Jangnoma dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari
Jangnoma-dostonlar qahramonlik dostonlari bilan romanik epos o'rtasidagi alohida bosqichni tashkil etadi. Shu ma'noda ular alohida tumi tashkil etishi mumkin. Ammo ulaming qadimgi namunalari bizgacha yetib kelmaganligi sababli qo'limizdagi mavjud nusxalarida romanik dostonlaming janr xususiyatlari yetakchilik qiladi va ular o'zlarining keyingi taraqqiyotida romanik eposga yaqinlashib bordilar hamda uning tarkibiy qismiga aylandilar.
Jang-u jadallar, tarixiy yoki afsonaviy urushlar va bunday jang epizodlarida qo'shin va yakka shaxslarning jasoratlarini tasvirlovchi dostonlar jangnoma-dostonlar deb yuritiladi. Jangnomalar qahramonlik dostonlari ta'sirida feodalizm davrida shakllangan. Agar bosh qahramon faoliyati qahramonlik dostonlarida yakkama-yakka olishuvlarda, bahodirlik shartlarini bajarishda namoyon bo'lsa, jangnomalarda turlituman xarakterdagi urush epizodlarida ko'rsatiladi.
Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslarni xalq orasida targ'ib qilish maqsadida jangnoma ko'rinishidan foydalangan. Natijada «Jangnomayi Abo Muslim «Jangnomayi Sayid Battol G'oziy», «Jangnomayi Amir Hamza» kabi islom dinini zo'rlik bilan targ'nb etgan shaxslarning nomi bilan bog'langan jangnomalar yuzaga kelgan. O'rta Osiyoda keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga «Rustami Doston», «Jangnomayi Jamshid», «Qahramoni qotil», «Hushang», «To'maris» kabilami ko'rsatish mumkin. O'zbek baxshilari repertuarida jangnomalar nihoyatda ozchilikni tashkil etadi. Urug', qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib borilgan janglami tasvirlovchi qadimgi jangnomalar («To'maris» kabi) zamonlar o'tishi bilan turli sabablarga ko'ra, epik repertuardan tushib qolgan bo'lishi mumkin. Buning o'rniga ideologik tazyiq tufayli janglar biror xalqning diniy e'tiqodlarini g'ayri dinlardan himoya qilish, o'z dinini o'tkazish tarzida talqin etila boshlagan. Biroq baxshilar repertuaridagi jangnomalarda «muqaddas urushlap> umumiy bir fondir, xolos. Aslida esa, dushmanga qarshi kurashda mardlik va jasorat ko'rsatish, ona-yer daxlsizligi uchun kurash, el-yurtlar birligi, vatanparvarlik va do'stlik kabi olijanob g'oyalar kuylanadi. «Yusuf bilan Ahmad» va uning davomi bo'lgan «Alibek bilan Bolibek» dostonlari buniig yorqin misolidir. Har ikkala doston vatanparvarlik tuyg'ulari, ona-yurt sog'inchi bilan yo'g'rilgan. Masalan, Yusufning Go'zalshoh huzurida o'z yurtini maqtashi, asirligida turnalar orqali diyoriga salom yo'llashi, Alibekning o'zga mamlakatlarda bo'lganida, Urganch elini qo'msashi epizodlari g'oyatda ta'sirlidir, ularni to'lqinlanmay o'qish va eshitish mumkin emas. Yoki jangnoma-dostonlarning ko'pgina xususiyatlari mujassamlashgan «Xoldorxon» dostonida urush oqibatlarini, keraksiz jang-u jadallarni tasvirlash orqali xalqning bosqinchilik urushlariga qarshi keskin noroziligi baralla yangraydi. Demak, jangnoma-dostonlarning asosini xalqchil g'oyalar, umumbashariy qarashlar tashkil etadi.
Romanik dostonlarning qahramonlik-romanik turiga mansub asarlarda qahramonlik yo'nalishi yetakchilik qiladi, ya'ni ularda sevgi, mojarolariga nisbatan qahramonlik mavzusini ishlash birinchi planda turadi. «Go'ro'g'li» turkumi dostonlarining ko'pchiligi bunga yorqin misoldir36.
Do'stlaringiz bilan baham: |