Savol va topshiriqlar:
1. Matnni ifodali o‘qing.
2. Uni qisqartirib yozib oling.
3. Matndagi tayanch so‘zlarni belgilang. Nima uchun shu so‘zlarni
tanlaganingizni izohlab bering.
4. Til haqidagi maqollardan ayting.
5. Shunday maqollardan ikkitasini daftaringizga yozing.
17
Ikkinchi mashg`ulot
2. Oo harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi
so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi
o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
1. Quyidagi so‘zlarning o‘qilishi va yozilishiga e’tibor bering:
ardoq
begona
Buxoro
viloyat
komputer
qarorgoh
monitor
muammo
nodir
obida
obod
obro‘
obyektiv
og‘zaki
ogoh
odamzod
ozod
oilaviy
oynadek
oqilona
oqim
Olim
Olloh
olmos
ommabop
Osiyo
oshkora
oliyjanob
ohanrabo
ona
orqavorotdan
ofitser
onkologiya
ammo
oh-u fig‘on
Ozarbayjon
ochqich
oynayi jahon
2. Quyidagi uchtadan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzing:
Ardoq, begona, Buxoro; viloyat, komputer, qarorgoh; monitor, muammo, nodir.
3. Quyidagi to‘rttadan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzing:
Obida, obod, obro‘, obyektiv; og‘zaki, ogoh, odamzod, ozod; oilaviy, oynadek,
oqilona, oqim; ommabop, Osiyo, oshkora, oliyjanob.
4. Matnni oqing.
Sevish fani
Bizning kunlarimizdan ikki ming ellik yil ilgari yozilgan Rim shoiri Publiy
Ovidiy N...zonning “Sevish fani” degan go‘zal asari j...h...nga mashhur va barcha
vaqtlarda sevib o‘qilgan. Ovidiy asarini asliyatda “Ars amatoriya” deb atagan. Ars
– lotinchada san’at, amatoriy – sevgi. Bu asar Iso Masih tavalludidan bir yil ilgari
dunyoga kelgan. Bu kitob sevish san’atining butun ...shublari, fitnalari, g‘amzalari,
fas...nalari, d...g‘uliliklari, go‘zal hunarlari haqida hikoya qiladi. Rus tiliga bu asar
“Nauka lyubit” deb o‘girilgan. XX asrning buyuk faylasuflaridan biri Erix Fr...mm
“Sevish san’ati” deb atalgan falsafiy, teran t...dqiq...t yaratgan. U muhabbatning
rang-barangligi va insoniy, ijtimoiy, estetik mohiyatlarini hozirgi zamon ilmlari
erishgan taraqqiyot nuqtayi nazaridan turib tadqiq qiladi. Muh...bb...tga insonning
buyuk bir qadriyati sif...tida qaraydi. Rus tiliga Frommning asari “Iskusstvo
18
lyubit” deb tarjima qilingan. Shulardan kelib chiqib, o‘zbek tilimizga “muhabbat
fani” degan tushunchani kiritsak, m...bodo bu tilning iste’mol stixiyasida o‘zlashib
borsa, ifoda va tasviriy boyligimiz ortadi, ehtimol. (I. G‘afurov)
(Ovidiy Nazon, jahon, oshublari, fasonalari, dog‘uliliklari, Erix Fromm,
tadqiqot, Muhabbatga, sifatida, mabodo)
Do'stlaringiz bilan baham: |