Orfoepik me'yor. Orfoepik me'yor, ya'ni talaffuz me'yori til birliklarining og‘zaki nutq jarayonida adabiy til me'yoriga muvofiq kelishi masalasi bilan ish ko‘radi. Adabiy tilning bu me'yori ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, orfoepik lug‘atlar tuzilganligiga qaramay,2 nutqiy jarayonda hanuzgacha ayrim til birliklarining talaffuzida xatolik ko‘zga tashlanadi. Masalan, ruscha yoki rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzidagi nomuvofiqliklar, so‘zni yozilgandek talaffuz etish, qabul qilingan so‘zni o‘zbekcha aksent bilan talaffuz etish kabi masalalar bo‘yicha kamchiliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |