mavzu. Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari
Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. XX
asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida «So- vet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakat- dagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillar- ning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekis- ton aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yil- larning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskin- likning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi.
52
Yodda tuting!
Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni
tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million
kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa
O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda
uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi.
Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda
aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan
mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi,
ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi
daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining
pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy
ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa,
qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5
foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan
ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, maishiy xizmat ob’yektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va
hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining
ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.
Yodda tuting!
yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million
kishini tashkil qiladi. Bu 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan. Jumladan,
shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ni, qishloq aholisi 49,4 % ni
tashkil qiladi. Aholisi soni 3 million kishidan oshgan hududlar soni 4 ta
bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari
hisoblanadi. O‘zbekistonda O‘rta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan
ko‘prog‘i yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |