O`zb tarix 11 узб indd
11-sinf uzbek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun 13
hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- sining uchinchi tamoyili - davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini muvo- fiqlashtiruvchi mustaqil organ hisobla- nadi. Parlamentarizmning rivojlanishi bos- qichma-bosqich amalga oshirib borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990-1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan, «Milliy tiklanish» partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Res- publikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining binosi. 14 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan «O‘zbekiston Res-publikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi. O‘zingizni sinang! Qonun va Konstitutsiyaviy qonunning qanday farqlari bor? Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata - Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qora- qalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el- yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi. Yodda tuting! Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr - 1991-1994-yillar, ikkinchi davr - 1995-2004-yillar, uchinchi davr - 2005-yildan hozirgi paytgacha. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va funksiyalari. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbe- kiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qo- f 15 nuni asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi - ning hukumati Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir. 1992-2003-yillarda Vazirlar Mahkamasi tuzilishi Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat ko‘rsatadi. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Va- zirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan ikkinchi qismi olib tashlandi. O‘zbekiston hukumati - Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmay- digan bo‘ldi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublika- sining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rin- bosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazir- ning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezi- Sh. Mirsaidov A. Mutalov 16 O‘. Sultonov denti tomonidan tasdiqlanadi. Hozirda Vazirlar Mahka- masining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalari- ning raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi kiradi. Sud hokimiyati. Sud hokimiyati - O‘zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘z-bekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy Download 1,97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |