Hikoyat
Kunlardan bir kun qurbaqa anhor bo‘yiga suvdan sakrab chiqsa, uyasidan
chiqib turgan sichqon salom beribdi, qurbaqa alik olibdi. Ikki orada do‘stlik paydo
bo‘libdi. Sichqon do‘sti bilan suhbatlashib turgisi kelarkan. Ammo qurbaqa suvga
sho‘ng‘ib ketaverarkan.
– Men sen bilan chaqchaqlashib yurgim keladi. Sen bo‘lsang bir soniya
suhbatlashmasdanoq suvga tushib ketaverasan, – debdi sichqon o‘pkalab.
– Unday bo‘lsa, uzun ip topaylik-da, bir uchini sening belingga, ikkinchi
uchini esa, mening belimga bog‘lab qo‘yaylik, qachon kerak bo‘lsam, ipni
tortsang, chiqib kelaveraman, – maslahat beribdi qurbaqa.
Shunday qilishibdi ham. Ittifoqo bir kuni sichqon uyasidan chiqib, oftobda
toblanib yotgan ekan, uchib borayotgan lochin tappa changallab, osmon-u falakka
ko‘tarilibdi. Ipning ikkinchi uchida qurbaqa ham jon hovuchlab borarkan. Nodon
va nojins do‘stning aqlsiz maslahati ikkovini ham ovchi domiga giriftor etibdi.
(Jaloliddin Rumiy)
92
Do'stlaringiz bilan baham: |