Oz komplektli maktablarda ishlash o`kuvchilar uchun bir qator to`siqlar bilan bog`liq: - O`qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o`tish ko`rak. Oz komplektli maktablarda darslar bo`yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko`p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo`lmay, balki bularni o`zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradiganlarni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o`qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoklik, matonat, qat`iyatlikni talab qiladi.
- O`qituvchilarning bir necha sinfga diqqat e`tiborini taqsimlashi juda qiyin.
- O`qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki a`/q qismi davomida shug`ullanishga, darsning qolgan vaqtida o`quvchilar mustaqil ishlashiga to`g`ri keladi.
- O`quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o`qituvchidan yordam olish niyatidan mahrumdirlar chunki bu vaqda o`qituvchi boshqa sinf bilan bznd bo`ladi.
- Bir sinf o`quvchilari, ayni vaqtda o`qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o`quvchilarining halaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.
Shunga qaramay oz komplektli maktab o`kuvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud. - Sinf o`quvchilarni sonnining kamligi (ba`zan 2-3 ta o`quvchi). Bu o`qituvchiga to`z-tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi.
- Oz komplеktli maktablarda o`quvchi daftarlarini to`kshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o`quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.
- Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko`ra o`kuvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to`fi keladi. Buning o`kuv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
- Yuqori sinf o`quvchilari quyi sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga bo`lishadi.
- 1.Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2005 yil.
- 2. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan praktikum. (O O`Y uchun o`quv qo`llanma ) Toshkеnt. “O`qituvchi” 2004 yil.
- 3. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan laboratoriya mashg`ulotlari. (O O`Y uchun o`quv qo`llanma) Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil.
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |