Mulohaza!
Tadbirkorlik yo‘lidagi har qanday to‘siqlami olib tashlash davlat rahbari
sifatida mening eng katta vazifamdir. Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish
davlatga xiyonat sifatida qaraladi.
Shavkat Mirziyoyev. 2017-yil 7-dekabr.
uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir. Prezidentimizning 2008-yil «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida «Navoiy» xalqaro intermodal logistika markazi bunyod etildi. 2013-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi va «Angren» maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. Mazkur farmonlar raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda 3 yildan 7 yilgacha muddatga bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktabrdagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari asosida, bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida 62 loyiha amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» sin- gari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari
50
Do'stlaringiz bilan baham: |