O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston  –  Koreya  Respublikasi



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston  –  Koreya  Respublikasi
. O‘zbekiston Respublikasi va 
Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining rivojiga 1991- 
yil  dekabrda  O‘zbekiston  mustaqilligi  tan  olingan  va  ular  o‘rtasida  1992-
yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kunda asos solingan edi. 
Bu tarixiy sanalar ikki davlat o‘zaro munosabatlarida faol siyosiy muloqot 
olib borish va har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning shakllanishi 
uchun yo‘l ochdi.
Yodda tuting
!
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan davr ichida 
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida 12 marotaba 
oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sh.Mirziyoyev va Mun Chje In.
O‘zbek-koreys o‘zaro manfaatli ham-
korlik  munosabatlari  ravnaqiga  O‘zbe-
kiston rahbarining Koreya Respubli-
kasiga 2012-yil sentabrdagi tashrifi  yangi 
turtki berdi. Uchrashuv yakunlariga 
ko‘ra,  Qo‘shma  bayonot  qabul  qilinib, 
unda  tomonlarning  ko‘p  tarafl ama  ham-
korligi holatiga baho berildi va har 
tarafl ama  munosabatlarning  istiqboldagi 
ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 2014-yil iyunda Koreya Respublikasining 
Prezidenti  Park  Geunhening  O‘zbekistonga  rasmiy  tashrifi   chog‘ida  ikki
davlat  o‘rtasida  Strategik  sherikchilikni  yanada  rivojlantirish  va  chuqur-
lashtirish  to‘g‘risida  qo‘shma  deklaratsiya  va  moliya,  investitsiya,  muqobil 
energetika va madaniyat sohalarida o‘zbek-koreys hamkorligini yanada 
chuqurlashtirish maqsadida qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekistonda Koreya 
investitsiyasi ishtiroki bilan 400 dan ortiq korxona faoliyat olib bormoqda.
1992-yildan beri Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat olib 
bormoqda.  O‘zbekiston  davlat  jahon  tillari  universiteti  va  Samarqand 


128
davlat jahon tillari institutida Koreys tili va madaniyati markazlari ish olib 
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respub-
likasi  Prezidenti  Mun  Chje  Inning  taklifi ga  binoan,  2017-yilning  noyabrida 
Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga 
tarixiy burilish yasovchi davlat tashrifi  bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarda 
o‘zaro  hamkorlikning  keng  ko‘lamli  masalalari,  siyosiy,  savdo-iqtisodiy,  
ilmiy-texnikaviy,  madaniy-gumanitar  va  boshqa  sohalardagi  davlatlararo 
aloqalarni  yanada  rivojlantirish  istiqbollari,  mintaqaviy  va  xalqaro 
muammolar yuzasidan bitimlar imzolandi. 
O‘zbekiston  tashqi  siyosatida  yangi  industrial  rivojlanayotgan  mam-
lakatlar  bilan  yaqin  munosabatlar  va  hamkorlik  o‘rnatish  hamda  rivoj-
lantirishga ham katta e’tibor berilayotir. Bunday davlatlar toifasiga to‘la 
ma’noda  Janubi-sharqiy  Osiyo  mamlakatlarini  kiritish  mumkin.  Janubi-
sharqiy  Osiyoning  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatidagi  o‘ziga  xos 
o‘rni  shu  bilan  belgilanadiki,  bu  mintaqa  o‘nta  rivojlanayotgan  mamlakatni 
o‘z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish 
sur’atlari  bo‘yicha  Indoneziya,  Malayziya,  Singapur  va  Tailand  kabi 
mamlakatlar  ajralib  turadi.  Ularning  mustamlaka  muteligidan  qutulgandan 
so‘ng  to‘plagan  siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  borasidagi  tajribasi 
yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqotishi mumkin.
O‘tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib 
o‘tgan  rasmiy  uchrashuvlar  natijasi  o‘laroq,  o‘zaro  anglashuv,  do‘stlik  va 
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo 
munosabatlarga mustahkam poydevor yaratdi. Bularning bari O‘zbekiston 
Yodda tuting
!
2017-yilda Koreya Respublikasida 
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimidagi 
faoliyatining  birinchi  yili  haqida  koreys 
tilida “O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 
chop etildi.


129
Respublikasi va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik muvaffaqiyat 
bilan ravnaq topishiga xizmat qildi.

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish