HOZIRGI ALIFBODA UNDOSHLARNING
IFODALANISHI
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 23 ta undosh tovush bor. Yangi alifboda ular 20 ta harf va 3 ta harflar birikmasi bilan ifodalanadi.
O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, G‘g‘ harflari uchun xalqaro andozadagi belgilar olingan.
Ш ш, Ч ч, Hг tovushlari uchun quyidagi harflar birikmasi olingan: Sh sh, Ch ch, Ng ng.
Ruscha-baynalmilal so‘zlardagi ц harfini ifodalash uchun S s harfi ishlatiladi: Sirk, Sezor, sikl.
Bunday so‘zlarda ц unlidan keyin kelganda bitta t orttiriladi: litsey, militsiya kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |