4. Л
28
Partiya
|
XDP
|
ASDP
|
MTDM
|
OzLDP
|
Tashkil topgan yili
|
|
|
|
|
G‘oyasi
|
|
|
|
|
mavzu. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari. 2000-yildan - bugungi kunga qadar davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yan- gilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qara- tilgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq- huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustah- kamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va bosh- qaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir yettita masala - ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
30
Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat
tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo
etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari»
tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga
keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, «fuqaro - jamiyat -
davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga
keltirish bo‘ldi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jami-
yatini rivojlantirish konsepsiyasi. Islom Kari-
movning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-
chilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi-
dagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusida qilgan
ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sar-
hisob qilish hamda jamiyat va davlat hayoti-
ning barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish
nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida
amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb
vazifalar belgilab berildi.
Yodda tuting!
Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va
boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh
qilish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash
va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini liberallashtirishni
yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar belgilangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga asosan Kons-
titutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga
I. Karimov, 2010 y. 12-noyabr.
31
asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlashi uchun taklif etadigan bo‘ldi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillash- tirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish belgilandi.
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonun- chiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish, O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
!
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |