Akademik qobilyat- bir qancha fanlarga oid bilimdonlik qobiliyati o’qituvchi o’z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib,o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z fani bo’yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali (bilimdon) odam bo’lmog’i lozim.
Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o’zginasi – ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez – tez o’ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o’qituvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir – chaqir qiladi – yu, ammo zarracha bilimi yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |