Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi.
32
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy
va yuridik shaxslaming murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil-
lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabul-
xonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident
huzurida alohida tuzilma - Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish
g‘oyasini ilgari surdi.
Mulohaza!
Virtual qabulxona ochilishining zaruratini nimalarda ko‘rasiz?
Qo’shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda, internetning pm.gov.
uz manzilidagi “PM” qisqartmasining mazmunini tushuntiring.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan
ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi
muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyev
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, xalq
hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini
mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha
hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini
hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar
orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy
davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavf-
sizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxl-
sizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson
huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim
poydevor bo‘ldi.