O‘zingizni sinang!
|
|
O‘rtacha umr yoshi - bu ....
|
Keksalarni e’zozlash yili - bu ...
|
•
|
Ijtimoiy himoya yili - bu ...
|
Sog‘lom ona va bola yili - bu ...
|
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi.
58
Namunaviy uy-joylar.
Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga,
ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini
muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-
tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.
Uy-joylar qurilishi. Istiqlol
arafasida, hali mustabid tuzum
hukmronlik qilib turgan bir
paytda, Birinchi Prezident Islom
Karimov yuksak jasorat bilan
aholini uy-joyli qilish masalasi-
ning yechimini topdi. Natijada
1989-1990-yillarda bir yarim million-
dan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer
ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa
yerlari berildi. O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining 2009-yil 3-av-
gustdagi «Qishloq joylarda uy-joy
qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi-
da»gi qarori bilan boshlangan qishloq
infratuzilmasini yangilashga qaratilgan
bunyodkorlik ishlari bugun qishloq-
larimiz qiyofasini zamonaviy arxitek-
tura asosida tubdan o‘zgartirishga
xizmat qilyapti. Xususan, 2009-2016-
yillarda qishloq joylarda 69.557 ta
shinam namunaviy uy-joy bunyod
etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq
oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil
21 -oktabrdagi «2017-2021 -yillarda
qishloq joylarda yangilangan
namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori mazkur yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy
Arzon uy-joylar.
Ko‘p qavatli uy-loylar.
59
davomi bo‘lib, qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlari joriy etildi. Shuningdek, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qildi. Qarorga ko‘ra, qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qo‘shimcha ravishda xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) hamda aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlari bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali, shu bilan birga, maydoni 0,04 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi.
Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda uy-joyga ega bo‘lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar xodimlari uchun arzon turarjoylar qurilib, egalariga topshirilmoqda.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |