Kerakli jihozlar: “oshxona” , choyxona idishlari,idish tovoq tasvirlangan suratlar
Mashg‘ulotning borishi
Tarbiyachi: Bolalar ovqatni nimada pishiradi bilasizmi?
Bolalar: Qozonda,- to‘g‘ri.
Tarbiyachi: Ovqatni nimada eymiz?
Bolalar: Kosa, tarelka, qoshiqda, - to‘g‘ri.
Tarbiyachi:CHoyni nimada ichamiz?
Bolalar : Piyolada,- bakalda.
Tarbiyachi: Bolalajonlar bularning barchasi oshxona anjomlariga kiradi.
O‘zi bitta , qulog‘i to‘rtda. (Qozon)
Tarbiyachi:Siz bolajonlar suratdagi oshxona anjomlari shaklini menga aytasizmi
Bolalar :Kosa, payola, qozon- aylana shaklida. Qoshiq-uzun. Tarelka-doira shaklida, - juda to‘g‘ri.
Jismoniy daqiqa
Kuzda shamol esadi
Daraxt bargin to‘kadi
Quyosh boradi boqib
Tush ko‘rar endi yotib
Bolalar naxorgacha
Ayiqlar bahorgacha
Tarbiyachi: Bolalar biz qanday idishlar bilan tanishdik?
Do'stlaringiz bilan baham: |