KIRISH
Men No'monjonov Abdurashid Nozimjon o'g'li Farg'ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 2-bosqich 4-20 ShQXKITEB talabasiman. Menga Arxitektura va Shaharsozlik fanidan kurs malakaviy ishi uchun Farg'ona viloyati Qoqon shahridagi qurilishi mo'ljallanayotgan ikki qavatli turar joy binosini loyihalash topshirig'i berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-martdagi ''O'zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida''gi farmoni va Qurilish vazirligining tasdiqlangan normativ qonun hujjatlariga asosan Kitob shahri markaziga ikki qavatli zamonaviy va fuqarolar uchun qulay bo'lgan turar joy binosini loyihaladim.
BINO LOYIHALANADIGAN HUDUD HAQIDA MA'LAUMOT
Farg'ona viloyati Qoqon shahridagi qurilishi moʻljallangan turar joy binosini loyihalashda Qoqon shahridagi tabiiy iqlim sharoitini xisobga olindi. Unga koʻra, xavoning qishdagi maksimal sovuq harorati -26o C , yozdagi maksimal issiq harorati +49o C , qishdagi o‘rtacha eng sovuq besh kunlik harorat -15.5o C , yozdagi eng issiq besh kunlik harorat +29.9o C ga to‘g‘ri keladi.
Shamol ta’siridan xosil bo‘ladigan maksimal bosim -350 n/m2, qor qatlamini me’yoriy qiymati -1000 n/m2, yerning zilzila paytida hosil bo‘ladigan silkinish darajasi SBM shkalasi bo‘yicha QMQ 2.01.03-19 ga asosan 7 ballga teng.
1-jadval
Oylar bo'yicha xarakteristika
|
Tomonlar orentatsiyasi
|
oylar
|
xarakteristika
|
Sh
|
Sh.Sh.
|
Sh
|
J.Sh.
|
J
|
J.G‘.
|
G‘
|
Sh.G‘
|
iyul
|
Shamol qaytarilishi, %
|
42
|
7
|
11
|
1
|
1
|
1
|
9
|
28
|
Shamol tezligi, m/s
|
4.5
|
2.8
|
2
|
0.9
|
1.5
|
1.4
|
3.1
|
4
|
yanvar
|
Shamol qaytarilishi, %
|
10
|
8
|
32
|
10
|
13
|
8
|
8
|
11
|
Shamol tezligi, m/s
|
2.5
|
2.2
|
2.3
|
3.3
|
4.2
|
3.1
|
2.5
|
2.8
|
BINONING BOSH REJASI
Farg'ona viloyati Qoqon shahrida qurilishi moʻljallangan turar-joy binosini bosh rejasi qurilish me’yorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shahar markaziga yaqin hududga qurish uchun mo‘ljallangan.
Binoning bosh rejasini ishlab chiqishda binoning funksional xususiyatlaridan, binoning xizmat ko‘rsatish soxasi uchun yordamchi binolar va inshootlar bilan bir maydonda joylashtirilishidan kelib chiqiladi, yoki binoni xizmat ko‘rsatuvchi binolarga yaqin qilib joylashtirish iqtisodiy jixatdan samarali xisoblanadi.
Bosh rejada atrof-muhitni himoya qilish, sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish maqsadida qurilish maydonini bir va ko‘p yillik daraxtlar, butalar va gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish nazarda tutilgan, ularni sug‘orish uchun tomchilatib sug’orish tizimi loyihalangan. Bulardan tashqari bino va inshootlarni bir-biri bilan funksional jarayoni olib borish uchun asfalt yo‘llari va yo‘lkalar bilan bog‘lash bosh rejada keltirilgan.
BINONING XAJVIY –REJAVIY YECHIMLARI
Farg'ona viloyati Qoqon shahrida qurilishi moʻljallangan turar-joy binosini xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyihalash talablari asosida olib borilgan boʻlib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi.
Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning gabarit o‘lchamlari 15.4-30.4 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-6) o‘qlar orasida 30.0 metr bo‘lsa, uning eni (A-D) o‘qlar orasida 15.0 metrni tashkil etadi, bino ikki qavatli bo‘lib, qavatlari balandligi 6.6 metrga teng bo‘lib, umumiy balandligi 10.0 metrni tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning oldi tomoni orqali amalga oshiriladi. Binoda quyidagi xonalar nazarda tutilgan: muolaja xonalari, majlislar zali, labaratoriya xonasi, xodimlar dam olish xonasi, xujjatlar saqlash xonalari, hojatxona va yoʻlak-koridor
Binoda issiq va sovuq suv tizimi mavjud. Ta'minot zamonaviy texnologiyalar asosida bajariladi. Barcha xonalar kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari binoga alohida transformator o'rnatilgan bo'lib,mukammal elektr uzaatish tizimi qo'llanilgan.
Loyihalash jarayonida binoning mustahkamligi va ustuvorligi inobatga olingan. Bino joylashgan hudud alohida o'rganib chiqilgan. Gruntlar zichlangan, kotlovanlar kovlanib temirbeton monolit poydevorlar quyilib, kolonnalarga mustahkam ulangan.
Binoga kirishda monolit betondan zinapoya, qiya yoʻlak (pandus) qurilgan va metall toʻsqichlar bilan taʼminlangan.
BINONING KONSTRUKTIV YECHIMLARI
Farg'ona viloyati Qoqon shahrida qurilishi moʻljallangan turar-joy binosi g‘ishtli elastik variantda qabul qilingan bo‘lib, uning konstruktiv yechimlari binoning funksional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan.
Asosiy konstruksiyalarining markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyidagicha:
POYDEVORLAR
Pishiq g‘ishtdan terilgan ichki va tashqi yuk ko‘taruvchi va pardadevorlar ostiga quyma lentasimon poydevor qabul qilingan bo‘lib, ularning o‘lchamlari yuk ko‘taruvchi devorlar uchun quyidagicha: poydevor eni 0.4 metr, quyilish balandligi 1,70 metr bo‘lib, sinfi B15 bo‘lgan og‘ir betondan barpo etilgan. Poydevor ostiga eni 1.0 metr va balandligi 0.3 metr bo‘lgan monolit poydevor tagligi quyilgan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa sement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.
BINONING SOKOL QISMI
Binoni poydevorlari qum–sementli qorishma bilan butun yuzasi bo‘yicha gorizontal gidroizolyatsiya qilingandan soʻng, markasi M50 bo‘lgan sement-qumli qorishma yordamida sokol qavati barpo etiladi va kafel yopishtirib chiqiladi.
DEVORLAR
Binoning asosiy yuk ko‘taruvchi devorlari qalinligi 1,5 g‘ishtli g‘isht devorlardan tiklangan. Yuk ko‘taruvchi devorlar markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtlarni murakkab (ohak, sement, qum) qorishmadan foydalanib tiklangan. Binoni yuk ko‘taruvchi devorlarini burchaklari, bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylari armatura to‘rlari yordamida zo‘riqtiriladi. Bundan tashqari eshik va dereza proyomlari atroflari temirbeton konstruksiya bilan o‘ralib chiqilgan. Yuk ko‘taruvchi devorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza oʻrinlari ustiga monolit temirbetondan tepadonlar (peremichka) quyilgan. Binoning perimetri bo‘yicha va ichki yuk ko‘taruvchi devorlarini qoʻshgan holda, sinfi B15 betondan birinchi va ikkinchi qavatlar ustiga devor qalinligida balandligi 300 mm li monolit temirbeton seysmik belbog‘lar barpo etilgan, seysmik belbog‘lar QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat asosida armaturalar bilan armaturalangan. Binoning kirish qismida balandligi 0.9 metrli monolit betondan zina va panduslar qurish, ularni metall toʻsqichlar bilan
taʼminlash koʻzda tutilgan.
PARDADEVORLAR
Farg'ona viloyati Qoqon shahrida qurilishi moʻljallangan turar-joy binosining pardadevorlari qalinligi 120 mm li makasi M50 bo‘lgan pishiq g‘ishtni, markasi M25 qorishma yordamidan foydalanib tiklangan. Pardadevorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza oʻrni ustiga metal burchak profildan tepadon (peremichka) qo’yilgan.
Peremichkalar
Bino peremichkalari GOST 948-76 bo‘yicha 4 ta tip o‘lchamlar bo‘yicha quyma temirbetondan o‘lchamlari eshiklar o‘lchamlariga qarab eni devorlar qalinligiga qarab qalinligi 220 mm li qilib qabul qilingan bo‘lib, ularni g‘ishtli devorlarni tiklash paytida quyib boriladi.
Orayopmalar
Binoning tomyopamalari 1.142-1 seriyani 11-1 chiqarilishini 4 ta tip o‘lchamlari bo‘yicha o‘lchamlari 5,9x1,2; 5,9x1,0; 2,9x1,2 va 2,9x1,0 metrli oldindan zo‘riqtirilgan yig‘ma ko‘p bo‘shliqli temirbeton plitalar qabul qilingan bo‘lib , ularning balandligi 220 mm ga teng.
Tom parapet
Binoning ikkinchi qavatidagi antiseysmik kamar ustidan bino perimetri bo‘ylab qalinligi 1.5 g‘ishtli balandligi 1,2 metr bo‘lgan parapet devor tiklangan. Parapet devorni markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtni markasi M25 murakkab qorishma yordamida tiklangan.
Tomyopma va tom tuzilishi
Binoning tom tuzilmasi quyidagi qavatlardan tashkil topgan: tom yopmalari ustidan 10 sm-li qum-sementli qorishmadan tekislovchi qatlam hosil qilinadi. Bundan keyin SHNQ 2.03.10-19 ning 2-jadvaliga asosan bino tomi uchun 25o da ikki nishobli stropilalar konstruksiyasi tiklanadi, stropilalar ustidan reka tortilib cherepitsa qoplama mahkamlanadi. Tomning qoplamasidan tushadigan yomg‘ir va qor suvlarni yig‘ib maxsus varonkalar yordamida quvur orqali bino otmoskasiga chiqaruvchi konstruksiya loyihalangan.
Pollar
Farg'ona viloyati Qoqon shahridagi qurilishi moʻljallangan turar joy binosining xonalari va bo‘limlarining funksional xizmatlariga qarab, binoda quyidagi pol turlari qabul qilingan: laminat (bosh shifokor xonasi, maʼmuriyat va majlislar zali 78,14 m2), relin (shifokor va hamshiralar xonalari, muolaja xonalari,registratura va karta saqlash xonalari 164.92 m2), kafel (vestibyul, zinapoya,yoʻlak-koridor, hojatxona va yuvinish xonasi 284,52 m2) .
Derazalar
Binoni barcha tomoni bo‘yicha o‘lchamlari bir xildagi 1.8x1.5 alumin profil deraza romlari, yordamchi xonalar uchun 1.0x1.8 qilib qabul qilingan.
Eshiklar
Binoning tashqi kirish eshiklari ikkita yon tomonida joylashgan bo‘lib, maxsus buyurtmalar asosida alumin profil turlari bo‘yicha qabul qilingan. Eshiklar 1-ta asosiy ikki tabaqali, 11-ta ikki tabaqali, 8-ta bir tabaqali va 4-ta bir tabaqali maxsus qilib qabul qilingan. Eshiklarni eni 0,7 metrgacha bo‘lsa maxsus bir tabaqali, 0,9 metrgacha boʻlsa bir tabaqali, 1,2 metrgacha boʻlsa ikki tabaqali va undan keng asosiy eshik 1.5 metr boʻlib ikki tabaqali qilib olingan. Binoning eshiklari 4 xil o‘lchamda maxsus buyurtmalar asosida alumin profil va MDF turlari bo‘yicha qabul qilingan.
Binoning tashqi pardozi.
Binoning tashqi g‘ishtli devorlari qum-ohak-sementli qorishmalar bilan suvaladi va tekislanadi, keyin travertin tortib,pardozlanadi.
Binoning ichki pardozi
Binoning g‘ishtli devor va pardadevorlari suvaladi va zamonaviy tarkibli bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi, binoning shiftlari ham, tekislanadi, bo‘yoqlar yordamida oqlanadi, binodagi ayrim xonalarning devorlari PVA bo‘yoqlar bilan, yog‘och va metall buyumlar moyli bo‘yoqlarda bo‘yaladi.
Binodagi barcha pardoz ishlari yevropa standartlariga mos ravishda, zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi.
Bino loyihalanayotgan hudud "Qurilish norma va qoidalari" 2.01.01-82 ga asosan 7 balli seysmik hudud hisoblanadi. Shuni hisobga olib binoda antiseysmik bolbog'lar qo'llanilgan.
Farg'ona viloyati Qoqon shahridagi turar joy binosini qurish davomida ishchi-xizmatchilar uchun normal sharoit yaratib berishga yetarlicha ahamiyat berilgan. Qurilish bosh rejasini tuzishda ishchilar uchun madaniy-maishiy xonalar, ovqatlanish va dam olish xonalari, tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Qurilish ob’ektini ichimlik suv, kanalizatsiya, elektr energiyasi, telefon liniyalari bilan ta’milashga katta e’tibor qaratilgan.
Xulosa
Binoni loyihalashdan xulosa shuki,loyihalashdan oldin binodan qanday maqsadda foydalanilishini aniq anglab yetish zarur. Loyihalanayotgan har qanday bino insonlar uchun doim foydali va zarar keltirmaydigan bo'lishi shart. Loyihalash jarayonida uning eng ostki poydevoridan boshlab tom qismiga qadar bo'lgan jarayonda qurilish norma va qoidalariga amal qilish kerak,zero normativ qoidalar sababsiz yaratilmagan. Loyihalash davmida shunga amin bo'ldimki,har qaysi hudud o'zining qoidalariga va tabiiy joylashuv o'rniga ega.
Men loyihalagan, Farg'ona viloyati Qoqon shahridagi qurilishi mo'ljallangan bino barcha normativ hujjatlar talabiga javob beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. SHaharsozlik normativ qoidalari (Tomlar). SHNQ 2.03.10-2019
2. Shaharsozlik normativ qoidalari (Jamoat binolari va inshootlari)
SHNQ 2.08.02-09
3. Seysmik hududlarda qurilish QMQ 2.01.03-19
4. Qurilish norma va qoidalari 2.01.01-82
5. R.D.Teshaboev “Fuqaro binolari me’moriy konstruksiyalari Memorchilik konstruksiyalari va qismlari”
6. N.Bazarboev “Uy joy quruvchilari uchun 1001 maslaxat”
7. Kurs ishi bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |