Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. SHaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi.
Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, o’zining bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo’lishi mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashti-rish, mehnatga munosabatini o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baho-lash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish bilan qo’shib olib boradi.
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qoloqlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. SHaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa his-tuyg’ulari bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqishlari va intilishlarini jamoa hayoti bilan bog’laydi. Atrofdagilarga ishoni ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo’ladi.
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi va chaqqon, ziyrak bo’lishi kerak. Tadbirkor o’ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishi kerak. 99 foiz ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g’oyalar odamlarni eshita bili-shida paydo bo’ladi. Buning uchun suhbatlashishni bilish, o’rganish, shaxsiy g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo o’qish-o’rganish kerak. Aks holda, u o’z ishini baholay olmaydi.
Tadbirkor rahbar bozor sharoitida o’z huquqidan to’la foydalanishi va zarur hollarda quyidagilarni amalga oshirishi, ya’ni yomon xodimlardan voz kechishi, o’z xodimlaridan zaruriy natijalarni talab etishi, fikrlash qobiliyatiga ega bo’lganlarni g’oyalarga yo’naltirishi kerak va hokazo.
Shular bilan bir qatorda u qat’iy buyruqlar berishi, buyruq-ning bajarilishi natijalaridan voqif bo’lib turishi zarurdir. Shuning uchun u xodimlarning ichki xususiyatlarini bilishi kerak. Ba’zan xodimlar qasddan mehnat intizomini buzadilar. Bunga sabab moddiy ta’minotining o’z vaqtida bo’lmasligi, bir necha vazifani bir vaqtda berilishi, uning aniq bajarilish vaqti ko’rsatil-maganligi, mukofotlash shaklining nomukammalligidir. Tadbirkor rahbar kishilarning bunday kamchiliklariga sabr-toqat bilan yondashishi kerak.
Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, shijoatli bo’lib, ishchi-xizmatchilarning fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, demokratik usulda ish ko’radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat bilan ko’rsatkichni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. O’zining qobi-liyatiga ob’ektiv baho bera oladi. Kadrlarni tanlashda, ish jarayoni-da tanish-bilishchilikka emas, asl mutaxassislarga suyanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |