uchrag‘onlar orasida Xurshid Sharifning “Kichik askar”i bilan “Farg‘ona fojialari” ham bor edi.

Cho‘lpon tilga olgan “Farg‘ona fojialari” Hamzaning bizga yetib kelgan ko‘p qismli pyesasi bo‘lib, “gurung”ning umumiy munosabati, Chamasi, salbiy bo‘lgan. Cho‘lponning aytishicha, 1919-1920- yillarda Farg‘onada to‘kilgan qonlar hidi hatto Moskva, Leningradga qadar yetib borgan. Hamza o‘z asarida shoshma-shosharlik qilib, voqealar mohiyatini to‘g‘ri ochmagan. “Chig‘atoy gurungi” shu bois uning asarini tanqid qilgan.

“Gurung” a’zolari 1922 -yili “O‘zbek yosh shoirlari” degan she’riy to‘plam chop ettirdi. To‘plamda Fitrat, Cho‘lpon, Botuning she’rlari o‘rin olgan edi.

“Chig‘atoy gurungi” sho‘ro davrida “panturkizm” g‘oyalarini targ‘ib etishda, “o‘zbek tili lug‘at tarkibi”ni buzganlikda, jo‘nlashtirishda ayblanadi. Holbuki, Fitrat va uning maslakdoshlari o‘zbek tiliga zo‘rma-zo‘raki olib kiritilgan arabcha va forscha so‘zlardan tozalashga intilganlar. “Chig‘atoy gurungi” 1922-yili nomatlub adabiy uyushma sifatida tarqatib yuborildi.

“Chig‘atoy gurungi”ning faoliyati to‘xtagach, 1923-yilda “Adabiy-badiiy to‘garak” degan yo‘qsil (proletar) yozuvchilar uyushmasi tuzildi.

1926- yil avgustida Samarqandda “Qizil qalam jamiyatiga asos solindi. Shokir Sulaymon” rahbarlik qilgan bu jamiyatda Otajon Hoshim, Botu, Ziyo Said, Sotti Husayn, Anqaboy, Oltoy bilan birga yangi yetilib kelayotgan Uyg‘un, Hamid Olimjon, Mirtemir, Oydin singari qalamkashlar ham bor edi. O‘sha yilning oxirida jamiyatning Farg‘ona va Namangan viloyat bo‘limlari tashkil etildi. Jamiyatning asosiy maqsadi O‘zbekistonda barpo etilayotgan sotsialistik tuzumga xayrihoh yozuvchilarni o‘z atrofiga to‘plash va tarbiya qilish edi. Lekin “Qizil qalam” a’zolari orasida bir tomondan, katta avlod vakillari, ikkinchi tomondan, yoshlar bo‘lganligi uchun tez-tez munozaralar bo‘lib turardi. 1929- yili esa jamiyatning boshqaruv hay’ati qayta ko‘rilib, Ziyo Said uning rahbari etib saylandi. SHu yillarda “Qizil qalam” jamiyati bilan birga Toshkentda “Yosh leninchi” gazetasi qoshida “Yosh proletar adib-shoirlari” deb nomlangan to‘garak gazetasi (yangi muharriri Sotti Husayn tashabbusi bilan tashkil etildi. 1929 yili bosilgan “Ko‘rmana” to‘plamida Mirtemir, Yashin, sobir Abdulla, Yunus Latif va boshqa shoirlar she’rlari bosildi.

1928 yilning martida bo‘lib o‘tgan Moskva proletar yozuvchilarining 1-qurultoyida Moskva proletar yozuvchilar uyushmasi – MAPPga asos solindi. O‘sha yilning may oyida esa MAPP tashkilotchilari Butunittifoq proletar yozuvchilar uyushmasi (VAPP)ni tashkil etishga qaror qildilar. Bu har ikki uyushmaning tuzilishidan maqsad adabiyotga rahbarlik qilish huquqini partiyaga berish va shu yo‘l bilan proletar adabiyotini yaratishdan, unda ishtirok etmagan yozuvchilarni partiya yordamida yo‘q qilishdan iborat edi. Ularning asosiy maqsadi, shoirlari esa adabiy merosni o‘rganishga chek qo‘yish, yo‘qsul yozuvchilar keng ijodiy maydon va sharoit yaratish, “yo‘lovchi” (hamroh) yozuvchilarni adabiyotdan chetlatish orqali “burjua mafkurasini” jonlanishiga imkon bermaslik edi.

1924-yil iyunida Kafanov nomidagi Ishchilar klubida VAPPning Toshkent bo‘limi (TAPP) tuzildi.

1928-yil aprelida TAPP zamirida O‘rta Osiyo proletar yozuvchilar uyushmasi (SAPP) tashkil etildi.

1928-yil aprel-may oylarida Rusiya proletar yozuvchilar uyushmasi (RAPP) tuzildi. Ular o‘z qarorlarini qabul qilmagan barcha yozuvchilarni “yo‘lovchi” deb qoralay boshladilar. Xatto M.Gorkiy va V.Mayakovskiylarni ham “yo‘lovchi yozuvchilar” deb e’lon qildilar.

1930 -yilda “Qizil qalam” jamiyati tugatilib, O‘zbekiston proletar yozuvchilar uyushmasi (O‘zAPP) tuzildi. Umarjon Ismoilov bu uyushmaning rahbari bo‘ldi. RAPPning O‘zbekistondagi izdoshlari rus “og‘alari”ning har bir harakatidan ibrat olib zavod va fabrikalardagi “ijodiy kuchlar”dan proletar yozuvchilari yetishtirishga bel bog‘ladilar. Zavod va fabrikalar qoshida ishchilar uchun adabiy to‘garaklar tashkil etildi.

Shu yillarda O‘zAPPning mafkuraviy rahbarlaridan bo‘lgan Sotti Husayn yozadi: “... Yo‘lovchining belgilashda, unnig tabaqalarga bo‘linishini ko‘zda tutishimiz lozim. Yo‘lovchilarni ajratishda hozircha faqat mafkuraviy yoqdan qaraymiz, hozirgi adabiyotimizdagi o‘ng burilishdagi yo‘lovchi Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpondir. Abdulla Qodiriy o‘ngchilikdan bir muncha qaytib kelmoqdadir. Fitrat, Cho‘lponlar inqilob boshida o‘ta o‘ng edilar. Keyin-keyin milliy boylar tomoni yengilishi bilan so‘nib qoldilar. So‘nishlari tabiiy edi. Ularga bir Chora inqilob bilan borib, yozuvchilikda kuchlanish bo‘lsa, ikkinchi Chora butunlay so‘nish edi.

Shokir Sulaymon, Elbek, Oybek, N.Rahimiy so‘llashmakda bo‘lgan yozuvchilardir. Bular ichida Shokir Sulaymon mafkuraviy yoqdan o‘sib so‘llashib kelmoqda...”

RAPPchilar nafaqat M.Gorkiy va V.Mayakovskiy, balki A.Tolstoy, S.Esenin, S.Sergeev-TSenskiy, I.Erenburg, L.Leonov, K.Fedin va boshqa rus yozuvchilariga ham Shubha bilan qaraganlar. O‘zAPPchilar Fitrat va Cho‘lponlarni safdan chiqardi. Oybek va Elbeklarni qoraladi. O‘zAPPchilar “Qurilish” jurnalida Navoiy, Mashrab, Turdi va Muqimiy kabi mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini “hozirgi zamon kemasi”dan uloqtirib tashlashga chaqirdilar. Bu assotsiatsiyalar yordami bilan proletar yozuvchilari yetishib chiqdi, burjua kayfiyatdagi yozuvchilar jilovlab olindi. Natijada guruhbozlik avj oldi. Shuning uchun VKP (b) MK 1932- yil 23 -aprelda “Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta qurish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unda proletar yozuvchilar uyushmalari tarqatilib, yagona yozuvchilar uyushmasi tuzildi.

Nihoyat 1934- yil 7-12- mart kunlari O‘zbekiston sho‘ro yozuvchilarining 1-qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Yagona O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tuziladi. Uyushmaning birinchi raisi qilib Rahmat Majidiy saylandi.

XX asr o‘zbek adabiyotining vujudga kelishi va taraqqiyoti, avvalo, ma’lum tarixiy sharoitning, xalq ma’naviyatidagi o‘zgarishlarning, jamiyatda ro‘y bergan ideologik jarayonning mahsulidir. 1917-yil voqealari, bolsheviklar siyosati adabiyotimiz yo‘nalishini bir qadar o‘zgartirib yubordi. Davr siyosat mafkurasi madaniyat, san’at, adabiyot yo‘nalishini, mazmun, obraz va g‘oyasini o‘zgarishiga olib keldi. Bu davrda adiblar dunyoqarashi, fikrlash tarzi adabiyotni belgilamadi. Balki mafkura, jamiyatning hukmron tizimi, davr rahbarlarining faoliyati adabiyot yo‘nalishini belgilab berdi. Partiya, hukmron mafkura qarorlari uni qoliplarga solib turdi. Adabiyotda ana shu qoliplarni yorib chiqqan “butoqlar” esa muttasil kallaklanib turildi. Bunga 30-yillarning boshidan boshlanib, uning oxirigacha davom etgan qatag‘onni, Shuningdek, 40-yillarning oxiri va 50-yillar boshlaridagi qatag‘onlarni eslash joyizdir.

Ma’lumki, Cho‘lpon, Fitrat, A.Qodiriy, U.Nosir 20-yillardan boshlangan shovinistik siyosatni keyinchalik qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan anglagan edilar. Shu bois ular mavh etildilar. “O‘zbek sovet adabiyoti tarixi” (T., 1970) kitobida (1-tom) shunday fikr bildiriladi: “Saydali, Fitrat singari millatchilar “Sharq adabiyoti butun dunyo adabiyoti orasida misli yo‘q bir adabiyotdir” deb, uni ideallashtirib ko‘klarga ko‘tardilar”. Shu darslikda O.Hoshimning quyidagi so‘zlari berilgan: “proletar adabiyoti va proletar madaniyati tuzish uchun eski adabiyot, eski madaniyatni yazshilab bilish, so‘ngra uni boshqatdan ishlab chiqish kerak. Merosdan foydalanishning bir necha bosqichlari bor:

1. Madaniy merosni yaxshilab o‘rganish;

2. Kerak joylarini tanlash;

3. Tanlangan materialni marksistik nuqtai nazar asosida ishlab chiqish” (19-bet).

XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida jadidchilik harakati va jadid adabiyoti ham alohida bosqichni talab etadi. Jadidlar ma’rifatparvarlik g‘oyalarni ilgari surdilar. Millatni sinflarga ajratishga qarshi bo‘ldilar, milliy birlik g‘oyalarini ilgari surdilar.

Realistik drama va proza janri o‘zbek adabiyotida 20-yillarda yuzaga keldi. Roman janri qisqa fursatda rivojlandi va taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi.

Hamzaning o‘zbek adabiyotida roman yaratish yo‘lidagi intilish va orzusini (u “Yangi saodat” deb nomlangan kichik nasriy asarini “milliy roman” deya atagan edi). A.Qodiriy nihoyasiga yetkazadi. “O‘tkan kunlar” romani bilan u o‘zbek adabiyotida ushbu janrga asos soldi. Keyinchalik tarixiy mavzudagi “Mehrobdan chayon” romanini yaratdi.

Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, S.Ayniyning “Qullar” romanlari ham ushbu janr taraqqiyotidagi o‘ziga xosliklarni ko‘rsatib beradi. “Qutlug‘ qon”, “Navoiy” (Oybek), “Ulug‘bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar” (P.Qodirov), “Be’mor” (Mirmuhsin) romanlarida tarixiy mavzu keng yoritilgan. A.Muxtorning “Chinor”, O.Yoqubovning “Diyonat” romanlari zamonaviy mavzuga bag‘ishlangan. Mustaqillik yillarida esa O.Muxtor, Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod kabi ijodkorlar ushbu janr imkoniyatlari keng ekanligini yana bir bor namoyish etdilar.



Download 472,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish