Oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka EGA boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan
Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). S. g . bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.
S.g .ning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
S.g . tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi ... Samarqand. Registon maydoni...).
S.g . yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq S.g . bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq S.g . bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).
Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega boigan bitta kesim boiadi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo’lad
Grammatik asoslarning miqdoriga ko’ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo’shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo’linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko 'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik.) va egasiz gaplar (Yangi filmni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko’ra: sodda yig’iq gaplar (Kamola kirib keldi.), sodda yoyiq gaplarga (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi.) bo’linadi.
Gapning bo’laklarga ajratilishi
Gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo’laklarini hosil qiladi. Gap bo’laklari vazifasini mustaqil so’zlargina bajaradi.
Har bir gap bo’lagi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatlariga ko’ra belgilanadi, ya'ni har bir gap boiagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi. Masalan: «Dildora kecha uchrashuv haqida zavqlanib gapirdix - gapida quyidagi gap bo’laklari mavjud: Dildora (kim?) - ega, kechagi (qachongi? qaysi?) - aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) - to’ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) - hol, gapirdi (nima qildi?) - kesim. So’zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv. Gap boiaklari 5 ta: kesim, ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol.
Kesim gapning asosini tashkil etuvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi.
To’ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo’laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to’ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo’laklari deyiladi.
Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
2. Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmagan-u, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol). Sodda gap turlari
Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) ikki bosh bo‘lakli gaplar; 2) bir bosh bo‘lakli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan: ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol). Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar.
Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir.
Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap).
Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar vabo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.). Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.). Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi
Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir.
Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
Bir bosh bo‘lakli gaplar
Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki ega tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishdi (P. Q.). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa ham ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan iborat bo`lib, egani topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.
1. Egasi topiladigan gaplar
Egasi topiladigan gaplarda egasini kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin bo`ladi. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi.
Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gapdeyiladi.
Shaxsi aniq gaplarda ega lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi.
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan: Ertalabki poezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (O‘.Hoshimov).
Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi quyidagicha:
1) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov).
2) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov).
3) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov).
2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov).
3. Shart maylidagi fe’l bilan:
Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov).
Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov).
Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa dialogik nutqda ko‘p qo‘llanadi.
Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, bajaruvchisi noaniq bo‘ladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi.
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan:
1) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to‘y-hashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad).
2) hozirgi zamon fe’li bilan: Yong‘oqni suv ombori deyishadi. (J.Abdullaxonov). Mehr ko‘zda deb bekor aytmadilar. (F.Musajonov).
3) kelasi zamon fe’li bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar. (P.Qodirov).
2. Buyruq-istak maylidagi fe’l bilan: ... mayli, mehnatimdan qirsinlar. (A.Qahhor).
3. Shart maylidagi fe’l bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini ko‘rsatarmikin deb ko‘zim to‘rt bo‘lib qarayman. Hechki ko‘rsatishmasa! (P.Qodirov).
Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Bunday gaplarda hayotiy xulosalar, hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi.
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ko‘pincha buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi.
Maqollar ko‘pincha shaxsi umumlashgan gap shaklida bo‘ladi: Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol). Tulkining tavbasidan qo‘rq, mug‘ambirning - yig‘isidan. (Maqol). Kattani katta bil, kichikni –kichik! (Maqol). Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil (Maqol).
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ba’zan buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko‘plik shakli orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Xushmuomalali bo‘laylik, bu go‘zal sifat baxt-saodatning tuganmas xazinasi ekanini unutmaylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qarilikning yuzimizdan ko‘ra aqlimizda ajinlar hosil qilishdan ehtiyot bo‘laylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
Shaxsi umumlashgan gapning bosh bo‘lagi ot kesim shaklida ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: Kattaga xizmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. (Maqol). Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l. (Maqol).
2. Egasi topilmaydigan gap
Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yokishaxssiz gapdeyiladi. Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi.
Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi:
1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»//«bo‘lmaydi» so‘zi bilan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo‘lmaydimi? - ... so‘radi u. (F.Musajonov).
2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: - Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.).
3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qo‘lda bo‘lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo‘lmaydi. (P.Qodirov). 5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin). 6. «To‘g‘ri» so‘zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ri keldi. (Ch.Aytmatov).