timizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi.
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo‘liga qaytishiga imkoniyat yaratdi. «O‘zbek modeli» konsepsiyasi asosida boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarda olib borildi.
Birinchi bosqich - 1991-1996-yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo‘lgan kichik mulkdorlar sinfining shakllantirilishidan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy huquqlari va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich - 1996-2000-yillar. Ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o‘z faoliyatlarini boshladi. 1996-yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxini pasayib ketishiga, ayni vaqtda respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta’minlab turgan ushbu xomashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o‘zida 15% qisqarishiga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, 1999-yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga qisqardi. Bunga javoban mamlakat hukumati e’tibori import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zaxirasini saqlab turishga, undan unumliroq foydalanishga qaratildi.
Uchinchi bosqich - 2000-2016-yillar. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun bilan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning
48
tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun
kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlaming imtiyozli kredit
olish uchun huquqlari mustahkamlandi.
2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini
bartaraf etish yuzasidan kichik biznes sub’yektlarining tijorat banklari kredit
resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi
yanada pasaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015-yillarda O‘zbekis-
tonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida»gi
va «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» davlat dasturi to‘g‘-
risida»gi qarorlariga muvofiq, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va
modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
To‘rtinchi bosqich - 2016-yildan boshlandi. Prezident Shavkat Mir-
ziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivoj-
lanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga
va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, tadbirkorlikni yanada
jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan «Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
yili - davlat dasturi»da tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliya-
tini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.
Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning
ahamiyati. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy
zonalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Qonunga binoan erkin iqtisodiy
zona deganda muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
Yodda tuting!
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-
yilning 2-sentyabridagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda
5-sentyabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar
xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz almash-
tirishni boshladi. Bu so‘mni konvertatsiyalash borasida
juda muhim qadam bo‘ldi.